B. A. Nazarbayeva



Download 7,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/288
Sana15.01.2022
Hajmi7,56 Mb.
#368689
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   288
Bog'liq
konstruksiyalashga kitob

5.6 Temperatura datchiklari

 

  



Temperatura datchiklarining turlari. 

Uzoq tarixiy davrlar davomida issiqlik 

odamlar  uchun  ularning  hayotining  asosi  bo‘lgan,  shu  sababli  ular  o‘sha 

davrlardayoq  haroratni  o‘lchash  bilan  uning  intensivligini  baholashga  uringanlar. 

Ehtimolki,  haroratni  o‘lchashning  eng  oddiy  va  eng  keng  tarqalgan  usuli  turli 

moddalarning  issiqlikdan  kengayishini  o‘lchash  bo‘lib  hisoblanadi.  Barcha 

suyuqlikli  shisha  termometrlar  ana  shu  tamoyil  asosida  amalga  oshirilgan.  Elektr 

qayta shakllantirgichlarda biroz boshqacharoq detektirlash tamoyillari qo‘llaniladi. 

Hozirgi kunda quyidagi harorat datchiklari eng keng tarqalgan bo‘lib hisoblanadi: 

rezistiv, termoelektrik, yarim o‘tkazgichli, optik va pyezoelektrik detektorlar. 

Haroratni  o‘lchash  har  doim  energiyaning  unchalik  katta  bo‘lmagan 

porsiyasini  obyektdan  bu  energiyani  elektr  signaliga  aylantirishi  lozim  bo‘lgan 

datchikka  uzatishdan  iborat  bo‘ladi.  Kontaktli  detektor  (zond)  obyektning  ichiga 

yoki  tashqarisiga  joylashtirilganda  obyekt  bilan  zond  o‘rtasida  issiqlik 

o‘tkazuvchanlik hisobiga issiqlik uzatilishi sodir bo‘ladi. Bunda zondning tarkibiga 

kiradigan  sezgir  element  yoki  qiziydi,  yoki  sovuydi.  Issiqlik  nurlanish  yordamida 

uzatilganda ham xuddi shuning o‘zi sodir bo‘ladi: issiqlik energiyasi IQ nurlanish 

ko‘rinishida  obyektning  harorati  va  optik  bog‘lanishning  tipiga  bog‘liq  ravishda 




274 

 

yoki  datchik  tomonidan  yutiladi,  yoki  undan  ajralib  chiqadi.  Har  qanday  datchik, 



o‘lchamlaridan qat’iy nazar, o‘lchash zonasiga qo‘zg‘alish olib kiradi, bu haroratni 

o‘lchashda  xatolar  vujudga  kelishiga  olib  keladi.  Bu  detektirlashning  har  qanday 

usuliga  –  konvektiv  detektirlashga  ham,  radiatsion  detektirlashga  ham,  issiqlik 

o‘tkazuvchan detektirlashga ham taalluqli bo‘ladi. SHunday qilib, ishlab chiquvchi 

har  doim  datchiklarning  mos  keluvchi  konstruksiyalari  va  xatoliklarni 

kompensatsiyalash 

uslublarini 

qo‘llash 

bilan 

o‘lchashlar 



xatoligini 

minimallashtirishga intilishi lozim. 

Haroratni o‘lchashning ikkita asosiy uslubi mavjud: 

muvozanatli 

va 


bashorat 

qilinadigan  (prognozli). 

Muvozanatli  uslubda  haroratni  o‘lchash  o‘lchanadigan 

yuza  bilan  zondda  joylashgan  sezgir  element  o‘rtasida  issiqlik  muvozanati 

boshlanganda,  ya’ni  datchik  bilan  o‘lchanadigan  obyekt  o‘rtasida  sezilarli  harorat 

farqi  bo‘lmaganda  o‘tkaziladi.  Bashorat  qilish  uslubida  o‘lchashlarni  o‘tkazish 

jarayonida issiqlik muvozanati boshlanmaydi, joriy haroratning qiymati esa datchik 

haroratining  o‘zgarish  tezligi  bo‘yicha  aniqlanadi.  Sezgir  element  obyektga 

joylashtirilgan  momentdan  boshlab  obyekt  bilan  datchik  o‘rtasida  issiqlik 

muvozanati  boshlanguncha,  ayniqsa  agar  kontakt  maydonchalari  quruq  bo‘lsa, 

etarlicha  uzoq  vaqt  o‘tishi  mumkin    Masalan,  tibbiyot  elektron  termometri  suvli 

vannadagi haroratni 10 s da o‘lchaydi, qo‘ltiq ostidagi haroratni o‘lchash uchun esa 

hech bo‘lmaganda 3-5 minut talab qilinadi. 

Kontakt  usuli  bilan  haroratni  o‘lchashda  mumkin  bo‘lgan  xatolarning 

manbalarini ko‘rib chiqamiz. Xatolarning vujudga kelish sabablaridan biri shundan 

iboratki,  datchik,  qoidaga  ko‘ra,  faqatgina  haroratini  o‘lchashi  lozim  bo‘lgan 

obyekt bilan emas, balki boshqa predmetlar bilan ham tutashadi. Boshqa bir sabab 

tutashtiruvchi  kabellardan  foydalanish  bo‘lib  hisoblanadi  (5.13A-  rasm). 

 

haroratga ega bo‘lgan obyekt bilan tutashtiriladigan sezuvchan element o‘zining 



 

haroratiga ega bo‘ladi. Aniq o‘lchashlarni o‘tkazish uchun bu ikkita harorat amalda 

teng  bo‘ladigan  issiqlik  muvozanati  holatiga  erishish  zarur  bo‘ladi.  Kabelning  bir 

uchi zondga ulanadi, boshqa uchi esa obyektning haroratidan sezilarli darajada farq 

qilishi mumkin bo‘lgan 

 qurshab turuvchi  muhit haroratining ta’siriga tortiladi. 




275 

 

Shunday  qilib,  tutashtiruvchi  kabel  faqatgina  datchikning  elektr  signalini  uzatib 



qolmasdan, elementdan yoki unga bir qism issiqlikni ham uzatadi. 5.13B- rasmda 

obyekt, datchik, qurshab turuvchi muhit va 




Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish