Kаfеdrаsi Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash


Murojaat  etishni  boshqaruvi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana21.01.2020
Hajmi0,96 Mb.
#36244
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
axborot tizimlarini loyihalash texnologiyalarining.


Murojaat  etishni  boshqaruvi  esa  axborot  tizimlariga  murojaat  etuvchi 

iste’molchilarni  nazorat  etish,  ulardan  hech  biri  xuquqi  doirasiga  kirmaydigan 

ishni  bajarmasligi,  o‘zida  yo‘q  imtiyozni  tasarruf  etmasligi  bilan  bir  vaqtda 

qonuniy  va  rasmiy  iste’molchilarning  o‘zlariga  kerak  axborotga  tez  va  oson 

yetishishlarini nazorat qiladi. Yana boshqacharoq qilib aytadigan bo‘lsak, axborot 

munosabatlarini «obyektlar» va «sub’ektlar»ga ajratib chiqadigan bo‘lsak, u xolda 

ushbu  boshqaruv  «obyekt»  -  «sub’ekt»  juftligi  uchun  mumkin  bo‘lgan 

munosabatlarning  to‘plamini  tuzish,  harakat  doirasi  shu  to‘plamdan  tashqariga 

chiqmasligining  bajarilishini  nazorat  etish  vazifalarini  o‘z  ichiga  oladi.  Bu 

munosabatlarni  ustunlari  obyektlar,  satrlari  sub’ektlar  ko‘rinishidagi  matritsa 

sifatida tasvirlab, ularning kesishuv nuqtalarida esa qo‘shimcha shartlar (masalan, 

bajariladigan amalning vaqti va joyi), berilgan xuquq va imtiyozlar joylashadi.  



Identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonida esa aynan shu murojaat etish 

jarayonida  ishtirok  etayotgan  tomonlar  manzili  va  shaxsi  aniqlanadi. 

Identifikatsiya qilish jarayonida obyekt ma’lum bir berilgan xususiyat va belgilari 

asosida  tanib  olinsa,  autentifikatsiya  jarayonida  sub’ektlarning  shaxsi  berilgan 

bioparametrlar  asosida  aniqlanadi  va  muloqot  obyektining  asl  nusxa  ekanligi 

aniqlanadi  (masalan,  jo‘natilgan  xat  jo‘natuvchi  tomonidan  yuborilgan  xabarning 

o‘zgarmagan asl nusxasi ekanligi). 

Protokollashtirish va audit jarayonida tizim faoliyati yetarlicha to‘liq qayd 

etib  boriladi,  har  bir  muloqot  yoki  amalning  ishtirokchilari,  bajarilgan  xatti–

harakatlar,  harakatni  amalga  oshiruvchi  manzili,  xuquqlari,  harakat  obyekti  va 


bajarilgan ishlar mohiyati va tartibi qayd etiladi. Shu yo‘sinda protokollashtirilgan 

axborot  audit  jarayonida  tekshirib  ko‘riladi  va  shubhali holatlar  yuz  berganda  bu 

xaqda kerakli qaror qabul qilinadi. 

Shifrlash  qimmatli  axborotlarni  ko‘rishi  mumkin  bo‘lmagan  odamlar  o‘qib 

olganida  ham  tushuna  olmasliklari  uchun  amalga  oshiriladi.  Ya’ni,  axborot  biror 

algoritm  asosida  boshqa  shaklga  o‘tkaziladi  va  shu  ko‘rinishda  saqlanadi  yoki 

uzatiladi.  Foydalanish  oldidan  shifrlangan  axborot  yana  o‘z  xoliga  keltiriladi, 

ya’ni tiklanadi.  

To„liqlik  nazorati  xizmatining  vazifasi  axborotni  saqlash  yoki  manzilga 

uzatish  jarayonida  unga  tasodifan  yoki  atayin  zarar  yetkazilmaganligi,  mazmuni 

o‘zgartirilmaganligi,  undan  nusxa  olinmaganligi,  o‘rni  almashtirilmaganligi  kabi 

xususiyatlari tahlil etiladi.  



Ekranlashtirish  xizmatining  vazifasi  ichki  aktivlarni  tashqi  tahdidlardan 

himoyalash  maqsadida  ichki  va  tashqi  xududlar  orasiga  to‘siq  -  ya’ni,  ekran 

o‘rnatish,  bu  to‘siqda  bir  necha  muloqot  nuqtalari  qoldirib,  shu  joydan  barcha 

axborot  munosabatlarini  amalga  oshirish  va  ularni  nazorat  etishdir.  Bu  xizmat 

ham  dasturiy,  ham  texnik  qurilma  vositalariga  ega  bo‘lib,  ulardan  har  biri  o‘z 

vazifasini ado etadi. Lekin shunga qaramay bu to‘siqlar juda ham kutilgan natijani 

bermaydi. 

Tunnellashtirish  xizmati  ham  o‘z  navbatida  axborotlarni  o‘z  manziliga 

samaraliroq  uzatish  uchun  ishlatiladi.  Bu  xizmat  biror  sababga  ko‘ra  tarmoqning 

biror bo‘lagida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib bo‘lmaydigan axborotni (masalan, boshqa 

turdagi protokollardan foydalangani uchun) tarmoqning shu qismida konvert yoki 

konteynerga solib jo‘natish kabi usuldan foydalanadi. 

Himoyalanganlikni  tahlil  etish  xizmatining  vazifasi  xavfsizlik  tizimining 

zaif  joylarini  aniqlash  va  ularga  o‘z  vaqtida  chora  ko‘rish  uchun  sharoit 

yaratishdir.  Bu  xizmat  o‘zi  biror  himoya  funktsiyasiga  ega  emas,  lekin  xujum 

qilish  uchun  qulay  joylarni  yomon  niyatli  shaxslar  undan  foydalanib 

qolmaslaridan oldin aniqlash, o‘z vaqtida uni yo‘qotish uchun imkoniyat yaratadi. 

U  arxitekturaga  bog‘liq  zaifliklarni  emas,  balki  ko‘proq  ish  jarayonida 



ehtiyotsizlik  oqibatida  administrator  yo‘l  qo‘ygan  xatolar,  dasturlarni  yangilash 

jarayonida  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklar  va  dasturlarning  kamchiliklari  oqibatida 

ro‘y beradigan zaifliklarni tezkor aniqlab beradi. Bu xizmat foydalanadigan tizim 

odatda  himoyalanganlik  skaneri  deb  ham  ataladi  va  axborot  tizimi  haqida 

bilimlarni  to‘plash,  ularni  tahlil  etish  yo‘li  bilan  tizimda  yuz  berayotgan  holatni 

aniqlaydi.  So‘ng  zaif  joy  deb  shubha  qilingan  o‘rinlar  haqida  qaror  qabul  qiladi, 

ularni  ma’lumotlar  omboriga  kiritib  qo‘yadi.  Bunday  zaif  joylar  si-rasiga 

zararkunanda  dasturlar,  zaif  parollar,  yaxshi  konfigura-tsiyalanmagan  operatsion 

tizimlar,  tugatilmagan  zaif  joylar,  kamchiliklari  bor  ilova  dasturlar,  xavfdan  xoli 

bo‘lmagan  tarmoq  servislari  va  hokazolar  kiradi.  Anchagina  samarali  skanerlar 

sirasiga  tarmoq  tarkibida  himoyalanganlikni  aniqlash  skanerlari  (shu  qatorga 

antiviruslarni ham kiritish mumkin) kiradi. 



Raddiyaga  qarshi  chidamlilikni  ta‟minlash  xizmatining  vazifasi  axborot 

tizimining  ishlash qobiliyatini  tizimning  ba’zi  komponentlari  (qurilmalar,  bloklar 

yoki  sxemalar)  yoki  bir  qismi  ishdan  chiqqan  holatlarda  ham  saqlab  qolishdir. 

Buni amalga oshirish uchun uch xil yondoshish mumkin: 

-  zahira  qism  yoki  tizim  yaratish  –  ya’ni,  masalan,  biror  kompyuter  ishdan 

chiqqanda uni o‘rnini bosadigan boshqa zahira kompyuter bo‘lishi; 

-  axborotni  buzilishlarga  (xalaqitlar  deb  ham  ataladi)  qarshi  chidamli 

kodlashtirish; 

- moslashuvchan axborot va xavfsizlik tizimlari yaratish. 

Istalgan  raddiyaga  qarshi  chidamli  tizim  ortiqchalikdan  xoli  bo‘lmaydi 

(qo‘shimcha  elektr  quvvati  liniyalari,  kompyuterlar,  periferik  –  ya’ni,  kompyuter 

uchun  sirtdan  ulanadigan  qurilmalar,  qaynoq  liniyalar  –  ya’ni,  u  yoki  bu  holatda 

tizim  ishdan  chiqqanda  tarmoq  orqali  boshqa  bir  shunday  tizimning  vaqtinchalik 

xizmatini  ta’minlovchi  liniya  va  hokazolar  har  doim  ayni  paytda  ish  holatidagisi 

uchun  zahira  o‘yinchi  kabi  re-surslardir).  Lekin  aynan  shu  ortiqchalik  buzilish 

holatlarida qo‘l keladi.      



Raddiyaga  chidamli  kodlashtirish  ishchi  axborot  yoniga  keyinchalik 

tiklanayotgan  paytda  tekshirish  uchun  qo‘l  keluvchi  maxsus  ma’lumot  –  nazorat 



axboroti bilan to‘ldirib kodlanadi. Ular axborotni saqlash yoki uzatish paytida ro‘y 

bergan xatoliklarni aniqlash va xattoki tuzatish imkonini yaratadi.  



Moslashuvchan  tizimlar  mutaxassislar  nafis  degradatsiya  (elegantnaya 

degradatsiya)  deb  ataydigan  tamoyil  asosida  ishlaydi.  Uning  ma’nosi  shuki, 

tizimning  bir  qismi  buzilganda  qolgan  qismi  tizim  vazifasini  biroz  susaytirib 

bo‘lsada ado etaveradi (masalan, ikki otlik aravaning bir oti ishdan chiqqanda bir 

ot bilan kamroq yuk ortib ishlatish mumkin bo‘lganday). 

Xavfsiz  tiklanishni  ta‟minlash  servisining  vazifasi  buzilish  yuz  bergandan 

so‘ng  tizim  ishini  tiklash  jarayonida  biror  xatolikka  yo‘l  qo‘yilmasligini 

ta’minlashdir.  Ma’lumki,  har  bir  odam  ish  jarayonida  o‘zi  bilmagan  xolda 

nimagadir  chalg‘ishi,  biror  ishda  xatolikka  yo‘l  qo‘yishi  mumkin.  Yana  tiklash 

jarayonida  yaxshi  ishlamaydigan  qurilma  yoki  fayl  tizim  tarkibiga  kirib  qolishi 

ham mumkin. Shuning uchun tiklanish jarayoni imkon boricha avtomatlashtirilgan 

bo‘lishi,  tizimning  barcha  komponentlari  normal  ish  holatiga  tekshirib  ko‘rilishi, 

axborot  saqlovchilarning  ish  holatida  ekanligi  va  to‘liqligi  buzilmaganligi, 

kommunikatsiya  vositalarining  ishonchliligi  to‘liq  ish  jarayoniga  o‘tish  oldidan 

yana  bir  karra  diqqat  bilan  tekshirib  ko‘rilishi  maqsadga  muvo-fiqdir.  Bu 

maqsadga quyidagi tadbirlarni amalga oshirish orqali erishish mumkin: 

- diqqat bilan batafsil tuzilgan tiklash rejasini yaratish; 

- tiklash jarayonida rejaning hech bir bosqichi diqqatda chetda qolmaganligini 

nazorat etib turish; 

- texnik qurilmalarni tiklash jarayonida ishlatilayotgan barcha elementlarning 

ish holatiga tekshirilgan bo‘lishiga qaramay yana ishonch hosil qilish; 

-  dasturiy  ta’minotni  etalon  bilan  turli  shakllarda  solishtirib  ko‘rish  (ya’ni, 

oldin uning hajmi, sanasi bo‘yicha, keyin ishlash natijasi bo‘yicha va hokazo); 

- axborot fayllarini to‘liqligini tekshirish; 

- kommunikatsion vositalarning ish holatini tekshirib ko‘rish; 

-  oldingi ish  jarayonida  ro‘y  bergan zaifliklar bo‘yicha zaif  joylarni  yana  bir 

karra nazardan o‘tkazish; 


- tizimning ish holati to‘liq tiklanganligini test ma’lumotlar asosida tekshirib 

ko‘rish. 

Odatda tizimning eng ko‘p talofat ko‘radigan qismlaridan biri axborotlardir. 

Shu  sababli  ularning  nusxasini  saqlash  uchun  zamonaviy  texnologiyalar  -  RAID 

(Redundant  Array  of  Independent  Disks  –  mustaqil  disklarning  qo‘shimcha 

to‘plami),  ko‘zguli  nusxalashdan  foydalanish  tavsiya  etiladi.  RAID 

texnologiyasining  mohiyati shundan  iboratki, u saqlab  qo‘yiladigan  axborotni olti 

bosqichda  mustaqil  disklarga  yozib  boradi.  Bu  holat  tiklash  jarayonida 

ma’lumotlarni  o‘zgarishsiz  –  xatarsiz  o‘z  o‘rniga  qaytarish  imkonini  beradi. 

Ko‘zguli  nusxalash  esa  ish  jarayonida  axborotlar    ustida  bajarilayotgan  har  bir 

amalni  ham  ish  diskida,  ham  zahira  diskda  qayd  etib  boradi.  Bu  esa  tiklanish 

jarayonida eng so‘nggi ishonchli ma’lumotlarni qaytarish imkonini beradi. 



Ma‟lumotlarni  zahira  nusxalash  deganda  tizim  uchun  hayotiy  muhim 

axborotlarni biror kori–xol bo‘lishidan oldinroq nusxalab olib qo‘yish va ishonchli 

saqlash  tushuniladi.  Bu  servisning  vazifasi  har  doim  kerakli  ma’lumotlarning 

ishonchli nusxasi zahirada bo‘lishini (agar axborotlar o‘zgarib turuvchi bo‘lsa shu 

holatni  ham  hisobga  olib  nusxalaydi!)  ta’minlaydi,  ya’ni  davriy  o‘zgaruvchi 

axborotlar va tizim komponentlari (masalan, dasturiy) davriy ravishda nusxalanib 

borishi  va  zarur  nusxa  ishonchli  yerda  saqlanishini  ta’minlashdir.  Buning  o‘ziga 

yarasha  shunday  tartib  -qoidalari  mavjudki,  ular,  o‘z  navbatida,  nusxalash 

xizmatiga zarur talab va standartlarni belgilaydi. 

Antiviruslar  servisi  tizimga  zararkunanda  dasturlar  tomonidan  xujum 

amalga  oshirilishi  oldini  olish  uchun  xizmat  qiladi.  Tarmoqda  ishlash  har  doim 

virus  tushish  xavfi  bilan  bog‘liq  bo‘lishi,  turli  kompakt  disklar,  disketlar,  flesh 

xotira,  magnit  lentalari  orqali  tizimga  qo‘shiladigan  axborotlar  yoki  shu  axborot 

saqlovchilar  fayllari  tarkibidagi  viruslar  xatari  mavjud  bo‘lishi  bu  xizmat  uchun 

doimo  talab  tug‘dirib  turadi.  Odatda  antiviruslar  ikki  xil  usulda  ishlatiladi,  faol 

ko‘rinishda ishlatilganda - u doimo tizim tezkor xotirasidagi ish holatida bo‘lgan 

dasturlar  qatoridan  o‘rin  oladi  va  har  nafasda  tizimni  viruslardan  himoyalashga 

tayyor  turadi.  Passiv  ko‘rinishda  ishlatiladigani  esa  antivirusga  zarurat 


tug‘ilgandagina  ishga  tushirilib,  ehtiyoj  qolmaganda  ishdan  to‘xtatiladi.  Albatta, 

tizim  faol  antivirus  himoyasida  bo‘lgani  yaxshiday  tuyuladi,  lekin  u  tezkor 

xotiraning  tizim  ish  jarayonida  zarur  bo‘lgan  maydonini  band  qilib  turishi  ish 

jarayonini sekinlashtirishi mumkinligini hisobga olganda faol ko‘rinishli servisdan 

foydalanish  haqida  o‘ylab  ko‘rish  o‘rinli.  Agar  tizim  tashqi  muhit  bilan  davriy 

mu-loqotda  bo‘ladigan  bo‘lsa,  tekshirib  chiqilgan  fayllarni  yana  tekshirib 

o‘tirmay,  faqat  xavf  tug‘ilganidagina  tekshirish  maqsadga  muvofiq  bo‘lishi 

barchaga ma’lum. 

Global  tarmoqlarning  rivojlanishi  va  axborotlarni  olish,  qayta  ishlash  va 

uzatishning  yangi  texnologiyalari  paydo  bo‘lishi  bilan  Internet  tarmog‘iga  har  xil 

shaxs  va  tashkilotlarning  e’tibori  qaratildi.  Ko‘plab  tashkilotlar  o‘z  lokal 

tarmoqlarini global tarmoqlarga ulashga qaror qilishgan va hozirgi paytda WWW, 

FTP,  Gophes  va  boshqa  serverlardan  foydalanishmoqda.  Tijorat  maqsadida 

ishlatiluvchi  yoki  davlat  siri  bo‘lgan  axborotlarning  global  tarmoqlar  bo‘yicha 

joylarga  uzatish  imkoni  paydo  bo‘ldi  va  o‘z

 

navbatida,  shu  axborotlarni 



himoyalash tizimida malakali mutaxassislarga extiyoj tug‘ilmoqda. 

Global  tarmoqlardan foydalanish  bu  faqatgina  «qizikarli»  axborotlarni  izlash 

emas,  balki  tijorat  maqsadida  va  boshqa  ahamiyatga  molik  ishlarni  bajarishdan 

iborat.  Bunday  faoliyat  vaqtida  axborotlarni  himoyalash  vositalarining  yo‘qligi 

tufayli ko‘plab talofotlarga duch kelish mumkin. 

Har  qanday  tashkilot  Intenetga  ulanganidan  so‘ng, hosil bo‘ladigan  quyidagi 

muammolarni xal etishlari shart: 

• tashkilotning kompyuter tizimini xakerlar tomonidan buzilishi: 

•  Internet  orqali  jo‘natilgan  ma’lumotlarning  yovuz  niyatli  shaxslar 

tomonidan o‘qib olinishi; 

• tashkilot faoliyatiga zarar yetkazilishi.  

Internet  loyihalash  davrida  bevosita  himoyalangan  tarmoq  sifatida  ishlab 

chiqilmagan.  Bu  sohada  hozirgi  kunda  mavjud  bo‘lgan  quyidagi  muammolarni 

keltirish mumkin: 

• ma’lumotlarni yengillik bilan qo‘lga kiritish; 


• tarmoqdagi kompyuterlar manzilini soxtalashtirish; 

•  TCP/IP vositalarining zaifligi; 

•  ko‘pchilik saytlarning noto‘g‘ri konfiguratsiyalanishi; 

•  konfiguratsiyalashning murakkabligi. 

Global  tarmoqlarning  chegarasiz  keng  rivojlanishi  undan  foyda-lanuvchilar 

sonining  oshib  borishiga  sabab  bo‘lmoqda,  bu  esa  o‘z  navbatida,  axborotlar 

xavfsizligiga tahdid solish ehtimolining oshishiga olib kelmoqda. Uzoq masofalar 

orasida axborot almashish zaruriyati axborotlarni olishning qat’iy chegaralanishini 

talab  etadi.  Shu  maqsadda  tarmoqlarning  segmentlarini  hap  xil  darajadagi 

himoyalash usullari taklif etilgan: 

• erkin kirish (masalan: WWW-server); 

•  chegaralangan  kirishlar  segmenti  (uzoq  masofada  joylashgan  ish  joyiga 

xizmatchilarning kirishi); 

•  ixtiyoriy  kirishlarni  man  etish  (masalan,  tashkilotlarning  moliyaviy  lokal 

tarmoqlari). 

Internet  global  axborot  tarmog‘i  o‘zida  nihoyatda  katta  hajmga  ega  bo‘lgan 

axborot  resurslaridan  milliy  iqtisodning  turli  tarmoqlarida  samarali  foydanishga 

imkoniyat  tug‘dirishiga  qaramasdan  axborotlarga  bo‘lgan  xavfsizlik  darajasini 

oshirmoqda.  Shuning  uchun  ham  Internetga  ulangan  har  bir  korxona  o‘zining 

axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga katta e’tibor berishi kerak.  

Lokal tarmoqlarning global tarmoqlarga qo‘shilishi uchun tarmoqlar himoyasi 

administratori quyidagi masalalarni xal qilishi

 

lozim: 


-  lokal  tarmoqlarga  global  tarmoq,  tomonidan  mavjud  xavflarga  nisbatan 

himoyaning yaratilishi; 

- global tarmoq foydalanuvchisi uchun axborotlarni yashirish imkoniyatining 

yaratilishi. 

Bunda quyidagi usullar mavjud: 

- kirish mumkin bo‘lmagan tarmoq manzili orqali; 

- Ping dasturi yordamida tarmoq paketlarini to‘ldirish; 


-  ruxsat  etilgan  tarmoq  manzili  bilan  ta’qiqlangan  tarmoq  manzili  bo‘yicha 

birlashtirish; 

- ta’qiqlangan tarmoq protokoli bo‘yicha birlashtirish; 

- tarmoq bo‘yicha foydalanuvchiga parol tanlash; 

-  REDIREST  turidagi  ICMP  paketi  yordamida  marshrutlar  jadvalini 

modifikatsiyalash; 

- RIR standart bo‘lmagan paketi yordamida marshrutlar jadvalini o‘zgartirish; 

-  DNS spoofingdan foydalangan xolda ulanish. 

Ihtiyoriy  axborot  tarmoqlarining  asosiy  komponentlari bu  serverlar  va  ishchi 

stantsiyalar  hisoblanadi.  Serverda  axborotlar  yoki  hisoblash  resurslari  va  ishchi 

stantsiyalarda  xizmatchilar  ishlaydi.  Umuman  ihtiyoriy  kompyuter  ham,  server 

ham  ishchi  stantsiya  bo‘lishi  mumkin  –  bu  xolda  ularga  nisbatan  xavfli  xujumlar 

bo‘lishi ehtimoli bor. 

Serverlarning asosiy vazifasi axorotlarni saqlash va taqdim qilishdan iborat. 

Yovuz niyatli shaxslarni quyidagicha tasniflash mumkin: 

• axborot olishga imkoniyat olish; 

• xizmatlarga ruxsat etilmagan imkoniyat olish; 

• ma’lum sinfdagi xizmatlarning ish rejimini ishdan chiqarishga urinish; 

• axborotlarni o‘zgartirishga harakat yoki boshqa turdagi xujumlar. 

O‘z navbatida, hozirgi zamonaviy rivojlanish davomida servis xizmatini izdan 

chiqarishga  qarshi  kurash  muammosi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  xildagi 

xujumlar «servisdagi buzilish» nomini olgan. 

Ishchi stantsiyalarga xujumning  asosiy  maqsadi,  asosan,  qayta  ishlanayotgan 

ma’lumotlarni  yoki  lokal  saqlanayotgan  axborotlarni  olishdir.  Bunday 

xujumlarnint  asosiy  vositasi  «Troyan»  dasturlar  sanaladi.  Bu  dastur  o‘z

 

tuzilishi 



bo‘yicha  kompyuter  viruslaridan  farq  qilmaydi  va  kompyuterga  tushishi  bilan 

o‘zini bilintirmasdan turadi. Boshqacha aytganda, bu dasturning asosiy maksadi – 

tarmok, stantsiyasidagi himoya tizimini ichki tomondan buzishdan iborat. 

Bu holatda masalani xal qilish ma’lum qiyinchilikka olib keladi, ya’ni maxsus 

tayyorlangan  mutaxassis  lozim  yoki  boshka  choralar  qabul  qilish  kerak  bo‘ladi. 


Boshqa  bir  oddiy  himoya  usullaridan  biri  har  qaysi  ishchi  stantsiyadagi  tizimli 

fayllar  va  xizmat  sohasidagi  ma’lumotlarning  o‘zgarishini  tekshirib  turuvchi 

revizor (ingl. Advizer  kiruvchi) o‘rnatish sanaladi. 

Tarmoqlararo  ekran    himoyalash  vositasi  bo‘lib,  ishonchli  tarmoq  va 

ishonchsiz tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘lla-niladi. 



Tarmoqlararo ekran – ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning 

axborot  zahiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi.  Ya’ni,  tashkilot  tarmog‘i va 

Internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi. 

Tarmoqlararo  ekranning  asosiy  funktsiyasi  –  ma’lumotlarga  egalik  qilishni 

markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat. 

Tarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi: 

• o‘rinsiz trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini ta’qiqlash; 

• qabul qilingan trafikni ichki tizimlarga yo‘naltirish; 

•  ichki  tizimning  zaif  qismlarini  yashirish  bilan  Internet  tomonidan 

uyushtiriladigan xujumlardan himoyalash; 

• barcha trafiklarni bayonlashtirish; 

•  ichki  ma’lumotlarni,  masalan,  tarmoq  topologiyasini,  tizim  nomlarini, 

tarmoq  uskunalarini  va  foydalanuvchilarning  identifikatorlarini  Internetdan 

yashirish; 

• ishonchli autentifikatsiyani ta’minlash. 

Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki 



Fire Wall deb yuritilgan. Umuman bularning hammasi yagona tushunchadir. 

Tarmoqlararo  ekran  –  bu  tizim,  umumiy  tarmoqni  ikki  qismga  ajratib, 

tarmoqlararo  himoya  vazifasini  o‘taydi  va  ma’lumotlar  paketining  chegaradan 

o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar to‘plami hisoblanadi. 

Odatda  tarmoqlararo  ekran  ichki  tarmoqlarni  global  tarmoqlardan,  ya’ni 

Internetdan  himoya  qiladi.  Shuni  aytish  kerakki,  tarmoqlararo  ekran  nafakat 

Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan ham himoya qilish qobiliyatiga egadir. 

Har  qanday  tarmoqlararo  ekran  ichki  tarmoqlarni  to‘liq  himoya  qila  oladi,  deb 

bo‘lmaydi. 



Har  qanday  tashkilotning  tarmoq  xavfsizligi  siyosati  ikki  qismdan  iborat 

bo‘ladi: tarmoq servislaridan foydalanish va tarmoqlararo ekranni qo‘llash. 



Tarmoq  servislaridan  foydalanish  siyosatiga  mos  ravishda  Internetda 

servislar  ro‘yxati  aniqlanadi.  Bu  servislapga  foydalanuvchilar  cheklangan  kirish 

bilan ta’minlanadi. 

Kirish  usullarining  cheklanilishi  –  foydalanuvchilar  tomonidan  Internet 

servislariga chet yo‘llar orqali ruxsatsiz kirishni ta’qiqlash ma’nosini bildiradi. 

Tarmoq  servislariga  kirish  siyosati,  odatda,  quyidagi  printsiplarga  moyil 

bo‘ladi: 

-  Internetdan  ichki  tarmoqqa  kirishni  ta’qiqlash,  lekin  ichki  tarmoqdan 

Inlernetga kirishga ruxsat berish; 

-  vakolatlangan  tizimlarga  Internetdan  ichki  tarmoqqa  cheklanilgan  kirishga 

ruxsat berish. 

Tarmoqlararo  ekranlarga  qo‘yiladigan  vazifaviy  talablar  quyidagilardan 

iborat: 


• tarmoq darajasida filtrlashga talab; 

• amaliy darajada filtrlashga talab; 

• administratsiyalash va filtrlash qoidalarini o‘rnatish bo‘yicha talab; 

• tarmoqli autentifikatsiyalash vositalariga talab; 

• ishlarni qayd qilish va hisobni olib borish bo‘yicha talab. 

Tarmoqlararo  ekranlarning  komponentlari  sifatida  quyidagilarni  keltirish 

mumkin:  filtrlovchi  -yo‘llovchi;  tarmok  darajasidagi  shlyuzlar;  amaliy  darajadagi 

shlyuzlar. 



Filtrlovchi-yo„llovchi  –  kompyuter  tarmog‘ida  ma’lumotlarni  manzilga 

yetkazuvchi  dasturlar  paketi  yoki  serverdagi  dastur  bo‘lib,  u  kiradigan  va 

chiqadigan  paketlarni  filtrlaydi.  Paketlarni  filtrlash,  ya’ni  ularni  aniq  to‘plamga 

tegishliligini  tekshirish,  TCP/IP  sarlavhasidagi  ma’lumotlar  bo‘yicha  amalga 

oshiriladi. 

Tarmoq  darajasidagi  shlyuzlar  ishonchli  mijozlardan  aniq  xizmatlarga 

so‘rovnomasini qabul qiladi va ushbu aloqaning qonuniyligini tekshirgandan so‘ng 



ularni  tashki  xost-kompyuter  bilan  ulaydi.  Shundan  so‘ng  shlyuz  ikkala  tomonga 

ham paketlarni fil’trlamay jo‘natadi. Bundan tashqari, tarmoq darajasida shlyuzlar 

bevosiga server-dallol vazifasini bajaradi. 


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish