Amaliy darajadagi shlyuzlar filtrlovchi-yo‘llovchilarga mansub bo‘lgan
kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu dasturiy vosita
vakolatlangan server deb nomlanadi va u bajarilayotgan xost-kompyuter esa
amaliy darajadagi shlyuz deb ataladi.
Amaliy darajadagi shlyuzlar mijoz va tashqi xost-kompyuter bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydi. Shlyuz keladigan va jo‘natiladigan
paketlarni amaliy darajada filtrlaydi. Server-dallollap shlyuz orqali aniq server
tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotlarni qaytadan yo‘naltiradi.
Amaliy darajadagi shlyuzlar nafaqat paketlarni filtrlash, balki serverning
barcha ishlarini qayd qilish va tarmoq adminstratorini noxush ishlardan xabar
qilish imkoniyatiga ham ega.
Amaliy darajadagi shlyuzlarning afzalliklari quyidagilardan iborat:
• global tarmoq tomonidan ichki tarmoq tarkibi ko‘rinmaydi;
• ishonchli autentifikatsiya va qayd qilish;
• filtrlash qoidalarining yengilligi;
• ko‘p tamoyilli nazoratlarni amalga oshirish mumkinligi.
Elektron pochta yoki E-mail hozirgi kunda Internetdan foydalanish
jarayonining eng mashxur qismi hisoblanadi. E-mail orqali dunyo bo‘yicha
istalgan joyga bir zumning o‘zida xat yuborish yoki qabul qilish hamda yozilgan
xatlarni faqatgina bir kishiga emas, balki manzillar ro‘yxati bo‘yicha jo‘natish
imkoniyati mavjud. E-mail orqali munozaralar o‘tkazish imkoniyati mavjud va bu
yo‘nalishda USENET serveri qo‘l keladi.
Ko‘pgina korxonalar o‘z faoliyatida bevosita E-mail tizimidan foyda-
lanishadi. Demak, korxona va tashkilotlar rahbarlari ma’lum bir chora-tadbirlar
orqali o‘z
xodimlarini E-mail bilan ishlash, undan oqilona foydalanishga o‘rgatishi
lozim. Ushbu jarayonning asosiy maqsadi muhim
hujjatlar bilan ishlashni to‘g‘ri
yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Bu yerda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflarni e’tiborga olish zarur:
• E-mail tizimidan tashkilot faoliyati maqsadlarida foydalanish;
• shaxsiy maqsadda foydalanish;
• maxfiy axborotlarni saqlash va ularga kirish;
• elektron xatlarni saqlash va ularni boshqarish.
Internetda asosiy pochta protokollariga quyidagilar kiradi:
• SMTP (Simple Mail Transfer Protocol);
• POP (Post Office Protocol);
• IMAP (Internet Mail Access Protocol);
• MIMYe (Multi purpose Internet Mail Extensions).
SMTP – ushbu protokol asosida server boshqa tizimlardan xatlarni qabul
qiladi va ularni foydalanuvchining pochta qutisida saqlaydi. Pochta serveriga
interaktiv kirish xuquqiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar o‘z kompyuterlaridan
bevosita xatlarni o‘qiy oladilar. Boshqa tizimdagi foydalanuvchilar esa o‘z
xatlarini ROR-3 va IMAP protokollari orqali o‘qib olishlari mumkin.
POP – eng keng tarqalgan protokol bo‘lib, serverdagi xatlarni, boshqa
serverlardan qabul qilingan bo‘lsa-da, bevosita foydalanuvchi tomonidan o‘qib
olinishiga imkoniyat yaratadi. Foydalanuvchilar barcha xatlarni yoki hozirgacha
o‘qilmagan xatlarni ko‘rishi mumkin. Hozirgi kunda POP ning 3-versiyasi ishlab
chiqilgan bo‘lib va autentifikatsiyalash usullari bilan boyitilgan.
IMAP – yangi va shu bois ham keng tarqalmagan protokol sanaladi.
Ushbu protokol quyidagi imkoniyatlarga ega:
• pochta qutilarini yaratish, o‘chirish va nomini o‘zgartirish;
• yangi xatlarning kelishi;
• xatlarni tezkor o‘chirish;
• xatlarni qidirish;
• xatlarni tanlab olish.
IMAR sayohatda bo‘lgan foydalanuvchilar uchun RORga nisbatan qulay
bo‘lib hisoblanadi.
MIME – Internet pochtasining ko‘p maqsadli kengaytmasi so‘zlari
qisqartmasi bo‘lib, u xatlarning formatini aniqlash imkonini beradi, ya’ni:
• matnlarni har xil kodlashtirishda jo‘natish;
• har xil formatdagi nomatn axborotlarni jo‘natish;
• xabarning bir necha qismdan iborat bo‘lishi;
• xat sarlavhasida har xil kodlashtirishdagi ma’lumotni joy-lashtirish.
Ushbu protokol raqamli elektron imzo va ma’lumotlarni shifrlash
vositalaridan iborat bo‘lib, bundan tashqari uning yordamida pochta orqali
bajariluvchi fayllarni ham jo‘natish mumkin. Natijada, fayllar bilan birga viruslarni
ham tarqatish imkoniyati tug‘iladi.
Elektron pochta bilan ishlash jarayonida quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yish
mumkin:
• xatni tasodifan jo‘natish;
• xatning noto‘g‘ri manzil bo‘yicha jo‘natilishi;
• xatlar arxivining keskin oshib ketishi oqibatida tizimning ishdan chiqishi;
• yangiliklarga noto‘g‘ri obuna bo‘lish;
• xatni tarqatish ro‘yxatida xatoga yo‘l qo‘yish.
Agar tashkilotning pochta tizimi bevosita Internetga ulangan bo‘lsa, yo‘l
qo‘yilgan xatolar oqibati keskin oshib ketadi.
Ushbu xatolarning oldini olish usullarining ba’zi birlari quyidagilar:
- foydalanuvchilarni o‘qitish;
- elektron pochta dasturlarini to‘g‘ri konfiguratsiyalash;
- Internetdagi protokollarga to‘liq amal qiluvchi dasturlarni qo‘llash.
Bundan tashqari elektron pochtaning shaxsiy maqsadda ishlatilishi tashkilot
rahbariyati uchun ba’zi bir muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki E-
mail manzilida tashkilot nomlari aks ettirilgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Natijada, shaxs jo‘natayotgan xat tashkilot nomidan deb qabul qilinishi mumkin.
Shu bois, telefonlar kabi Ye-maildan shaxsiy ishlar uchun foydalanishni cheklab
qo‘yish zarur bo‘ladi. Albatta, buni joriy qilish qiyin masala.
Elektron pochta bilan ishlash jarayonida quyidagi xavflar mavjud:
1. Jo„natuvchining qalbaki manzili. Qabul qilingan xatni Ye-mail manzili
aniqligiga to‘liq ishonch hosil qilish qiyin, chunki xat jo‘natuvchi o‘z manzilini
qalbakilashtirishi mumkin.
2. Xatni qo„lga kiritish. Elektron xat va uning sarlavhasi o‘zgartirilmasdan,
shifrlanmasdan jo‘natiladi. Shu bois, uni yo‘lda qo‘lga kiritish va mazmunini
o‘zgartirishi mumkin.
3. Pochta «bomba»si. Pochga tizimiga ko‘plab elektron xatlar jo‘natiladi,
natijada tizim ishdan chiqadi. Pochta serverining ishdan chiqish holatlari
quyidagilardir:
• disk to‘lib qoladi va keyingi xatlar qabul qilinmaydi. Agar disk tizimli
bo‘lsa, u xolda tizim tamomila ishdan chiqishi mumkin;
• kirishdagi navbatda turgan xatlar sonining oshib ketishi natijasida keyingi
xatlar umuman navbatga qo‘yilmaydi;
• olinadigan xatlarning maksimal sonini o‘zgartirish natijasida keyingi xatlar
qabul qilinmaydi yoki o‘chiriladi;
• foydalanuvchiga ajratilgan diskning to‘ldirilishi natijasida keyingi xatlar
qabul qilinmaydi va diskni tozalab bo‘lmaydi.
4. «Qo„rqinchli» (noxush) xat. Internet orqali olinadigan elektron xatlarning
umuman
noma’lum
shaxslar
tomonidan
jo‘natilishi
va
bu
xatda
foydalanuvchilarning shaxsiyatiga teguvchi so‘zlar bo‘lishi mumkin.
Yukorida keltirilgan xavflarga nisbatan quyidagi himoyalanish usullari ishlab
chiqilgan:
- qalbaki manzildan himoyalanish, bu xolda shifrlangan elektron imzolarni
qo‘llash taklif qilinadi;
- xatni qo‘lga kiritishdan himoyalanish, bu xolda xabarni yoki jo‘natish
kanalini shifrlash taklif qilinadi.
Ushbu himoyalash usullari bevosita qolgan xavflarning ulushini kamaytiradi.
Nazorat uchun savollar:
1. Xavfsizlik xizmatlarini tanlash jarayonida nimalarga ahamiyat
berish kerak?
2. Boshqaruv va uning ko‘rinishlari haqida nimalarni bilasiz?
3. Identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonlari nimalari bilan farq
qiladi?
4. Protokollashtirishning qanday darajalari bo‘lishi mumkin va
ularni qaysi yo‘llar bilan audit qilinadi?
5. Shifrlash qaerdan kelib chiqqan va uni to‘liqlik nazoratiga qanday
aloqasi bor?
6. Ekran nima, ekranlashtirishning nimasi tunnellashtirishga tubdan
teskari?
7. Himoyalanganlikni tahlil etish nimaga kerak va uning qanday
shakllarini bilasiz?
8. Raddiyaga chidamlilik qachon zarur bo‘ladi?
9. Ma’lumotlarni zahirali nusxalash degani nima, uning qanday
vositalarini bilasiz?
10. Internetda pyxcatciz kirish usullarining tasnifi qanday?
11. Ruxsat etilgan manzillarning ruxsat etilmagan vaqtda ulanishi
qanday amalga oshiriladi?
12. Tarmoqlararo ekran va uning vazifalarini tushuntiring.
13. Tarmoqlararo ekranning asosiy komponentlariga nimalar kiradi?
14. Elektron pochtadan foydalanish qanday amalga oshiriladi?
15. E-mail asoslari va Ye-maildagi mavjud muammolarni sanab o‘ting.
16. Elektron pochtada mavjud xavflar va uni himoyalash qanday amalga
oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |