kuchlanishlar qo‘yilganda unda elektr zaryadari hosil bo‘lishidan iborat bo‘ladi. Bu
Aytishlaricha, pyezoelektrik materiallar ferroelektrik xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Kyurilar kvarsda pyezoelektrik effektni 1880 yilda kashf qilganlar, biroq bu
kashfiyot uzoq vaqt deyarli hech qanday qo‘llanilishga ega bo‘lmagan. Faqat 1917
152
suvda tovush to‘lqinlarini qo‘zg‘atish va detektorlash uchun foydalangan. Uning
kashfiyoti gidrolokatorning yaratilishiga olib kelgan.
1927 yilda A. Meysner pyezoelektrik effektni tushuntirish uchun
soddalashtirilgan modelni taklif qilgan. Bu modelda kvars kristalli Si atomlari va
juftlashgan O
2
atomlaridan tashkil topgan elementar yacheykalar ko‘rinishida
taqdim qilingan. Kvars kristalli
x
,
y
va
z
o‘qlar bo‘ylab qirqimlarga ega. 4.7-
rasmda
z
o‘q bo‘ylab ko‘ndalang kesim ko‘rsatilgan. Elementar monokristall
yacheykaga uchta kremniy atomi va oltita kislorod atomi kiradi. Har bir kremniy
atomi to‘rttadan musbat zaryadga ega, kislorod atomlarining har bir juftligi esa –
to‘rttadan manfiy zaryadga ega (har bir atomga ikkitadan). Shu sababli mexanik
kuchlanishlar qo‘yilmaganda kvars yacheykasi elektr jihatidan neytral bo‘lib
hisoblanadi.
x
o‘q bo‘ylab
G‘
x
tashqi kuch qo‘yilganda kristall panjara
deformatsiyalanadi. Oldingi mavzuda bosuvchi kuch qanday qilib kristallning
atomlarini shunday siljitishi ko‘rsatilgandi, bunda kremniyning musbat atomi
panjaraning bir tomoniga ko‘chadi, kislorod atomlarining manfiy zaryalangan
juftligi esa – panjaraning boshqa tomoniga ko‘chadi. Natijada
u
o‘q bo‘ylab
zaryadlarning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Agar kristall
x
o‘q bo‘ylab cho‘zilsa
(4.7D- rasm), cho‘zish deformatsiyasi natijasida zaryadlar
u
o‘q bo‘ylab qarama-
qarshi yo‘nalishda qayta taqsimlanadi. Bu soddalashtirilgan model kristall
materialning yuzasida qo‘yilgan mexanik ta’sirga javob tariqasida qanday qilib
elektr zaryadlari hosil bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bunday tushuntirishni
xuddi shu bo‘limda tasvirlangan piroelektrik effektga ham berish mumkin.
Elektr zaryadlarini kristallga to‘plash uchun qirqimning qarama-qarshi
tomonlariga elektrodlar mahkamlanadi (4.8-rasm). Shu tariqa qurilgan
pyezoelektrik datchikni kondensator deb hisoblash mumkin, unda dielektrik
sifatida elektrodlarda
V
elektr kuchlanishi paydo bo‘lishiga olib keladigan elektr
zaryadlari generatori sifatida ishlaydigan kristallning o‘zi chiqadi. Garchi zaryad
faqatgina kuch qo‘yilgan joylarda shakllansada, metall elektrodlar kondensatorni
tanlanmalikdan mahrum qilish bilan zaryadlarni o‘zlarining butun yuzasi bo‘ylab
tekislaydi, biroq, agar elektrodlarning formasi murakkablashtirilsa, konkret
153
elektrodlarning signallarini detektorlash bilan tashqi kuch qo‘yilgan joyni aniq
topish mumkin.
4.7-rasm. Kvars kristallining pyezoelektrik effekti
Pyezoelektrik effekt qaytar fizikaviy jarayon bo‘lib hisoblanadi. bu shuni
bildiradiki, kristallga qo‘yilgan elektr kuchlanishi mexanik deformatsiya paydo
bo‘lishiga olib keladi. Agar kristallga bir nechta elektrodlar joylashtirilsa va
ulardan bir juftiga kuchlanish berilsa, qolgan elektrodlar juftliklarida vujudga
kelgan deformatsiya natijasida shakllangan zaryadlar to‘planadi. Bunday usuldan
pyezoelektrik qayta shakllantirgichlarning har xil tiplarida keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: