Fizikaviy obyektlarning holati va ularning ko‘chishlarini aniqlash ko‘pgina
barcha transport oqimini boshqaradigan avtomatlashtirilgan tizimlar, qo‘riqlash
tizimlari uchun zarur, usiz birorta ham robot ishlay olmaydi. Fizikaviy obyektning
holatini aniqlash
burchak ostida joylashgan ikkinchi holatga siljishi tushuniladi. Boshqacha qilib
aytganda, ko‘chish har doim obyektning boshlang‘ich holatiga nisbatan aniqlanadi.
obyektning holati datchiklari bazasida amalga oshirilgan ostona qurilmalari bo‘lib
hisoblanadi. Holat datchigi – bu, qoidaga ko‘ra, uning chiqish signallari obyekt
bilan tayanch nuqta o‘rtasidagi masofaga mos keladigan chiziqli qurilma bo‘lib
hisoblanadi, ularning chiqishida signallar faqatgina obyektgacha bo‘lgan masofa
kritik bo‘lgan holatda paydo bo‘ladi. Masalan, avtomatlashtirilgan tizimlarning
266
ko‘pgina robotlari va harakatlanuvchi mexanizmlarida juda oddiy, biroq juda
ishonchli yaqinlashish datchigi – oxirgi o‘chirgich qo‘llaniladi, uning tarkibiga bir
juft yoki normal tutashgan, yoki normal ajratilgan kontaktlar kiradi. Obyekt
harakatlanganda bu kontaktlarni mexanik tarzda tutashtirsa yoki ajratsa, oxirgi
o‘chirgich boshqarish qurilmasiga signal yuboradi. Bu signal obyekt o‘zining
oxirgi holatiga etib kelganligini ko‘rsatadi. Biroq kontaktli o‘chirgichlar bir qator
kamchiliklar – harakatlanuvchi obyektlarga ko‘rsatiladigan yuqori mexanik
yuklama, gisterezis va hokazolarga ega.
Ko‘chish detektorlari ko‘pincha ular uchun harakatlanayotgan obyektlarni
topish – signalni qayta shakllantirish jarayonining bir nechta bosqichlaridan biri
bo‘lib hisoblanadigan murakkab datchiklar tarkibiga kiradi. Bunday tarkibli qayta
shakllantirgichga bosim datchigi misol bo‘la oladi, unda bosim diafragmaning
siljishiga olib keladi, diafragmaning siljishi esa, o‘z navbatida, chiquvchi elektr
signalining o‘zgarishini chaqiradi. Keltirilgan misolardan ko‘rinib turibdiki,
ko‘chish datchiklari faqatgina o‘zlari mustaqil tarzda qo‘llanilib qolmasdan,
boshqa ko‘plab detektorlarning tarkibiga ham kiradi.
Aksariyat holat va ko‘chish datchiklari statik qurilmalar bo‘lib hisoblanadi,
ularning tezkor ishlashi, qoidaga ko‘ra, tizimning ishchi tavsiflariga o‘z hukmini
o‘tkazmaydi. Biroq bunday datchiklarni ishlab chiqaruvchilar hujjatlarda maksimal
reaksiya ko‘rsatish tezligining kattaligini ko‘rsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: