B. A. Nazarbayeva



Download 7,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/288
Sana15.01.2022
Hajmi7,56 Mb.
#368689
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   288
Bog'liq
konstruksiyalashga kitob

4.7. Yorug‘lik tarqalishi 

 

Yorug‘lik  nurlanishi

  –  energiyaning  juda  samarali  formasi  bo‘lib,  uning 

o‘zgarishi  bo‘yicha  ko‘plab  tashqi  ta’sirlar:  masofa,  harakat,  harorat,  kimyoviy 

tarkib  va  hokazolar  to‘g‘risida  fikr  yuritish  mumkin.  Yorug‘lik  elektromagnitik 

tabiatga  ega.  Unga  kvantlar  yoki  elektromagnitik  to‘lqinlar  energiyasining 

tarqalishi  sifatida  qarash  mumkin.  Spektrning  turli  zonalariga  o‘zlarining  nomlari 

berilgan:  ulьtrabinafsha  nurlanish,  ko‘rinadigan  yorug‘lik,  uzoq,  o‘rta  va  yaqin 

infraqizil  nurlanishlar  diapazonlari,  mikroto‘lqinlar,  radioto‘lqinlar  va  hokazolar. 

“Yorug‘lik” so‘zi 0,1 ... 100 mkm diapazondagi to‘lqin uzunliklariga ega bo‘lgan 

elektromagnitik  nurlanishga  mos  keladi.  Ko‘rinadigan  diapazonning  eng  qisqa 

to‘lqin  uzunligidan  (binafsha)  kichik  uzunlikdagi  to‘lqin  uzunligi  bilan  nurlanish 

ulьtrabinafsha  nurlanish,  yorug‘likning  eng  katta  to‘lqin  uzunligidan  (qizil)  katta 

uzunlikdagi  to‘lqin  uzunligi  bilan  nurlanish  –  infraqizil  nurlanish  nomini  olgan. 

Infraqizil  diapazon  o‘z  navbatida  yana  uchta  tagdiapazon  –  yaqin  (0,9-1,5  mkm), 

o‘rta  (1,5-4  mkm)  va  uzoq  (4-100  mkm)  infraqizil  nurlanish  tagdiapazoniga 

ajratilgan. 




214 

 

Elektromagnitik  nurlanishlar  spektrining  turli  sohalari  fizikaning  turli 



bo‘limlarida o‘rganiladi. 4.33- rasmda eng qisqa to‘lqinlardan tortib (γ nurlar) eng 

uzun  to‘lqinlargacha  (radioto‘lqinlar)  butun  spektr  keltirilgan.  Mazkur  bo‘limda 

nurlanishning  asosan  elektromagnitik  spektrning  ko‘rinadigan  va  yaqin  infraqizil 

nurlanish sohalari uchun xarakterli bo‘lgan hususiyatlari qisqacha ko‘rib chiqiladi.        

Yorug‘likning  vakuumdagi  s

tezligi  to‘lqin  uzunligiga  bog‘liq  bo‘lmaydi  va        



μ

= 4π



10



Gn/m erkin kenglikning magnit doimiysi va uning ε

= 8,854



10

12 



F/m 

elektr doimiysi orqali ifodalanishi mumkin: 



                                  s



 = 

 = 

299, 7924587   1,1 m/s                          (4.104) 

Yorug‘lik  to‘lqinlarining  chastotasi  vakuumda  yoki  boshqa  har  qanday 

muhitda  ularning  to‘lqin  uzunligi  bilan  tenglama  bilan  bog‘lanadi,  uni  quyidagi 

ko‘rinishda ko‘chirib yozish mumkin: 

                                            v =                                                                       

(4.105) 


bunda 

c

 – yorug‘likning muhitdagi tezligi. 

Fotonning energiyasi uning chastotasiga bog‘liq bo‘ladi: 

                                             E = hv                                                                  

(4.106) 


Bunda 

h

 

= 6,63



10

34 



Dj  yoki 4,13 

 10



15   

eV  – Plank doimiysi deb ataladi. 



E

 

energiya elektron voltlarda (eV) o‘lchanadi: 1 eV = 1,602



10

19 



Dj. 

Ultrabinafsha  va  ko‘rinadigan  nurlanishning  fotonlari  etarlicha  katta 

energiyalarga  ega,  shu  sababli  ularni  detektorlash  qiyin  emas.  Biroq  to‘lqin 

uzunligi  spektrning  infraqizil  zonasiga  o‘tishi  bilan  fotonlarning  energiyasi 

kamayadi  (masalan,  yaqin  infraqizil  diapazondagi  fotonning  energiyasi  to‘lqin 

uzunligi  1  mkm  bo‘lganda  1,24  eV  ni  tashkil  qiladi),  bu  optik  kvant 

detektorlarining  ishini  anchagina  murakkablashtiradi.  To‘lqin  uzunligi  qanchalik 

oshsa, nurlanishning energiyasi shunchalik kuchli pasayadi. Odamning terisi 37

 

haroratda yaqin va uzoq infraqizil diapazonlarda fotonlarni nurlatadi, ular 0,13 eV 



atrofida  energiyaga  ega,  bu  qizil  yorug‘lik  energiyasidan  anchagina  kichik  va 


215 

 

ularni  aniqlash  qiyin  bo‘ladi.  Shu  sababli  kichik  quvvatli  nurlanishlar  kvant 



detektorlari bilan emas, issiqlik detektorlari bilan aniqlanadi. 

Elektromagnit 

to‘lqinlari 

(endi 


yorug‘likning 

kvant 


tavsiflaridan 

chetlashamiz)  qo‘shimcha  xususiyat  – 



qutblanishga 

(yanada  aniqroq  qilib 

aytadigan  bo‘lsak, 

tekislikda  qutblanishga

)  ega  bo‘ladi.  Bu  shuni  bildiradiki, 

o‘zgaruvchan elektr maydonining kuchlanganlik vektorlari to‘lqinning har qanday 

nuqtasida  bir-biriga  parallel  bo‘ladi.  Bunda  magnit  maydonining  vektorlari  ham 

bir-biriga  parallel  bo‘ladi,  biroq  ushbu  holatda  elektr  qutblanishi  bizni  ko‘proq 

qiziqtiradi,  chunki  elektromagnit  nurlanish  detektorlari  ko‘pincha  elektrr 

maydonlarining  o‘zgarishlariga  ko‘proq  sezuvchan  bo‘ladi.  Unda  to‘lqinlar 

x

  o‘q 


yo‘nalishida  ko‘chadi.  Bunday  holda  to‘lqin 

u

  o‘q  yo‘nalishida  qutblangan 

deyiladi,  chunki  elektr  maydonining  vektorlari  aynan  shu  o‘qqa  parallel  bo‘ladi. 

To‘lqinning  tarqalish  yo‘nalishi  (



x

  o‘q)  va  qutblanish  yo‘nalishi  (



  o‘q)  bilan 

belgilanadigan  tekislik 

tebranishlar  tekisligi 

deb  ataladi.  Qutblngan  yorug‘likda 

maydonning vektorlari uchun boshqa yo‘nalishlar bo‘lmaydi.  

4.33B-rasmda  ihtiyoriy  qutblanishga  ega  bo‘lgan  yorug‘lik  ko‘rsatilgan, 

uning manbai yoki quyosh, yoki turli cho‘g‘lanma lampalar bo‘lishi mumkin, biroq 

lazer  nuri  qat’iy  qutblangan  bo‘lib  hisoblanadi.  Agar  qutblanmagan  yorug‘lik 

qutblaydigan  filtrga  yo‘naltirilsa,  u  orqali  hamma  to‘lqinlar  ham  o‘tmaydi  va 

chiqishda  4.33B-rasmda  ko‘rsatilgan  elektr  maydoni  olinadi.  Qutblaydigan  filtr 

to‘lqinlarning  faqatgina  ularning  elektr  maydonining  vektorlari  filtrning qaratilish 

yo‘nalishiga  parallel  tebranadigan  tarkibiy  qismlarini  o‘tkazadi  va  ularning 

tebranish  tekisligi  bu  yo‘nalishga  burchak  ostida  qaratilgan  tarkibiy  qismlarini 

yutadi.  Filtr  orqali  o‘tadigan  yorug‘lik  filtrning  qaratilishi  bilan  mos  tushadigan 

qutblanishga  ega  bo‘ladi.  Filtrning  qutblash  yo‘nalishi  uni  tayyorlash  jarayonida 

beriladi.  Buning  uchun  qayishqoq  plastmassa  listlarga  ma’lum  bir  uzun  zanjirli 

molekulalar  kiritiladi  va  ular  cho‘zilishga  tortiladi,  buning  natijasida  molekulalar 

bir-biriga  parallel  tarzda  saflanadi.  Qutblaydigan  filtrlardan  suyuq  kristalli 

matritsalar va ko‘pgina optik datchiklarda ko‘proq keng foydalaniladi.  



216 

 

 



 

 

4.33- rasm. A – tarqalayotgan elektromagnit to‘lqini magnit maydoni va elektr 



maydonining vektorlari bilan; B – 

x

 o‘q bo‘ylab kuzatiladigan qutblanmagan elektr 

maydoni; D – vertikal qutblangan elektr maydoni 

 


Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish