O‟ZBЕKISTON RЕSPUBLIKАSI
OLIY VА O‟RTА MАХSUS TА‟LIM VАZIRLIGI
TOSHKЕNT TЕMIR YO‟L MUHАNDISLАRI INSTITUTI
“Temir yo‟l transportida axborot tizimalri”
kаfеdrаsi
Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash
fаni bo’yichа
Ma‟ruza matni
TUZUVCHI: IBRAGIMOV R.
TOSHKЕNT – 2018
Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash fanidan
ma‟ruzalar matni
Mavzu № 1
Axborot tizimlarida axborot xavfsizligining asosiy tushunchalari. Axborot
xavfsizligi muammolari, ularning turlari va mohiyati. Keng tarqalgan
tahdidlar va ularning oqibatlari
(6 soat)
Reja:
1. Fanning dolzarbligi;
2. Asosiy tushunchalar;
3. Axborot xavfsizligining asosiy himoya obyektlari;
4. Axborot xavfsizligining asosiy muammolari;
5. Fanning vazifalari.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kim David. Fundamentals of Information Systems Security. -USA, 2014. -
p.544.
2. Mark Stump. Information Security: principles and practice. -2
nd
ed. -USA,
2011. -p.608.
3. Акбаров Д.Е. Ахборот хавфсизлигини таъминлашнинг криптографик
усуллари ва уларнинг қўлланилиши. -Т.: Ўзбекистон маркаси, 2009. -432 б.
4. Пардаев А.Х. ва бошқалар. Ахборот хавфсизлиги: муаммо ва ечимлар.
-Т.:Ёзувчи, 2004.
5. Мамаев М., Петренко С.. Технологии защиты информации в
интернете. -С/П:Питер, 2002. -844 с.
6. Соколов А.В., Степанюк О.М. Методы информационной защиты
объектов и компьютерных сетей. -М.:Полигон-АСТ, 2000. -270 с.
7. Шнайер Б. Секреты и ложь: безопасность данных в цифровом мире. -
С/П: Питер, 2003. -368 с.
8. Под рук. Сонникова В.Г. Технические методы и средства защиты
информации. -М.: Полигон-АСТ, 2000. -314 с.
9. Ibragimov R.I., Tulaganova Z.X., Mamurova F.I., Boltayev A.X. «Axborot
xavfsizligi va axborotni himoyalash» fani bo’yicha laboratoriya ishlari to’plami. -
T.: ToshTYMI, 2011. -55 b.
XXI asr insoniyat hayotiga axborot texnologiyalarining g‘oyatda rivojlanishi
va inson faoliyatining barcha sohalariga chuqur qo‘llanishi bilan kirib keldi.
Hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining to‘xtab qolishi insoniyat
hayotida halokatli natijalarga olib kelishi mumkin. Axborot texnologiyalari
jamiyatning muhim ustunlaridan bo‘lsa, axborotning o‘zi hozirgi kunning eng
bebaho mulkiga aylandi. Inson o‘zining qimmatli buyumlarini har doim avaylab
asragan, uni o‘g‘irlashlariga yoki buzishlariga yo‘l qo‘ymagan. Yuqorida aytilgan
fikrlar esa, axborot texnologiyalari va axborotni eng avaylab asrash lozim bo‘lgan
mulk ekanligini ko‘rsatib turibdi. Chunki, axborot texnologiyalari deganda nafaqat
axborotga avtomatlashtirilgan ravishda ishlov berish tizimlari, balki ixtiyoriy
jarayonni amalga oshirishda axborot asosida taroziga solingan, rejali ish tutish
bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tizim (hattoki, u qo‘l mehnatiga asoslangan bo‘lsa
ham) ko‘zda tutiladi. Shu sababli axborot va axborot tizimlarining xavfsizligini
ta’minlash davr talabiga aylangan bugungi kunning dolzarb muammosidir.
Quyida o‘rganiladigan fan sizni aynan shu muammoni yechish yo‘llari va
vositalari bilan tanishtiradi va axborot xavfsizligi fani deb ataladi. Fan bilan
tanishishni birinchi navbatda asosiy tushunchalar va ularning ta’riflarini keltirish
bilan boshlaylik:
Axborot insonning 5 ta sezgi organlari orqali oladigan, cheksiz xabarlar
ichidan o‘zi uchun foydali qismini xotirada saqlab qoladigan qismidir. Masalan,
birov bilan tanishganda uning kiyimi, qaerda turgani, kim bilan turgani va
hokazolar emas, uning ismi, qiyofasi, kasbi kabi axborotlarni eslab qolishga
harakat qilinadi.
Texnologiya esa (jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlardan
foydalanib) o‘zida ixtiyoriy jarayonning har bir (xattoki eng kichigi ham)
bosqichini aks ettiruvchi batafsil ish rejasidir. Masalan, bir taomni pishirish yo‘llari
bilan tanish bo‘lgan o‘nlab odamlar uni o‘nlab mazali ko‘rinishda tayyorlaydilar,
chunki ularning har biri o‘z usuli, ya’ni o‘z texnologiyasidan foydalanadi.
Tizim deganda bir maqsadni amalga oshirish uchun qaratilgan barcha
jismoniy va mantiqiy obyektlar majmuasi ko‘zda tutiladi. Masalan, maorif tizimi
deganda nafaqat maktablar, bog‘chalar, litsey-kollej va oliy o‘quv yurtlari, balki
ularning binolari, barcha xizmatchilari (farroshdan tortib boshliqqacha), tuman,
shahar, viloyat va mamlakat maorifni boshqarish tashkilotlari, o‘qitish usul va
vositalari barchasi ko‘zda tutiladi.
Xavfsizlik tushunchasi hayotda asosan biror holat uchun xavf-xatar
bo‘lmagan yoki uning uchun ishonchli himoya o‘rnatilganligini bildiradi. Axborot
tizimlarida ham xuddi shunday ma’noni anglatgan bu ibora tizimning normal
faoliyat ko‘rsatishi, samarali ishlashi uchun barcha sharoitlar mavjudligi va
tizimning turli xavf-xatarlardan ishonchli himoyalanganligini ta’minlaydi va uni
aynan shu holat uchun axborot xavfsizligi deb ataladi. Ya’ni, axborot xavfsizligi
tushunchasi inson faoliyatining istalgan sohasida ishni nafaqat uzluksiz va
muvaffaqiyatli olib borishni ta’minlaydi, balki bu ish imkon boricha ko‘p samara
keltirishini, hech kim bu sohada siz erishgan yutuqlarni sizdan beruxsat qo‘llab
o‘zi uchun foyda olishiga yo‘l qo‘ymaslikni ham ko‘zda tutadi, sizning ishlab
chiqarishingiz va tadbirkorligingizni yomon niyatli shaxslar tajovuzidan
himoyalaydi.
Xavfsizlik siyosati deb esa biror tashkilotda axborotlar, axborot tizimi va
tashkilot faoliyatining ishonchli himoyalash uchun olib boradigan siyosati – tartib-
qoidalari, mehnat intizomi va ish hamda javobgarlik taqsimoti, boshqaruv
amaliyoti, tashqi muhit bilan muloqot olib borish tamoyillarini tushunamiz.
Masalan, oliy o‘quv yurtlarida talabalar va o‘qituvchilarning darslarga
kechikmasligini talab etish, dars jarayonlarini ham intizom, ham o‘qitilish sifati
nuqtai-nazaridan nazorat etish, binodagi barcha xonalarni o‘qitish maqsadiga
moslash, o‘quv yurti xududida kim o‘zini qanday tutishi xaqidagi tartib-qoidalarni
ishlab chiqish, kirish eshigi oldiga qorovullar qo‘yish, yotoqxona va o‘qitish
xonalariga mas’ul o‘qituvchi va talabalarni tayinlash, guruhlar uchun murabbiylar
tayin qilib ularning bu yo‘nalishdagi faoliyatini bevosita va hisobotlar orqali
nazorat qilish, ishonch soatlari va ishonch qutilari taklif etish kabi tadbirlarning
barchasi shu o‘quv yurtidagi xavfsizlik siyosatini belgilaydi.
Mana shu xavfsizlik siyosatini amalga oshirish yo‘llari va vositalari esa
xavfsizlik mexanizmi deb ataladi. Hozirgina yuqorida keltirilgan misoldagi oliy
o‘quv yurti xavfsizlik siyosatini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan qonun-
qoidalar, buni nazorat qiluvchi va amalga oshiruvchi bo‘limlar va vositalar
(masalan qorovul xizmati, o‘rnatilgan shlagbaum, videokamera kabi texnik
qurilmalar, dekanatlar, talabalar kengashi, kamolot harakati, ma’naviyat bo‘limi
kabi) mana shu xavfsizlik mexanizmiga kiradi.
Xavfsizlik siyosatining bir qismini tashkil etib, tor yo‘nalishdagi mavjud
xatarlarga qarshi kurashuvchi bo‘lagi esa xavfsizlik xizmati deb ataladi. Masalan,
yong‘in xavfsizligi xizmati, qorovul xizmati, ma’naviyat bo‘limlari xavfsizlik
xizmati ko‘rinishlariga misol bo‘la oladi.
Axborot xavfsizligi uchun noxush holat keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan
har qanday tashqi yoki ichki ta’sir tahdid, biror joriy vaqt ichida ro‘y berishi
ehtimolga yaqin bo‘lgan tahdid esa xatar deb ataladi. Agar samolyot uchun
mavjud tahdidlardan ba’zilarni sanab o‘tsak, bular – zavoddan chiqishdagi
kamchiliklar, xizmat ko‘rsatishdagi xatoliklar, uchish jarayonida odatdan tashqari
vaziyat yuz berib halokatga uchrash, kometa bo‘lagi, boshqa samolyot yoki qushlar
bilan to‘qnashib ketish, terrorchilar tomonidan tasarruf etilishi va shu kabi minglab
holatlardir. Ya’ni, tahdid biror obyekt uchun mavjud bo‘lgan barcha noxush
holatlar uchun umumiy nom. Xatar esa shu tahdidlarning ma’lum bir vaqt
oralig‘ida, ma’lum joy va sharoitda ro‘y berish ehtimoli katta bo‘lgan qismidir.
Masalan angarda turgan samolyot uchun osmonda boshqa samolyot bilan urushib
ketishi tahdid bo‘lsa, kimdir uning ballonini teshib qo‘yishi yoki vintini noto‘g‘ri
burab qo‘yishi xatardir.
Xatarni amalga oshirish xujum, oshiruvchi obyekt esa xatar manbai deb
ataladi. Yuqoridagi kimdir ballonni teshish uchun harakat qilishi xujum, o‘sha
«kimdir» esa xatar manbai bo‘ladi.
Xujum qilish qulay bo‘lgan joy zaif joy, zaif joy aniqlangandan boshlab to
unga ishonchli himoya o‘rnatilgunicha o‘tgan vaqt esa xatar oralig„i deb ataladi.
Yuqoridagi misolda yomon niyatli shaxs kirishi uchun imkon yaratgan joy va
yomonlik qilish imkonini beruvchi obyekt (masalan ochiq eshik, devordagi teshik,
qo‘l yetadigan joydagi ochiq vint, teshish mumkin ballon va hokazo) zaif joyga,
mana shu imkoniyatni paydo bo‘lganidan boshlab to yo‘qotish harakatlari
(masalan teshik yoki eshikni yopish, soqchi qo‘yish, ballon va vintlarni g‘ilof
ostiga yashirish) amalga oshirilguncha o‘tgan vaqt esa xatar oralig‘i deb ataladi.
Axborot tizimi ishiga qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham (ko‘pincha ijobiy) ta’sir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har bir obyekt - hox u yakka shaxs bo‘lsin, hox
tashkilot - qo„llash infrastrukturasi deb ataladi. Masalan, hamkorlar, homiylar,
xizmat ko‘rsatuvchilar, buyurtmachilar, iste’molchilar, mahalliy ma’muriyat va
hokazo.
Konfidentsiallik esa axborotning ma’lum bir doiradagi shaxslardan tashqari
barchadan sir tutilishi xususiyatidir. Eng oddiy va yorqin misol – bu kasbiy sir,
ya’ni hunarmandlar o‘z kasblarining sirlarini faqatgina tanlangan odamlargagina
(merosxo‘rlari, shogirdlari kabi) aytishi, ishlab chiqarish texnologiyasi sirlarini
(masalan, harbiy qurollarni ishlab chiqarish, yangi samolyotlar yasash, pepsi va
kola ishlab chiqarish kabi) yashirishidir.
To„liqlik deb axborotning mazmunan boyligi, ishonchliligi, yomon niyatli
odamlar tomonidan o‘g‘irlab yoki o‘zgartirib qo‘yilmaganligini tushunamiz.
Masalan, o‘qish-yozishni biladi, fizika fani bilan tanish, ishlaydi, fizikani yaxshi
tushuntira oladi, maktabda ishlaydi, institutni bitirgan va hokazo ma’lumotlarni bir
og‘iz tajribali fizika o‘qituvchisi degan, g‘ildiragi bor, to‘rtta, ularning balloni bor,
ruli bor, o‘rindig‘i yumshoq, besh o‘rinli, kechasi-yu-kunduzi minish mumkin,
benzin bilan yuradi, qimmat turadi, besh-olti yil ta’mirga muhtoj bo‘lmaydi,
magazinda sotiladi va hokazo ma’lumotlar o‘rniga yangi yengil avtomobil deyish
axborot orqali berish mumkin. Bu ancha to‘liq va ishonchliroq bo‘lishi mumkin,
chunki bitta-bitta sifat berishda inson o‘z fikri, o‘z baholashiga asoslanadi, lekin
inson xatoga yo‘l qo‘yishi mumkinligini har birimiz yaxshi bilamiz, bundan
tashqari o‘qituvchi yoki yangi yengil avtomobil so‘zlari o‘z navbatida yana bir
qancha xulosalar keltirib chiqarishi mumkin.
Murojaat etish imkoniyati deganda axborotning faqat qonuniy yo‘l bilan
olinishi, olinganda ham imkon boricha oson yo‘l bilan olinishi tushuniladi. Ya’ni,
shunga xaqi bor iste’molchi axborotga tez va qulay murojaat eta olishi tushuniladi.
Lekin bu atamaning ma’nosi faqat shu bilangina cheklanmay, balki murojaat etish
uchun xaqi yo‘q shaxslarning axborotdan foydalanish imkoniyati cheklanishini
ham o‘z ichiga oladi. Masalan, savodsiz odam o‘quv yurtiga o‘qituvchilik
lavozimiga ish so‘rab murojaat etishi, pulsiz odam do‘kondan tovar so‘rab
murojaat etishi yoki bankomatni buzib pul olishi mumkin emas. Faqat uylanmagan
odamgina baxt uyiga o‘z nikohini qayd etishni so‘rab murojaat qila olishi mumkin
va hokazo. Boshqacha qilib aytganda, murojaat etish imkoniyati axborotdan (yoki
axborot tizimi xizmati) faqat shunga xaqi bor shaxslargina foydalana olishi, va bu
jarayon tez va oson ko‘chishini ta’minlaydi.
Axborot xavfsizligi tizimining asosiy vazifasi xavfsizlikning asosiy
komponentlari – to‘liqlik, konfidentsiallik va murojaat etish imkoniyatlarini
ta’minlashga borib taqaladi.
Bundan tashqari axborot tizimlari binolar, texnik vositalar, qo‘llash
infrastrukturasi, dasturiy vositalar, boshqaruv siyosati kabi birqancha tarkibiy
qismlarni o‘z ichiga oladi. Ularning har biri bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan
muammolarni (qisman bo‘lsa ham) har bir inson tasavvur qila oladi – ularning
holati, maqsadga muvofiqligi, iqtisodiy mutanosibligi va hokazo. Bu muammolar
haqida kurs davomida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Hozir tizim qismlarining har
biri uchun mavjud keng tarqalgan muammolar bilan tanishib chiqamiz (1-rasm).
Odatda muammolar ikki xil tabiatga ega bo‘ladi – jismoniy va mantiqiy.
1-rasm. Axborot tizimlarining keng tarqalgan muammolari.
Jismoniy muammolarni keltirib chiqaruvchi tahdidlar bevosita inson xatti-
harakati natijasi sifatida namoyon bo‘ladi va ularning oqibatlari moddiy
ko‘rinishga egadir: kabellarda uzilish paydo bo‘lishi, tizim elementining boshqa,
sifatlari yaqin keladigan element bilan almashtirilishi, texnik qurilmalarni yasash
vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va hokazo.
Mantiqiy muammolarni keltirib chiqaruvchi tahdidlar esa inson xatti-
harakatlariga bilvosita bog‘liq bo‘lib, ular ko‘proq aqliy faoliyat natijalarida aks
etadi: tovlamachilik, xakerlik, operatsion tizim kamchiliklari, josuslik, beruxsat
o‘zgalar mulkidan bahramand bo‘lish va hokazolar.
Bu sanab o‘tilgan tahdidlar amalga oshganda son-sanoqsiz muammolar ro‘y
berishi, oxir-oqibat xujumga uchragan shaxs yoki tashkilot turli darajadagi asab,
ishlab chiqarish yoki boshqa turdagi kasodlikka uchrashi mumkin: tashkilot sinishi,
ishi orqaga ketishi, asablari ishdan chiqishi, yotib qolishi yoki qattiq kasallikka
АХБОРОТ ТИЗИМЛАРИДА
РЎЙ БЕРИШИ МУМКИН
БЎЛГАН МУАММОЛАР
Жисмоний (hard
problems) муаммолар
Коммуникацион
муаммолар
Қурилмалар мос
келмаслиги
Электр қуввати
муаммолари
Заводдан чиқишдаги
брак
Хотирага боғлиқ
муаммолар
Жой ва табиат
муаммолари
Қўллаш инфраструк.
муаммолари
Операцион тизим
муаммолари
Мантиқий (hard
problems) муаммолар
Қурилма/драйвер
муаммолари
Илова дастурлар
муаммолари
Директориялар тўлиб
кетиши
Вируслар
Сақлаш муаммолари
Берухсат кириш
Майда
безорилик
Саноат
жосуслиги
Товламачилик
Хакерлик
Қўпорувчилик
BIOS га боғлиқ муаммолар
duchor bo‘lishi, o‘z mijoz yoki hamkorlarini yo‘qotishi, kam foyda olishi va
hokazo.
Axborot xavfsizligi fani aynan shunday holatlar oldini olish chora –tadbirlari
va siyosatini o‘rgatadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Xavfsizlik nima uchun kerak?
2. Texnologiya axborotmi?
3. Tizim nimalardan tashkil topgan?
4. Axborot xavfsizligi deganda faqat xujumlardan himoyalanishni tushunish
to‘g‘rimi?
5. Xavfsizlik siyosati talabalarning kiyinishini nazorat etishni ko‘zda tutadimi?
6. Xonalarning qulfi xavfsizlik mexanizmiga kiradimi?
7. Xatar manbai nima?
8. Xatar oralig‘i cheksiz bo‘lishi mumkinmi?
9. Qo‘llash infrastrukturasiga kimlar kiradi?
10. Axborot xavfsizligi himoyalaydigan asosiy obyektlarni sanab bering.
11. Keng tarqalgan axborot xavfsizligi muammolari xaqida nima bilasiz?
Mavzu № 2
Axborot xavfsizligining keng tarqalgan tizimlari.
Axborot tizimlarida ma‟lumotlarga nisbatan xavf-xatarlar.
Virus va antiviruslar tasnifi. Antiviruslar, ularning xususiyatlari
(4 soat)
Reja:
1. Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nisbatan xavf-xatarlar;
2. Virus tushunchasi va viruslarning toifalari;
3. Turli toifalarning mohiyati va keltirgan zararlari;
4. Antiviruslar;
5. Kasperskiy antivirusi va uning xususiyatlari;
6. Keng tarqalgan xavfsizlik servislari, ularning xususiyatlari va
manzillari.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kim David. Fundamentals of Information Systems Security. -USA, 2014. -
p.544.
2. Mark Stump. Information Security: principles and practice. -2
nd
ed. -USA,
2011. -p.608.
3. Акбаров Д.Е. Ахборот хавфсизлигини таъминлашнинг криптографик
усуллари ва уларнинг қўлланилиши. -Т.: Ўзбекистон маркаси, 2009. -432 б.
4. Пардаев А.Х. ва бошқалар. Ахборот хавфсизлиги: муаммо ва ечимлар.
-Т.:Ёзувчи, 2004.
5. Мамаев М., Петренко С.. Технологии защиты информации в
интернете. -С/П:Питер, 2002. -844 с.
6. Соколов А.В., Степанюк О.М. Методы информационной защиты
объектов и компьютерных сетей. -М.:Полигон-АСТ, 2000. -270 с.
7. Шнайер Б. Секреты и ложь: безопасность данных в цифровом мире. -
С/П: Питер, 2003. -368 с.
8. Под рук. Сонникова В.Г. Технические методы и средства защиты
информации. -М.: Полигон-АСТ, 2000. -314 с.
9. Ibragimov R.I., Tulaganova Z.X., Mamurova F.I., Boltayev A.X. «Axborot
xavfsizligi va axborotni himoyalash» fani bo’yicha laboratoriya ishlari to’plami. -
T.: ToshTYMI, 2011. -55 b.
Hozirgi kunda kompyuter viruslari g‘arazli maqsadlarda ishlatiluvchi turli xil
dasturlarni olib kelib tatbiq etishda eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.
Kompyuter viruslarini dasturli viruslar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi.
Dasturli virus deb avtonom ravishda ishlash, boshqa dastur tarkibiga o‘z-
o‘zidan qo‘shiluvchi, ishga qodir va kompyuter tarmoqlari va alohida
kompyuterlarda o‘z-o‘zidan tarkalish xususiyatiga ega bo‘lgan dasturga aytiladi.
Viruslar bilan zararlangan dasturlar virus tashuvchi yoki zararlangan
dasturlar deyiladi.
Zararlangan disk – bu ishga tushirish sektorida virus dastur joylashib olgan
diskdir.
Xozirgi paytda kompyuterlar uchun ko‘pgina noqulayliklar tug‘dirayotgan xar
xil turlardagi kompyuter viruslari keng tarqalgan. Shuning uchun ham ulardan
saqlanish usullarini ishlab chiqish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Xozirgi
vaktda 65000 dan ko‘p bo‘lgan virus dasturlari borligi aniklangan. Bu viruslarning
katta guruhini komp’yuterning ish bajarish tartibini buzmaydigan, ya’ni
«ta’sirchan bo‘lmagan» viruslar guruhi tashkil etadi.
Viruslarning boshqa guruhiga kompyuterning ish
tartibini buzuvchi viruslar
kiradi. Bu viruslarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: xavfsiz viruslar (fayllar
tarkibini buzmaydigan), xavfli viruslar (fayllar tarkibini buzuvchi) hamda juda
xavfli viruslar (kompyuter qurilmalarini buzuvchi va operator sog‘ligiga ta’sir
etuvchi). Bu kabi viruslar odatda professional dasturchilar tomonidan tuziladi.
Kompyuter virusi – bu maxsus yozilgan dastur bo’lib, boshqa dasturlar
tarkibiga yoziladi, ya’ni zararlaydi va kompyuterlarda o‘zining g‘arazli
maqsadlarini amalga oshiradi.
Вирус
Хавфсиз
Хавфли
Жуда хавфли
Файллар
таркибини
бузмайдиган
Файллар
таркибини
бузадиган
Қурилмаларни
бузадиган
Оператор
соғлигига таъсир
кўрсатувчи
Kompyuter virusi orqali zararlanish oqibatida kompyuterlarda quyidagi
o‘zgarishlar paydo bo‘ladi:
• ayrim dasturlar ishlamaydi yoki xato ishlay boshlaydi;
• bajariluvchi faylning hajmi va uning yaratilgan vaqti o‘zgaradi;
• ekranda anglab bo‘lmaydigan belgilar, turli xil tasvir va tovushlar paydo
bo‘ladi;
• kompyuterning ishlashi sekinlashadi va tezkor xotiradagi bo‘sh joy hajmi
kamayadi;
• disk yoki diskdagi bir necha fayllar zararlanadi (ba’zi hollarda disk va
fayllarni tiklab bo‘lmaydi);
• vinchester orqali kompyuterning ishga tushishi yo‘qoladi.
Viruslar asosan disklarning yuklanuvchi sektorlarini va exe, com, sys va bat
kengaytmali fayllarni zararlaydi. Hozirgi kunda bular katoriga ofis dasturlari
yaratadigan faylarni ham kiritish mumkin. Oddiy matnli fayllarni zararlaydigan
viruslar kamdan-kam uchraydi.
Kompyuterning viruslar bilan zararlanish yo‘llari quyidagilardir:
1. Disketlar orqali.
2. Kompyuter tarmoqlari orqali.
3. Boshqa yo‘llar yo‘q.
Axborot tizimlari va tarmoqlar uchun eng katta xavf tug‘diruvchi xatarlardan
biri – bu viruslardir. Aslida biz viruslar deb atashga o‘rganib qolgan dasturlarni
to‘rtta toifaga ajratish mumkin:
- mantiqiy bombalar;
- chuvalchanglar;
- troyan otlari;
- kompyuter viruslari.
Do'stlaringiz bilan baham: |