B. A. Nazarbayeva



Download 7,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/288
Sana15.01.2022
Hajmi7,56 Mb.
#368689
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   288
Bog'liq
konstruksiyalashga kitob

Sig‘imli datchiklar. 

Sig‘imli ko‘chish datchiklari keng qo‘llanilish sohasiga 

ega. Ulardan mustaqil tarzda obyektlarning holati va ko‘chishlarini aniqlash uchun 

foydalanilishi ham, ularda alohida elementlarning ko‘chishlari ularga turli kuchlar, 

bosim,  harorat  va  hokazolarning  ta’sir  ko‘rsatishi  bilan  chaqiriladigan  boshqa 

datchiklar  tarkibiga  kirishi  ham  mumkin.  Sig‘imli  datchiklar  amalda  har  qanday 

materialdan  tayyorlangan  obyektlarning  ko‘chishlarini  o‘lchashi  mumkinligi 

sababli,  ular  hamma  joyda  qo‘llaniladi.  Sig‘imli  datchiklarning  harakat  tamoyili 

yoki  kondensator  geometriyasining  o‘zgarishiga  (ya’ni  plastinkalar  orasidagi 

masofaning  o‘zgarishiga),  yoki  plastinkalar  orasiga  turli  elektr  o‘tkazuvchan  va 

dielektrik  materiallarni  joylashtirish  hisobiga  sig‘imning  o‘zgarishiga  asoslanadi. 

Sig‘imning  o‘zgarishi,  qoidaga  ko‘ra,  o‘zgaruvchan  elektr  signaliga  aylantiriladi. 

Sig‘imli  datchiklar  bir  qutbli  (ularning  tarkibiga  faqat  bitta  kondensator  kiradi), 

differensial  (ularning  tarkibiga  ikkita  kondensator  kiradi)  yoki  ko‘prikli  (bu  erda 

endi  to‘rtta  kondensatordan  foydalaniladi)  bo‘lishi  mumkin.  Differensial  yoki 



271 

 

ko‘prikli datchiklar holatida bitta yoki ikkita kondensator yoki o‘zgarmas, yoki bir-



biriga qarama-qarshi ulangan o‘zgaruvchan sig‘imli bo‘lib hisoblanadi.  

5.11-rasmda  ko‘rsatilgan  misolda  bir  xil 



A

  maydonga  ega  bo‘lgan  uchta 

plastinka ko‘rib chiqiladi, ular ikkita 

S

1

 

va 



S

2

 

kondensatorlarni shakllantiradi. Ikkita 



chekka  plastinkalarga  bir  xil  amplitudali,  biroq  180

ga  teng  bo‘lgan  fazalar  farqi 



bilan  sinusoidal  signallar  beriladi.  Ikkala  kondensator  bir  xil  bo‘lib  hisoblanishi 

sababli,  ular  orqali  o‘tadigan  toklar  o‘zaro  bir-birini  yo‘q  qiladi,  markaziy 

plastinkaning  potensiali  esa  amalda  nolga  teng  bo‘ladi.  Endi  markaziy  plastinka 

pastga 


x

  masofaga  siljigan  holatni  ko‘rib  chiqamiz  (5.11B-  rasm).  Bu 



S

1

 

va 



S

2

 

kondensatorlarning sig‘imlarining o‘zgarishiga olib keladi: 



                                                

 ,   


                                      (5.12) 

  Bunda markaziy plastinkadagi signalning amplitudasi 



x

 ko‘chish kattaligiga, 

faza  esa  –  harakat  yo‘nalishiga  proporsional  bo‘ladi.  Chiqish  signalining 

amplitudasini quyidagi ifodadan topish mumkin: 

                                        

                                    (5.13) 



x

 

shart  bajarilganda  chiqish  kuchlanishi  ko‘chishga  amalda  chiziqli 

tarzda  bog‘liq  bo‘ladi.  Yig‘indining  ikkinchi  a’zosi  ikkita  kondensatorning 

boshlang‘ich  nomuvozanatiga  to‘g‘ri  keladi  va  chiqish  signalining  siljish 

kuchlanishi vujudga kelishining asosiy sababi bo‘lib hisoblanadi. Plastinkalarning 

uchlaridagi  chekka  effektlar  va  elektrostatik  kuchlarning  ta’siri  ham  siljish 

kuchlanishi  paydo  bo‘lishining  sabablariga  kiradi.  Ikkita  zaryadlangan  plastinka 

orasida  tortish  yoki  itarish  kuchlarining  ta’siri  natijasida  ular  o‘zlarini  xuddi 

prujinalarday tutadi. Bu kuchning oniy qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 

                                          F = - 

                                                   

(5.14) 


Amaliyotda  elektr  o‘tkazuvchan  obyektning  ko‘chishini  o‘lchashda  uning 

yuzasi ko‘pincha kondensatorning plastinkasi rolini o‘taydi. 5.12- rasmda bir qutbli 

sig‘imli  datchikning  prinsipial  sxemasi  ko‘rsatilgan,  unda  kondensatorning 



272 

 

plastinkalaridan  biri  koaksikal  kabelning  markaziy  o‘tkazgichiga  ulangan,  boshqa 



plastinka esa obyektning o‘zi bo‘lib hisoblanadi. 

 

5.11- rasm. Yassi plastinkali sig‘imli datchikning harakat tamoyili: A – 



muvozanatlangan holat; B – muvozanatlanmagan holat 

 

 



Shuni  qayd  qilamizki,  datchikning  o‘zining  plastinkasi  erga  ulangan  ekran 

bilan qurshab olinadi, bu chiziqlilikni yaxshilash va chekka effektlarni kamaytirish 

imkonini  beradi.  Tiplashgan  sig‘imli  datchik  3  MGs  diapazondagi  chastotalarda 

ishlaydi va tez harakatlanayotgan obyektlarning ko‘chishini detektirlashi mumkin. 

Kiritilgan  elektron  interfeysli  bunday  datchikning  chastota  tavsiflari  40  kGs 

diapazonda yotadi. Sig‘imli yaqinlashish datchiklari elektr o‘tkazuvchan obyektlar 

bilan  ishlashda  juda  samarali  bo‘ladi,  bunda  ular  elektrod  bilan  obyektning 

o‘zining  o‘rtasidagi  sig‘imni  o‘lchaydi.  Sig‘imli  datchiklar  shuningdek  elektr 

o‘tkazmaydigan  obyektlar  bilan  ham  etarlicha  yaxshi  ishlaydi,  biroq  bunda 

ularning aniqligi biroz yomonlashadi. Elektrodning atrofiga tushadigan har qanday 

obyekt  o‘zining  dielektriklik  xususiyatlariga  ega  bo‘ladi,  bu  elektrod  bilan 

datchikning korpusi o‘rtasidagi sig‘imni o‘zgartiradi, bu esa, o‘z navbatida, obyekt 

bilan detektor o‘rtasidagi masofaga proporsional bo‘lgan chiqish signalining paydo 

bo‘lishiga olib keladi.  

Sezgirlikni  oshirish  va  chekka  effektlarni  kamaytirish  uchun  bir  qutbli 

sig‘imli  datchikda  faol  ekranlash  qo‘llaniladi.  Bunda  ekran  elektrodning  ishchi 

bo‘lmagan  tomonlari  atrofiga  joylashtiriladi  va  unga  elektroddagi  kuchlanishga 



273 

 

teng  bo‘lgan  kuchlanish  beriladi.  Ekran  va  elektroddagi  kuchlanishlar  bir  xil 



amplituda  va  fazaga  ega  bo‘lishi  sababli  ularning  o‘rtasida  elektr  maydoni 

bo‘lmaydi  va  ekranning  orqasida  joylashgan  barcha  tarkibiy  qismlar  datchikning 

ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.  

 

5.12-rasm. Ekranlaydigan halqali sig‘imli datchik 



 


Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish