B. A. Nazarbayeva



Download 7,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/288
Sana15.01.2022
Hajmi7,56 Mb.
#368689
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   288
Bog'liq
konstruksiyalashga kitob

Nurlatish  qobiliyati. 

Muhitning  nurlatish  qobiliyati  uning  dielektrik 

singdiruvchanligining, 

va 


shundan 

kelib 


chiqqan 

holda, 


n

 

sindirish 



koeffitsiyentining funksiyasi bo‘lib hisoblanadi. maksimal nurlatish qobiliyati 1 ga 

teng bo‘ladi. U qora jism deb ataluvchi jismga – ideal elektromagnitik nurlanishlar 

manbaiga mos keladi. Bunday deb atalishining sababi obyektlarning normal xona 

haroratidagi ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi. 




207 

 

 



 

4.28- rasm. Uchta turlicha harorat uchun sovuq cheksiz kenglik bilan qurshalgan 

nurlatgich uchun olingan nurlanishlar oqimining spektral zichligi 

 

Agar  jism  shaffof  bo‘lmasa  (γ  =  0)  va  hech  narsani  qaytarmasa  (



p  = 

0),  u 


holda  (4.92)  tenglamaga  ko‘ra  u  o‘zida  elektromagnitik  nurlanishlarni  ideal 

nurlatgich va yutgichni taqdim qiladi (



a = ε 

bo‘lganligi sababli). Biroq shuni qayd 

qilish  lozimki,  obyektning  nurlatish  qobiliyati,  qoidaga  ko‘ra,  nurlanishlarning 

to‘lqin  uzunligiga  bog‘liq  bo‘ladi  (4.30-rasm).  Masalan,  oq  qog‘oz  varag‘i 

spektrning ko‘rinadigan diapazonida juda yaxshi qaytarish qobiliyatiga ega bo‘ladi 

va deyarli ko‘rinadigan yorug‘likni nurlatmaydi. Biroq uzoq infraqizil diapazonda 

uning  qaytarish  qobiliyati  sezilarli  darajada  kamayadi,  nurlatish  qobiliyati  esa 

aksincha 0,92 gacha ortadi, bu oq qog‘ozni yaxshi infraqizil nurlanish manbai qilib 

qo‘yadi.  Uzoq  infraqizil  diapazon  linzalarini  tayyorlash  uchun  keng 

foydalaniladigan polietilen juda tor diapazon – 3,5, 6,8 va 13 mkm ga teng bo‘lgan 

to‘lqin uzunliklari atrofida to‘lqinlarni kuchli tarzda yutadi (nurlatadi), spektrning 

boshqa sohalarida esa u shaffof (nurlatmaydigan) material bo‘lib hisoblanadi. 




208 

 

Issiqlik nurlanishlarining nisbatan tor spektral diapazonida (masalan, 8 dan 16 



mkm gacha) nurlatish qobiliyati ko‘pincha doimiy kattalik deb hisoblanadi. Biroq 

issiqlik  nurlanishlarini  1%  dan  yaxshiroq  aniqlik  bilan  aniqlash  zarur  bo‘ladigan 

pretsizion  o‘lchashlar  uchun  yuzaning  nurlatish  qobiliyati  yoki  oldindan  ma’lum 

bo‘lishi  lozim,  yoki  ikki  diapazonli  infraqizil  detektordan  foydalanish  kerak 

bo‘ladi (bu detektor infraqizil nurlanishlar oqimini ikkita tor spektral diapazonlarda 

o‘lchashni  bajaradi.  So‘ngra  ikkita  signalning  nisbati  bo‘yicha  obyektning 

haroratini  aniqlaydi.  Hisoblashlar  jarayonida  nurlatish  koeffitsiyenti  va  boshqa 

mulьtiplikativ tarkib toptiruvchilar qisqartiriladi).  

 

 

 



4.29- rasm. Obyekt bilan issiqlik nurlanishlari datchigi o‘rtasida issiqlik 

almashinishi 

 

Uzoq 


infraqizil 

diapazonning 

yuzaga 

perpendikulyar 

yo‘naltirilgan  

qutblanmagan yorug‘ligi uchun nurlatish qobiliyati quyidagicha ifodalanadi: 

                                                  ε = 

                                                          (4.98) 

Barcha  nometall  materiallar  juda  yaxshi  diffuzion  issiqlik  nurlanishi 

manbalari  bo‘lib  hisoblanadi,  ular  (4.98)  tenglama  bilan  aniqlanadigan  70

jism 


burchagi  doirasida  amalda  doimiy  nurlatish  qobiliyatiga  ega  bo‘ladi.  Bu 

burchakning chegaralaridan tashqarida to 90

gacha nurlatish koeffitsiyenti shiddat 




209 

 

bilan  pasayadi.  90



atrofida  u  amalda  nolga  teng  bo‘ladi.  4.31A-rasmda  havoda 

nurlanishlar  yo‘nalganligining  nometall  materiallar  uchun  tipik  bo‘lgan 

diagrammasi  ko‘rsatilgan.  Shuni  ta’kidlash  lozimki,  yuqorida  aytilganlarning 

barchasi  spektrning  uzoq  infraqizil  diapazonidagi  to‘lqin  uzunliklari  uchun 

adolatlidir, ko‘rinadigan yorug‘lik to‘lqinlari uchun esa umuman o‘rinli bo‘lmaydi.  

 

 

4.30- rasm. Nurlatish qobiliyatining to‘lqin uzunligiga bog‘lanishi 



 

Metallar  o‘zlarini  butunlay  boshqacha  tutadi.  Ularning  nurlatish  qobiliyati 

yuzaga  ishlov  berish  usuliga  kuchli  tarzda  bog‘liq  bo‘ladi.  Qoidaga  ko‘ra, 

yaxshidab  silliqlangan  metallar 

70



jism  burchagi  doirasida  yomon  nurlatadi, 



burchaklar katta bo‘lganda esa ularning nurlatish qobiliyati sezilarli darajada ortadi 

(4.31B-rasm).  Bu  shuni  bildiradiki,  hatto  eng  yaxshi  oynalar  ham  normaldan  90

atrofidagi burchaklarda nurlanishni yomon qaytaradi.  



Aksariyat  qattiq  jismlardan  farqli  o‘laroq,  gazlar  ko‘pgina  hollarda  issiqlik 

nurlanishi uchun shaffof bo‘lib hisoblanadi. Ular faqatgina ma’lum bir tor spektral 

diapazonning  nurlanishlarini  yutadi  va  chiqaradi.  Qutblanmagan  simmetrik 

molekulyar  strukturalardan  tashkil  topgan O

2

, N


2

 

  kabi  va  boshqa ba’zi  bir gazlar 




210 

 

elektromagnit  to‘lqinlarini  faqatgina  past  haroratlarda  o‘tkazadi.  SO



2

,  N


2

O  va 


uglevodorod gazlari esa kengroq diapazonda to‘lqinlarni nurlatadi va yutadi. 

 

 



4.31- rasm. Nometall materiallar (A) va yaltiragan metallar (B) uchun 

nurlanishlarning yo‘nalganlik diagrammalari 

 

Infraqizil yorug‘lik gaz qatlamiga tushganda uning yutish qobiliyati 



Lambert-

Ber 

qonuniga bo‘ysunish bilan eksponenta bo‘yicha pasayadi: 

                                                      

 = 


                                                   (4.99) 

Bunda 


F

0

 

–  tushayotgan  issiqlik  oqimi, 



F

x

 

– 



chuqurlikdagi  oqim, 

  - 

spektral  yutish  koeffitsiyenti.  Bu  munosabat  ma’lum  bir  λ  to‘lqin  uzunligining  γ



λ 

monoxromatik  o‘tkazish  qobiliyati  (singdiruvchanligi)  deb  ham  ataladi.  Agar 

gazning  qaytarish  qobiliyati  nolga  teng  bo‘lsa,  uning  nurlatish  koeffitsiyenti 

quyidagi ko‘rinishda aniqlanadi: 

                                                   ε

λ 

= 1 - γ



λ 

= 1 - 


                                    (4.100) 

Shuni ta’kidlash lozimki, gazlar faqatgina tor spektral diapazonda nurlanishni 

yutishi sababli, nurlatish va o‘tkazish koeffitsiyentlari konkret to‘lqin uzunliklariga 

mos  keladi.  Masalan,  suv  bug‘i  1,4,  1,8  va  2,7  mkm  to‘lqin  uzunliklarida  yuqori 

yutish  koeffitsiyentiga  ega  bo‘ladi  va  1,6,  2,2  va  4  mkm  to‘lqin  uzunliklarida 

amalda shaffof bo‘lib hisoblanadi.  

Haroratni  kontaktsiz  o‘lchashda  infraqizil  datchikdan  foydalanishda 

obyektning  nurlatish  qobiliyatini  bilish  zarur  bo‘ladi.  Kontaktsiz  termometrni 

kalibrlash uchun yoki uning aniqligini tekshirish uchun laboratoriya etalon issiqlik 



211 

 

manbalaridan foydalanish zarur bo‘ladi. Bunday manbalar uchun ularning nurlatish 



qobiliyatini bilish kerak bo‘ladi, shuningdek ularning nurlatish koeffitsiyenti birga 

yaqin  bo‘lishi  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Bu  shartga  rioya  qilmaslik  signalning 

katta  chetlashishlariga  olib  keladi  ((4.93)  tenglama).  Bu  infraqizil  nurlanishlar 

oqimini  detektorlash  xatoligini  anchagina  oshirishi  mumkin.  Biroq,  taassufki, 

nurlatish  koeffitsiyenti  1  ga  teng  bo‘lgan  material  mavjud  emas.  Absolyut  qora 

jismni modellaydigan yuzani 



rezonatorlardan 

foydalanish bilan olish mumkin. 




Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish