koeffitsiyentiga (MHK) ega bo‘lgan harorat datchiklarini tayyorlashda keng
kompensatsiyalashni amalga oshirish yoki haroratni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash
uchun mikrostrukturalarga kiritiladi. Shuningdek diskret kremniyli harorat
datchiklari ham mavjud, masalan, KTU harorat detektori. Bunday datchiklar
280
yetarlicha yaxshi chiziqlilikka (uni oddiy termokompensatsion zanjirlar yordamida
yaxshilash mumkin) va uzoq muddatli barqarorlikka (odatda yiliga 0,05K) ega.
Kremniyli rezistorlarning MHK si ulardan qizdiradigan qurilmalarning
xavfsizligini ta’minlaydigan tizimlarda foydalanish imkonini beradi: haroratning
o‘rtacha ortishi (200 gacha) ularning qarshiligining ortishiga olib keladi, shu
hisobdan o‘z-o‘zini himoyalash funksiyasi amalga oshadi.
Monokristall sof kremniy ham, polikremniy ham o‘zicha qarshilikning
manfiy harorat koeffitsiyentiga (Manfiy HK) ega bo‘ladi. Biroq
n-
tipdagi
aralashmalar bilan legirlangandan keyin, ma’lum bir harorat diapazonida uning
harorat koeffitsiyenti musbat bo‘lib qoladi. Bu hodisa harorat pasayganda zaryad
eltuvchilarning harakatchanligining pasayishi bilan izohlanadi. Yuqori haroratlarda
erkin zaryad eltuvchilarning soni spontan ravishda hosil bo‘ladigan eltuvchilar
hisobiga oshadi, shu sababli bu harorat diapazonida kremniyning o‘zining yarim
o‘tkazgichlik xususiyatlari ustivor bo‘ladi. Shunday qilib, 200 dan past
haroratlarda kremniyning solishtirma qarshiligi MHK ga ega bo‘ladi, 200
dan
yuqori haroratlarda esa u manfiy bo‘lib qoladi. KTU datchik
n-
tipdagi 500
500
240
mkm o‘lchamli kremniy kristallidan tashkil topadi, uning bir tomoniga metall
qoplangan, boshqa tomonida esa kontakt maydonchasiga ega. Datchikning bunday
konstruksiyasida qarshilikning “cho‘zilishi” hodisasi vujudga keladi, buning
natijasida kristallning ichida tokning konussimon taqsimlanishi qaror topadi, u
tavsiyalarning ishlab chiqarishdagi yo‘l qo‘yilishlarga bog‘liqligini sezilarli
darajada pasaytiradi. Katta toklar va yuqori haroratlarda KTU tokning yo‘nalishiga
ham sezgir bo‘lib qoladi. Bu muammoni hal qilish uchun juftlashgan datchik
qo‘llaniladi, unda ikkita sezgir element bir-biriga qarama-qarshi qilib ketma-ket
ulanadi. Bunday datchiklardan ko‘pincha avtomobillarda foydalaniladi.
MHK ga ega bo‘lgan kremniyli datchikning tipik sezgirligi 0,7%/
atrofida
bo‘ladi, ya’ni harorat 1
ga o‘zgarganda uning qarshiligi 0,7% ga o‘zgaradi. KTU
datchikning
uzatish
funksiyasini
ikkinchi
tartibli
polinom
bilan
approksimatsiyalash mumkin:
(5.21)
281
Bunda
va
- etalon nuqtada o‘lchangan qarshilik (Omlarda) va harorat
(Kelvinlarda). Masalan, KTU-81 datchiklarning ishchi diapazoni -55...+150
,
A = 0,007874K
-1
, B= 1,874x10
-5
K
-2
ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: