Flouressent datchiklar.
Bunday
datchiklar
spektrning
ko‘rinadigan
diapazoni nurlari bilan qo‘zg‘atishga javob tariqasida ba’zi bir fosforli tarkibiy
qismlarning shu’la taratish xususiyati asosida amalga oshiriladi. Bunday tarkibiy
qismlar haroratini o‘lchash zarur bo‘lgan obyektning yuzasiga surkaladi. SHundan
keyin obyekt ultrabinafsha (UB) impulsli nurlatish ta’siriga tortiladi. Bu
nurlatishdan keyin taralgan yorug‘lik detektirlanadi va tahlil qilinadi. Yorug‘lik
impulьsining shakli haroratga bog‘liq bo‘ladi. Yorug‘lik impulsining so‘nish vaqti
keng haroratlar diapazonida juda yuqori qayta yaraluvchanlikka ega bo‘lgan
parametr bo‘lib hisoblanadi. Flouressent datchiklarda sezgir element sifatida to‘rt
valentli marganets bilan faollashtirilgan magniy ftormagnetit qo‘llaniladi. Fosfor
uzoq vaqtlar davomida ko‘chalarni yoritish uchun foydalaniladigan simobli
lampalarning rangini korreksiyalovchi sifatida qo‘llab kelingan. Fosfor kukuni
qattiq fazada 1200
haroratda o‘tkazilgan reaksiya davomida olinadi. U nisbatan
inert va issiqlikka bardoshli, biologik nuqtai-nazardan xavfsiz modda bo‘lib
hisoblanadi. U aksariyat kimyoviy reagentlar va uzoq muddatli UB nurlanish
ta’sirida emirilmaydi. U spektrning moviy sohasida UB yorug‘lik bilan
nurlatilganda qo‘zg‘algan holatga o‘tadi. Fosforning flouressent shu’la taratishi
uzoq qizil spektral diapazonda joylashadi, uning intensivligi esa eksponensial
qonun bo‘yicha pasayadi.
Qo‘zg‘atuvchi va qaytgan nurlarning signallari o‘rtasida qarama-qarshi
xalaqit beruvchilarning vujudga kelish ehtimolini kamaytirish uchun ularning
yo‘liga polosali filtrlar o‘rnatiladi, ular spektrning faqatgina berilgan zonalarining
283
to‘lqinlarini o‘tkazadi (5.15A-rasm). Qo‘zg‘atish manbai sifatida ksenonli
impulьsli lampa qo‘llaniladi, undan bir paytning o‘zida majmuaviy o‘lchash
tizimlari tarkibida bir nechta optik kanallarda foydalanish mumkin. Haroratni
o‘lchash jarayoni flouressent shu’laning zaiflashish tezligini o‘lchashdan iborat
bo‘ladi (5.15B -rasm). Bu haroratning qiymati τ vaqt doimiysi bo‘yicha joylashadi
deganidir, uning kattaligi -200...+400
haroratlar diapazonida besh martagacha
kamayadi. Vaqtni o‘lchash juda yuqori aniqlikka ega bo‘lgan elektron sxema
yordamida bajariladi. SHu sababli flouressent tipdagi datchiklar kalibrlamasdan
turib keng harorat diapazonida haroratni yaxshi echish qobiliyati va
atrofida
aniqlik bilan o‘lchash imkonini beradi.
A) B)
5.15- rasm. Haroratni flouressent o‘lchash uslubi: A – qo‘zg‘atuvchi va flouressent
nurlatishlarning spektral tavsiflari; B –
T
1
va
T
2
haroratlar uchun shu’laning
eksponensial qonun bo‘yicha pasayishi;
e –
natural logarifmning asosi;
t –
pasayish
tavsifining vaqt doimiysi
Do'stlaringiz bilan baham: |