hisoblanadi. buning uchun oraliq agent (suyuqlik yoki gaz) talab qilinadi, u issiq
obyektdan issiqlikni oladi, uni sovuq obyektgacha eltadi, issiqlik energiyasini
sovuq obyektga beradi va shundan keyin yangi issiqlik porsiyasi uchun issiq
harakatlanuvchi agentga yoki harakatlanuvchi agentning ichida issiqlik uzatilishi
konveksiya deb ataladi. Konveksiya tabiiy (og‘irlik kuchlarining ta’siri ostida)
yoki sun’iy (mexanik yo‘l bilan amalga oshiriladigan) bo‘lishi mumkin. Havoning
tabiiy konveksiyasida uning molekulalariga ikkita kuch – og‘irlik kuchi va
itaruvchi kuch ta’sir ko‘rsatadi. Issiq havo o‘zi bilan issiq yuzalardan issiqlikni olib
ketish bilan yuqoriga ko‘tariladi. Sovuqroq havo pastga, issiq obyektlarga qarab
tushadi. Havoning sun’iy konveksiyasi fen yoki ventilyator yordamida amalga
oshiriladi. U ham qurilmaning ichida haroratning talab qilinadigan darajasini
201
ushlab turish uchun suyuqlikli termostatlarda tashkil qilinadi. Konveksiya usuli
bilan issiqlik uzatilishining samaradorligi oraliq agentning harakatlanish tezligi,
harorat gradienti, obyekt yuzasining maydoni va qurshab turuvchi muhitning
issiqlik hususiyatlari bilan belgilanadi. Uning harorati tashqi haroratdan farq
qiladigan obyekt issiqlikni oladi yoki beradi, buni issiqlik o‘tkazuvchanlik
mexanizmi bo‘yicha issiqlik uzatilishining ifodasiga o‘xshash bo‘lgan tenglama
yordamida tasvirlash mumkin:
N = aA (T
1
– T
2
)
(4.83)
Bunda
a
– oquvchi muhitning (suyuqlik yoki gaz) solishtirma issiqlik sig‘imi,
uning yopishqoqligi va harakatlanish tezligi bilan belgilanadigan konveksiya
koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent faqatgina og‘irlik kuchiga bog‘liq bo‘lib
qolmasdan, harorat gradientiga ham bog‘liq bo‘ladi. Havoda gorizontal joylashgan
plastinka uchun
a
ning qiymatini quyidagi formula yordamida baholash mumkin:
a =
2,49
,
(4.84)
Vertikal joylashgan plastinka uchun esa formula quyidagi ko‘rinishni oladi:
a =
1,77
,
(4.85)
Shuni qayd qilish lozimki, bu ifodalar plastinkaning faqat bir tomoni uchun
yaroqli bo‘ladi, bu erda plastinka o‘zida cheksiz issiqlik manbaining (ya’ni uning
harorati issiqlik yo‘qolishiga bog‘liq bo‘lmaydigan) yuzasini taqdim qiladi,
qurshab turuvchi muhit esa doimiy haroratga ega deb faraz qilinadi. Agar havoning
hajmi kichik bo‘lsa, masalan, turlicha haroratga ega bo‘lgan ikkita plastinkaning
orasidagi havo tiroqishi kichik bo‘lsa, gaz molekulalarining harakati juda
cheklangan bo‘lib qoladi, shunda issiqlikning konvektiv uzatilishini hisobga
olmaslik mumkin bo‘ladi. Bunday holda issiqlik uzatilishi havoning issiqlik
o‘tkazuvchanligi va nurlanish orqali sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: