P
=
P
xx
+
P
yy
+
P
zz
(4.25)
Bunda
x,y
va
z –
kristallning o‘qlari bilan birlashtirilgan odatdagi ortogonal
tizimning koordinata o‘qlari. Bu ifodadagi qo‘shiluvchilar quyidagicha aniqlanadi
(yanada to‘liqroq formulalar siljish kuchlanishi va mos keluvchi
d-
koeffitsiyentlarni ham o‘z ichiga oladi):
P
xx
= d
11
σ
xx
+ d
12
σ
yy
+ d
13
σ
zz
P
yy
= d
21
σ
xx
+ d
22
σ
yy
+ d
23
σ
zz
(4.26)
P
zz
= d
31
σ
xx
+ d
32
σ
yy
+ d
33
σ
zz
Bunda σ – o‘q kuchlanishi,
d
mn
–
kristall qirqimlarning ortogonal o‘qlari
bo‘yicha doimiy pyezoelektrik koeffitsiyentlar. Bu koeffitsietlar Kulon/Nyuton,
ya’ni kuch birligiga to‘g‘ri keladigan bittalik zaryad o‘lchamliligiga ega.
154
4.8 -rasm. Qutblangan kristallga kiritilgan elektrodlar yordamida shallantirilgan
pyezoelektrik datchik
Hisoblashlar qulay bo‘lishi uchun ikkita qo‘shimcha birlik kiritilgan. Ulardan
birinchisi g-koeffitsiyent deb ataladi va mos keluvchi pyezoelektrik konstanta bilan
absolyut dielektrik doimiysining nisbati sifatida aniqlanadi:
g
mn
=
(4.27)
Bu koeffitsiyent kristallda qo‘yilgan bosimning har bir birligiga to‘g‘ri
keladigan kuchlanish gradiyentini ko‘rsatadi.
Boshqa
h
koeffitsiyent o‘zida g-koeffitsiyentning kristallning har bir o‘qi
uchun mos keluvchi Yung moduliga ko‘paytmasini taqdim qiladi.
Pyezoelektrik kristallar mexanik energiyani elektr energiyasiga to‘g‘ridan
to‘g‘ri
qayta
shakllantirgichlar
bo‘lib
hisoblanadi.
bunday
qayta
shakllantirgichning samaradorligini
k
mn
bog‘lanish koeffitsiyenti
deb ataladigan
koeffitsiyent orqali ifodalash mumkin:
k
mn
=
(4.28)
155
Bu koeffitsiyentlar energiyani uzatishning yuqori samaradorligini ta’minlash
zarur bo‘lgan hollarda, masalan, akustik va ultratovush datchiklarida juda muhim
tavsiflar bo‘lib hisoblanadi.
Pyezoelektrik kristallning yuzasida generatsiyalanadigan zaryadning kattaligi,
masalan,
x
o‘q yo‘nalishida qo‘yilgan kuchga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi:
Q
x
=
(4.29)
Kristall unga kiritilgan elektrodlar bilan birgalikda o‘zida
S
sig‘imga ega
bo‘lgan kondensatorni taqdim qiladi. Bu kondensatordagi kuchlanish quyidagi
ifoda bilan aniqlanadi:
V = =
F
O‘z navbatida, sig‘imni
a
elektrod yuzasining maydoni va kristallning
qalinligi orqali ifodalash mumkin (bu yerda kristallning o‘zining emas, balki
elektrodlarning maydoni hisobga olinadi, chunki pyezoinduksiyalangan zaryad
faqatgina ularda to‘planadi):
C = k
(4.30)
Bunda
- elektr doimiysi,
k
– dielektrik singdiruvchanlik. Shunda
kuchlanish uchun ifoda quyidagi ko‘rinishni oladi:
V =
F
x
=
F
x
(4.31)
Titanatsirkonat qo‘rg‘oshindan keramik pyezodatchiklarni (PZT) tayyorlash
juda yuqori soflikka ega bo‘lgan metall oksidlari kukunlarini (qo‘rg‘oshin oksidi,
sirkoniy oksidi, titan oksidi va boshqalar) tayyorlashdan boshlanadi. Kukunlar
talab qilinadigan holatgacha maydalanadi va qat’iy belgilangan kimyoviy
proporsiyada obdon aralashtiriladi. Yetarlicha yuqori haroratda o‘tadigan toblash
jarayonida olingan aralashmaning tarkibiy qismlari bir-biri bilan reaksiyaga
kirishadi va har bir doni kimyoviy tarkibi bo‘yicha talab qilinadigan
kompozitsiyaga yaqin bo‘lgan kukunni hosil qiladi. Bu bosqichda kukunlar hali
zaruriy kristall strukturaga ega bo‘lmaydi.
156
Keyingi texnologik bosqich – toblangan kukunni qattiq va/yoki suyuq organik
bog‘lovchi materiallar bilan (kuydirish jarayonida kuyib ketishi lozim bo‘lgan)
aralashtirish va olingan aralashmadan formasi bo‘yicha yasaladigan sensorli
elementga yaqin bo‘lgan strukturani qurishdan iborat bo‘ladi. Buning uchun bir
nechta uslublar ishlab chiqilgan. Ulardan ba’zi birlarini sanab o‘tamiz: gidravlik
press yordamida presslash, quyish (yopishqoq suyuqliklarni maxsus qoliplarga
quyish va qotirish), maxsus qoliplar orqali bosish va yupqa listlarni olish uchun
ikkita valik orqali prokatlash (yoyish) va lentali quyish (harakatlanuvchi silliq
lentaga yopishqoq aralashmalarni surkash).
Shundan keyin shakllantirilgan struktura kuydirish uchun pechga
joylashtiriladi, kuydirishda harorat qattiq nazorat qilinadi. Bu protsedura natijasida
barcha organik bog‘lovchi tarkibiy qismlar kuyib ketadi, hajm esa taxminan 15%
ga kamayadi. So‘ngra material qizil cho‘g‘lanish haroratigacha qizdiriladi va
ushlab turish davri deb ataladigan ma’lum bir vaqt davomida shu holatda ushlab
turiladi, bu paytda yakuniy kimyoviy reaksiyalar bo‘lib o‘tadi. Material
sovutilgandan keyin kristall struktura shakllangan deb hisoblanadi. materialning
tipiga bog‘liq ravishda issiqlik bilan to‘liq ishlov berish vaqti 24 soatgacha davom
etishi mumkin. So‘ngra olingan strukturaning yuzasiga kontaktli elektrodlarni
kiritish zarur bo‘ladi. Buni bir nechta usulda bajarish mumkin. Quyidagilar eng
keng tarqalgan usullar bo‘lib hisoblanadi: takroriy kuydirish bilan kumush va
shisha aralashmasi yordamida trafaretli bosish, kimyoviy qayta tiklash uslubi bilan
maxsus reaktorlarda qoplamalar surkash, changlash (past vakuum sharoitlarida
metall bug‘lari bilan ishlov berish).
Materialning kristallitlariga (elementar kristall yacheykalarga) elektr dipollari
sifatida qarash mumkin. Ba’zi bir materiallarda, masalan kvarsda bunday
yacheykalar odatda kristallning o‘qi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi, shu sababli
bunday strukturalar mexanik kuchlanishlarga nisbatan etarlicha yuqori sezgirlikka
ega bo‘ladi. Boshqa bir materiallarda dipollar ixtiyoriy tartibda joylashgan bo‘ladi,
va bunday strukturalar o‘zlarining pyezoelektrik xususiyatlarini namoyon qilishi
uchun ularni oldindan qutblash zarur bo‘ladi. Qutblashning bir nechta
157
texnologiyalari mavjud. Ulardan eng keng tarqalgani issiqlik bilan qutblash bo‘lib
hisoblanadi, u quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1.
Unda dipollar ixtiyoriy joylashishga ega bo‘lgan kristall material (keramik
yoki polimer plenka) Kyuri nuqtasidan oshmaydigan haroratgacha asta-sekin
qizdiriladi. Ba’zi bir tipdagi materiallarni, masalan, polivinilidin ftoridni
kuchlangan holatga keltirish zarur bo‘ladi. Yuqori harorat dipollarni qo‘zg‘atadi,
bu ularni talab qilinadigan yo‘nalishga nisbatan oson qaratishga yorlam beradi.
2.
Materiallar ularda dipollar kuch chiziqlari bo‘ylab saflanadigan kuchli
E
elektr maydoniga joylashtiriladi (4.9B rasm). Bunda to‘liq tekislanish sodir
bo‘lmaydi va ko‘pgina dipollar maydon yo‘nalishidan og‘adi. Biroq dipollarning
statistik ustivor bo‘lgan bir xil qaratilishi qaror topadi.
3.
Material unga bir paytning o‘zida elektr maydoni ta’sir ko‘rsatishi bilan
sovutiladi.
4.
Material talab qilinadigan haroratgacha sovutilgandan keyin elektr maydoni
bartaraf qilinadi, va qutblash jarayoni tugagan deb hisoblanadi. mateiral Kyuri
haroratidan past haroratda bo‘lgan paytda u o‘zining qutblanish xususiyatlarini
saqlab turadi. Dipollar dielektrik maydonda yuqori haroratda olingan qaratilishini
ushlab turadi.
4.9 - rasm. Pyezoelektrik va piroelektrik materiallari issiqlik bilan qutblash
Tojli razryad uslubi boshqa bir qutblash uslubi bo‘lib hisoblanadi, u polimer
pyezoelektriklar va piroelektriklarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Polimer plenka
tojli razryad ta’siriga tortiladi. Razryadning kattaligi plenkaning bir santimetr
qalinligiga bir necha million voltgacha etadi, uning ta’siri esa 40-50 sekund davom
158
etadi. Bu qutblashning etarlicha oddiy usuli bo‘lib hisoblanadi, uni xona haroratida
o‘tkazish mumkin.
Sezgir elementni tayyorlashda oxirgi operatsiyalar unga talab qilinadigan
shaklni berish va tozalash ishlovi berish bo‘lib hisoblanadi, ular qirqish, mexanik
ishlov berish va silliqlashni o‘z ichiga oladi. Oxirgi ishlov berish protseduralari
tugagandan keyin sezgir pyezo (piro) element datchikning korpusiga kiritiladi,
uning elektrodlari elektr simlari va boshqa elektron tarkibiy qismlar bilan
tutashtiriladi.
Qutblanishdan keyin kristallar doimiy qutblangan bo‘lib qoladi, biroq elektr
zaryadlangan bo‘lib nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida qoladi. Bu shu bilan
izohlanadiki, qurshab turuvchi muhitda ko‘plab zaryadlangan ionlar mavjud
bo‘ladi, shuningdek materialning o‘zining ichida ham etarlicha miqdorda erkin
zaryad eltuvchilar mavjud bo‘ladi, ular elektr maydoni ta’siri ostida harakatlanishi
mumkin va bu erkin zaryadlar dipollarning mos keluvchi uchlariga yaqinlashish
bilan ularni neytrallaydi (4.9B- rasm). Shu sababli qutblangan pyezomaterial tezda
razryadlangan bo‘lib qoladi va statsionar sharoitlarda qoladigan butun vaqt
davomida shu holatini saqlab turadi. Biroq materialga mexanik kuchlanish
qo‘yilishi bilanoq, yoki unga shamol puflanganda, muvozanat holati buziladi va
pyezoelektrik yuzasida elektr zaryadi paydo bo‘ladi. Agar mexanik kuchlanish
qandaydir-bir vaqt davomida ushlab turilsa, materialda zaryadlar ichki sizishlar
hisobiga yana neytrallanadi. Shunday qilib, shunday xulosaga kelish mumkinki,
pyezoelektrik sensorlar tenzozo‘riqishlarning doimiy darajasiga nisbatan emas,
balki faqatgina ularning o‘zgarishiga nisbatan sezgir bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha
qilib aytganda, pyezoelektrik datchiklar – bu doimiy tok emas, o‘zgaruvchan tok
qurilmalaridir.
Pyezoelektriklarning yo‘naltirilgan sezgirligi (
d-
koeffitsiyentlar) haroratga
bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi bir materiallar uchun (masalan kvars) harorat ortishi bilan
sezgirlik 0,016%/
tezlik bilan pasayadi. Plenkalar va keramika kabi boshqa
pyezoelektriklar uchun 40
gacha bo‘lgan haroratlarda
d-
koeffitsiyentlar
kamayadi, yuqoriroq haroratlarda esa – ortadi. Hozirgi kunda turli tipdagi
159
keramikalar pyezoelektrik datchiklarni tayyorlash uchun eng keng tarqalgan
materiallar bo‘lib hisoblanadi. Eng birinchi ferroelektrik keramik materiallardan
biri bariy titanati bo‘lgan, u polikristall strukturaga ega, uning kimyoviy formulasi
BaTiO
3
. Qutblanishning barqarorligi dipollarning koersitiv kuchlarining ta’siri
hisobiga ta’minlnadi. Ba’zi bir materiallarda vaqt o‘tishi bilan qutblanishning
kamayishi sodir bo‘ladi. Bu effektni pasaytirish uchun aosiy materialga
qo‘shimchalar kiritiladi, ularning maqsadi dipollarni ma’lum bir holatda “qulflab
qo‘yish” dan iborat bo‘ladi. Pyezoelektrik konstanta ham, materialning dielektrik
singdiruvchanligi ham ishchi haroratga bog‘liq bo‘ladi. Bu kattaliklar (4.31)
formulaga – biri suratga, boshqasi maxrajga kirishi sababli, ularning o‘zgarishi
o‘zaro bir-birini yo‘q qiladi, bu keng haroratlar diapazonida
V
chiqish kuchlanishi
barqarorligining ortishiga olib keladi.
Pyezoelektrik elementlardan yoki monokristall formasida, yoki unda alohida
plastinkalar ularning orasiga joylashtirilgan elektrodlar yordamida tutashtirilgan
ko‘p qatlamli struktura ko‘rinishida foydalanilishi mumkin. 4.10-rasmda ikki
qatlamli kuch datchigi ko‘rsatilgan. Bu datchikka tashqi kuch qo‘yilganda uning
qismlaridan biri kengayadi, boshqasi esa siqiladi, bu chiqish signalining ikki
baravar kuchayishiga olib keladi. Qo‘shaloq sensorlar yoki 4.11A-rasmda
ko‘rsatilganidek parallel qilib, yoki 4.11D - rasmda ko‘rsatilganidek ketma-ket
ulanishi mumkin. Pyezoelektrik datchikning ekvivalent elektr sxemasi o‘zida
r
sizish qarshiligi,
S
sig‘im va mexanik kuchlanish bilan induksiyalangan
i
tok
manbaining parallel ulanishini taqdim qiladi. Qatlamlarni tutashtirish tipiga bog‘liq
ravishda qo‘shaloq datchiklarning ekvivalent sxemalari 4.11B va 4.11E- rasmlarga
mos keladi. Qarshilik, qoidaga ko‘ra, juda katta bo‘ladi (10
12
– 10
14
Ώ atrofida). Bu
datchik o‘ta yuqori chiqish impedansiga ega bo‘lishini bildiradi. Shu sababli
keyingi elektr zanjirlari bilan muvofiqlashtirish uchun o‘zlarida zaryad/tokni
kuchlanishga qayta shakllantirishni taqdim qiladigan maxsus interfeyslardan, yoki
yuqori kirish qarshiligiga ega bo‘lgan kuchlanishni kuchaytirgichlardan
foydalanish zarur bo‘ladi.
160
4.10- rasm. Ikki qatlamli pyezoelektrik datchik
4.11-rasm. Pyezoelektrik datchikda qatlamlarning parallel (A) va ketma-ket (B)
ulanishi va ularning mos keluvchi ekvivalent sxemalari (D va E)
Do'stlaringiz bilan baham: |