detektorlariga sathni o‘lchashda foydalaniladigan datchiklar kiradi. Bunday qayta
shakllantirgichlarning asosiy elementi suvga qaraganda kichikroq zichlikka ega
269
bo‘lgan qalqovuch bo‘lib hisoblanadi. Aksariyat hollarda qalqovuch to‘g‘ridan-
to‘g‘ri suv kraniga ulanadi va suvning sathiga bog‘liq ravishda uni ochadi yoki
yopadi. Qalqovuch, mohiyatiga ko‘ra, suv yuzasi holatining detektori bo‘lib
hisoblanadi. Agar suv sathini faqatgina kuzatib borish emas, balki o‘lchash ham
zarur bo‘lsa, holatni qayta shakllantirgichni – potensiometrik, magnitik, sig‘imli
qayta shakllantirgichni yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiladigan boshqa biror
datchikni ulash mumkin. Shuni qayd qilish lozimki, gravitatsion datchiklar
ularning manbalari ishqalanish va tezlanish bo‘lib hisoblanadigan xalaqit
beruvchilarga nisbatan juda ta’sirchan bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, bunday
datchiklar gravitatsiya kuchlari bo‘lmagan sharoitlarda yoki o‘zgaruvchan
gravitatsiya sharoitlarida, masalan, fazoviy stansiyalar va reaktiv samoletlarda
ishlay olmaydi.
Erning og‘irlik markazining yo‘nalishiga nisbatan obyektning egilish
burchagini aniqlaydigan
sath o‘lchagichlardan
yo‘l qurilishida, inersion
navigatsiya tizimlarida, mexanik stanoklar va boshqa qurilmalarda foydalaniladi.
Juda eski, biroq hozirgacha juda ommaviyligicha qolayotgan holat detektorlaridan
biri simobli almashtirib ulagich (pereklyuchatel) bo‘lib hisoblanadi (5.10A va
5.10B -rasmlar), u o‘tkazmaydigan trubka (ko‘pincha shishadan ishlangan), ikkita
elektr kontaktlari va simob tomchisidan tarkib topadi. Datchik gravitatsion kuch
vektoriga nisbatan bir tomonga qarab egilgan bo‘lganda simob tomchisi
kontaktlardan qarama-qarshi yo‘nalishda ko‘chadi, almashtirib ulagich ajraladi.
Qurilma
holatining
o‘zgarishi simobning kontaktlar tomonga qarab
harakatlanishiga, ularni qisqa tutashuviga olib keladi, bunda almashtirib ulagich
ham tutashadi. Simobli almashtirib ulagichlar maishiy termostatlarda qo‘llaniladi,
bu erda ular sezuvchan element sifatida foydalaniladigan, qurshab turuvchi
haroratning o‘zgarishiga reaksiya ko‘rsatadigan biometall g‘altakga o‘rnatiladi.
Xona harorati ko‘tarilganda yoki pasayganda g‘altakning bukilishi o‘zgaradi, u
almashtirib ulagichning holatini belgilaydi. Simobli kalit kontaktlarining tutashishi
yoki ajralishi isitish yoki sovutish tizimlari tomonidan boshqariladi. Bunday
tizimning yaqqol ko‘rinib turgan kamchiligi uning doimo yonib-o‘chib turishidir
270
(texnika tili bilan aytganda – ikki pozitsiyali boshqarishdir). Simobli almashtirib
ulagich ostona qurilmasi bo‘lib hisoblanadi, u o‘zining burilish burchagi berilgan
qiymatdan oshganda o‘zining holatini o‘zgartiradi.
5.10-rasm. Gravitatsion datchiklar. A – simobli almashtirib ulagich ajralgan
holatda; B – simobli almashtirib ulagich tutashgan holatda; D – elektrolitli egilish
detektori
Do'stlaringiz bilan baham: