Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


Йиллик инфляция ва унинг таркиби ўзгариши динамикаси



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

Йиллик инфляция ва унинг таркиби ўзгариши динамикаси
 
(
фоизда, ўтган йилнинг мос ойига нисбатан)
 
indeksatsiyalanishi, davlat sektorida ish o`rinlari ko`payishi va boshqa 
xarajatlar oshishi asosiy omil bo`ldi. 
SHuningdek,  ushbu  davrda  uy  xo`jaliklari  xarajatlari  deflyatori 
dinamikasi  iste`mol  narxlari  indeksi  o`zgarishiga  mos  bo`ldi.  Qayd 
etish  joizki,  davlat  tashkilotlari  xarajatlari  deflyatori  oshib  borishi 
kelgusida  iste`mol  narxlarining  oshishiga  olib  kelishi  taxmin 
qilinmoqda. 
  Iste`mol narxlari indeksi 
Inflyatsiyani  amaliyotda  ifodalashda  keng  qo`llaniladigan 
ko`rsatkich    iste`mol    narxlari    indeksi    (INI)    hisoblanadi.    2018 
yildan  boshlab  O`zbekiston  Respublikasi  Davlat  statistika  qo`mitasi 
iste`mol  narxlari  indeksini  hisoblashda  o`zgarmas  vazn  usulidan 
foydalanmoqda.  Iste`mol  narxlari  indeksi  kundalik  iste`mol  tovar  va 
xizmatlari  narxlarini  o`zida  aks  ettirgani  sababli  inflyatsiyani 
yaqqolroq  namoyon  etadi.  Mamlakatimizda  2018  yilning  birinchi 
yarim yilligida nisbatan yuqori inflyatsion bosim kuzatildi, bu asosan 
aprel’-may  oylarida  yoqilg’i-energetika  mahsulotlari  narxlarining 
oshirilishi,  o`tgan  yilga  nisbatan  ob-havoning  nisbatan  qurg’oqchil 
kelishi  va  o`tgan  yillarda  inflyatsiya  bazasining  pastligi  bilan 
izohlanadi (3-rasm).  
 
6.10-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida 
Markaziy bank hisob-kitoblari. 


124 
 
Bunda  so`m  almashuv  kursining  mustahkamlanishi,  mintaqadagi 
davlatlar  bilan  savdo  iqtisodiy  aloqalar  jadallashishi,  shuningdek, 
import  hisobiga  bozorlarning  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  ayrim 
mahsulotlar 
bilan 
to`yinganligi 
inflyatsiya 
sur`ati 
yanada 
tezlashishining oldini olishga ma`lum darajada xizmat qildi. 
Yoz 
oylarida 
meva-sabzavot 
mahsulotlarining 
sezilarli 
arzonlashishi  hisobiga  keyingi  oylarda  yillik  inflyatsiya  darajasi 
pasayib  bordi.  Agar  2017  yilning  iyun’-avgust  oylarida  meva- 
sabzavotlar  narxlari  oshishi  inflyatsiyani  keltirib  chiqaruvchi  asosiy 
omil  (drayveri)  bo`lib,  ularning  umumiy  inflyatsiyadagi  hissasi 
o`rtacha 5 foiz bandni tashkil etgan bo`lsa, 2018 yilning mos davrida 
ushbu  ko`rsatkich  0,6  foiz  bandni  tashkil  etdi.  2018  yil  boshidan 
nooziq-ovqat  tovarlar  va  xizmatlarning  iste`mol  narxlari  o`sishidagi 
hissasi  tobora  ko`payib  borayotgan  bir  vaqtda,  oziq-ovqat 
mahsulotlarining hissasi, aksincha, kamaydi. 
 
 
6.11-rasm. Manba: Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari 
asosida Markaziy bank hisob-kitoblari. 
 
Shunga  qaramasdan,  2018  yilning  birinchi  yarmida  oziq-ovqat 
narxlarining    o`sish    sur`ati      yuqori      bo`lib      (yillik      hisobda      20 
foizdan  ortiq),  bunga  asosan  ichki  bozorda  mazkur  mahsulotlar 
taklifining  kamayishi  ta`sir  ko`rsatdi  (4-rasm).  Noqulay  ob-havo 
sharoiti  ta`sirida  mahalliy  go`sht  mahsulotlari  va  guruchning  taklif 


125 
 
hajmi  etarli  darajada  bo`lmaganligi  ular  narxlarining  o`sishiga  olib 
keldi.  Ozuqa  narxlari  oshishi  hisobiga  chorvachilik  xarajatlari 
ko`payishi  go`sht  narxiga  qo`shimcha  bosim  ko`rsatayotganligi 
kuzatilmoqda. 
Mazkur  davrda  oziq-ovqat  mahsulotlari  narxlari  shakllanishiga 
go`sht  mahsulotlari  narxi  oshishi  sezilarli  ta`sir  ko`rsatdi.  Xususan, 
2018  yilning  yanvar’-sentyabr  oylarida  mol  go`shti  va  qo`y  go`shti 
narxi  yillik  hisobda  mos  ravishda  28,8  va  27,3  foizga  qimmatlashdi. 
Ularning  umumiy  oziq-ovqat  mahsulotlari  narxlari  o`sishdagi  oylik 
hissasi  2017  yilning  mos  davriga  nisbatan  3,1  foiz  bandga  oshib, 
o`rtacha 7,6 foiz bandni tashkil etdi. Ichki bozorlarda go`shtning narxi 
chegaradosh  mamlakatlardagi  o`rtacha  narxlar  darajasiga  etganligi 
sababli go`shtning ichki taklifi etishmovchiligi go`sht mahsulotlari va 
chorva  mollarining  importi        hisobiga        qisman          qoplana     
boshlandi.          Xususan,  2018  yilning  yanvar-sentyabr  oylarida  go`sht 
mahsulotlari  va  chorva  mollarining  importi  2017  yilning  shu  davriga 
nisbatan mos ravishda 81,6 va 43,5 foizga oshdi. 
Bundan  tashqari,  oziq-ovqat  mahsulotlari  qimmatlashishining 
yana  bir  omili  ularning  faol  savdo-sotiq  olib  borilayotgan  qo`shni 
davlatlar narxlari bilan moslashishi bo`ldi. Xususan, O`zbekiston ichki 
bozorlarida  meva-sabzavotlar  narxlarining  nisbatan  past  bo`lganligi 
sababli, ushbu mahsulotlarga chegaradosh respublikalarda yuqori talab 
shakllanmoqda. 
Tashqi  savdoni  erkinlashtirish  sharoitida  mahalliy  mahsulotlar 
eksportining (asosan meva-sabzavotlar) sezilarli darajada o`sishi ichki 
bozorlarda 
ushbu 
mahsulotlar 
narxlarining 
tashqi 
narxlarga 
moslashishiga  olib  keladi.  2018  yilning  yanvar’-  sentyabr’      oylarida   
meva-sabzavot      mahsulotlari      eksporti        2017  yilning  mos  davriga 
nisbatan  47,7  foizga  yoki  205  mln.  AQSH  dollariga  oshgan.  Mazkur 
davrda  jami  oziq-ovqat  mahsulotlari  eksportida  meva-sabzavotlar 
ulushi 77 foizni tashkil etdi. 
SHuningdek,  2018  yilda,  oldingi  yillardan  farqli  o`laroq,  shakar, 
kartoshka  va  o`simlik  yog’i  narxlari  barqaror  bo`ldi  va  inflyatsiyaga 
deyarli  ta`sir  ko`rsatmadi.  Xususan,  2018  yilning  sentyabr’  oyida 
shakar  narxi  yillik  hisobda  5,8  foizga  arzonlashgan  bo`lsa,  2017 
yilning  mos  oyida  uning  narxi  29,8  foizga  qimmatlashgan  edi.  Bu 
ijobiy dinamika ushbu bozorda raqobat muhiti yaxshilangani va jahon 
bozorlarida  shakar  narxi  pasaygani  hisobiga  vujudga  keldi.  Bunda 


126 
 
2018  yilning  yanvar’-sentyabr’  oylarida  shakar  import  qilish  hajmi 
2017 yilning mos davriga nisbatan 2,5 foizga oshdi. 
2018  yilning  III  choragida  oziq-ovqat  mahsulotlari  narxlarining 
yoz  mavsumida  meva-sabzavotlar  sezilarli  darajada  arzonlashishi 
hisobiga  o`sish  sur`atining  sekinlashishi  mavsumiy  omillar  ta`sirida 
bir  maromda  qayta  tiklanmoqda.  SHu  bilan  birga,  joriy  yilda  qishloq 
xo`jaligida  kuzatilgan  suv  tanqisligi  sabzavotlarning  kuzgi  hosili 
bozorlarga kirib kelishi hajmida va ularning narxlarida aks etmoqda. 
Nooziq-ovqat 
tovarlari 
narxlari 
dinamikasi 
o`zgarishi, 
odatdagidek,  oziq-ovqat  mahsulotlari  narxlariga  nisbatan  past  bo`lib, 
2018  yilning  mart  oyida  19,5  foizgacha  tezlashishdan  so`ng 
bosqichma-bosqich  pasayib  bordi.  2018  yilning  yanvar’-sentyabr’ 
oylarida  nooziq-ovqat  mahsulotlari  narxlarining  o`sishida  kurilish 
materiallarining  hissasi  sezilarli  bo`ldi.  Bunda  asosiy  kapitalga 
yo`naltirilgan investitsiyalar hajmi 2017 yilning mos davriga  nisbatan  
sezilarli  darajada  oshib,  mazkur  investitsiyalarning  qariyb  yarmi 
qurilish-montaj  ishlari  uchun  sarflanganligi  qurilish  materiallariga 
bo`lgan yuqori talabni vujudga keltirdi. 
2018  yilning  iyul-avgust  oylarida  nooziq-ovqat  tovarlari 
narxlarining  oshishi  tezlashishiga  ko`mir,  propan,  engil  avtomobillar 
va  kantselyariya  mollari  narxlari  oshishi  ham  katta  ta`sir  ko`rsatdi. 
Joriy  yilning  birinchi  yarmida  inflyatsion  bosimning  pasayishiga 
xizmat  qilgan  import  narxlari,  ikkinchi  yarim  yillikda  so`mning 
almashuv  kursi  qadrsizlanishi  va  chegaradosh  davlatlardan  maishiy 
texnikani  bojsiz  olib  kirishga  joriy  qilingan  yangi  cheklovlar  nooziq-
ovqat tovarlari narxlariga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. 
2018  yilning  yanvar’-may  oylarida  xizmat  ko`rsatish  sohasidagi 
inflyatsiya,  asosan,  kommunal  xizmatlar  tariflarining  oshishi 
sharoitida  o`sish  tendentsiyasiga  ega  bo`ldi.  Xususan,  aprel’  oyida 
xizmatlar  inflyatsiyasining  birinchi  keskin  ko`tarilishi,  asosan,  elektr 
energiyasi  va  tarmoqli  tabiiy  gaz  tariflari  oshishi  hisobiga  kuzatildi. 
May oyida yoqilg’i-energetika mahsulotlari qimmatlashganidan keyin 
isitish  va  suv  ta`minoti  tariflari  oshirildi.  2018  yilning  iyun’-avgust 
oylarida  yillik  xizmatlar  inflyatsiyasi  dinamikasi  sekinlashdi,  ammo 
sentyabr’  oyida  oliy  ta`lim  muassasalarida  shartnoma  asosida  o`qish 
uchun  to`lovlarning  sezilarli  darajada  oshirilishidan  so`ng  u  yana 
tezlashdi. 


127 
 
2018  yilda  xizmatlarning  umumiy  inflyatsiyadagi  hissasi  oldingi 
yillarga 
nisbatan 
oshayotganligi 
kuzatilmoqda. 
Xususan, 
xizmatlarning  inflyatsiyadagi  oylik  hissasi  2018  yilning  yanvar’- 
sentyabr’  oylarida  o`rtacha  2,5  foiz   bandini   tashkil   etdi,   2017 
yilning  mos  davrida  esa  ushbu  ko`rsatkich  1,9  foiz  bo`lgan.  Ushbu 
tendentsiya  tartibga  solinadigan  narxlarning  erkinlashtirilishi  fonida, 
birinchi navbatda, yoqilg’i-energetika va monopol korxonalar narxlari 
erkinlashtirilishi va bozor narxlari hamda xizmatlar tariflarining bunga 
mos ravishda to`g’rilanishi hisobiga yuz berdi. 
Ma`muriy tartibga solinadigan narxlar 
2018  yilning  9  oyida  ma`muriy  tartibga  solinadigan  mahsulot  va 
xizmatlar  narxlarini  erkinlashtirish  jarayoni  davom  etayotganligi 
sababli  ularning  o`rtacha  narxi  umumiy  inflyatsiyadan  farqli  o`laroq 
faqatgina  o`suvchi  trendga  ega  bo`ldi.  Bunda  tartibga  solinadigan 
narxlarning  shakllantirilishi  diskretsion  (nobozor,  hech  qanday 
qonuniyatga  bo`ysunmaydi)  xususiyatliligi  hisobiga  ularning  o`sishi 
yuqori  tezlikka  ega  ekanligi  va  keskin  tebranuvchanligi  bilan  boshqa 
narxlar o`zgarishidan farq qiladi. 
Xususan,  aprel’-may  oylarida  kommunal  xizmatlar  tariflari, 
sentyabr’  oyida  birinchi  navli  un  narxi  va  noyabr’  oyida  elektr 
energiyasi,  tabiiy  gaz  va  benzin  narxlari  oshirildi  hamda  sentyabrda 
qolipli  non  narxini  erkinlashtirish  bo`yicha  harakatlar  boshlandi. 
Buning 
natijasida 
tartibga 
solinadigan 
narxlarning 
yillik   
inflyatsiyadagi   hissasi   2017    yil   dekabriga    nisbatan 2 barobarga 
ortdi (5-rasm). 
Ta`kidlab  o`tish  joizki,  kelgusi  2-3  yil  davomida  tartibga 
solinadigan  narxlarning  erkinlashishi  iqtisodiyotda  inflyatsion 
bosimning  saqlanib  turishiga  sabab  bo`ladi.  Kelgusida  ularning 
inflyatsiyadagi  hissasi  kamayishi  davlat  ulushi  mavjud  monopol 
korxonalarni 
isloh 
qilish 
bo`yicha 
chora- 
tadbirlarning 
samaradorligiga  bog’liq  bo`ladi.  Tartibga  solinadigan  narxlarning 
erkinlashtirilishi  iqtisodiyotdagi  nomutanosibliklarni  kamaytirish 
uchun  zarur  chora  hisoblanadi.  Birinchidan,  u  nisbiy  narxlarning 
to`g’rilanishiga  imkon  yaratadi.  Hozirgi  vaqtda  mahalliy  yoqilg’i-
energetika  mahsulotlari  ishlab  chiqaruvchilarning  amaldagi  ichki 
narxlari  mintaqa  bo`yicha  o`rtacha  qiymatdan  past,  bu  esa  ushbu 
resurslardan  samarasiz  foydalanishga  olib  kelmoqda  va  ishlab 
chiqaruvchilar moliyaviy holatiga sezilarli ta`sir ko`rsatmoqda. 


128 
 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish