Nurlanish normalari
Radioaktiv izotoplar bilan ish bajariladigan ish joylarida, bu korxonalarda
toʻgʻridan-toʻgʻri shu izotoplar bilan ishlayotganlardan tashqari, qoʻshni yaqin
xonalarda boshqa ishlar bilan shugʻullanayotganlar, shuningdek ish joylari
joylashgan zonada yashovchilar ham birmuncha radioaktiv nurlanishlar ta’siriga
tushib qolishlarini hisobga olish kerak.
137
Ishchilarni va boshqa ishlar bilan radioaktiv zonalarda shugʻullanayotgan va
yashayotgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositalari: xavfsiz
oraliq masofalari bilan ta’minlash, nurlanish vaqtini kamaytirish, umumiy
muhofaza vositalari va shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda amalga
oshiriladi. Bunda radioaktiv nurlanishlar miqdorini oʻlchash asboblaridan
foydalanib nurlanish dozasini bilish muhim ahamiyatga ega.
Ionlashtirilgan nurlanishlardan ishchilarni saqlash qoida va normalari va
qoʻllaniladigan himoya vositalari juda xilma-xildir.
Asosiy normalovchi hujjat sifatida: “Radioaktiv xavfsizlik normalari (NRB-
76)”. “Radioaktiv moddalar va boshqa ionlashgan nurlanish manbalari bilan
ishlovchilar uchun asosiy sanitariya qoidalari” (OSP-72); GOST 12.2.018-76
“SSBT. Rentgen qurilmalari. Xavfsizlikning umumiy talablari”; GOST 17.4.001-
75 “SSBT. Ishchilarni muhofaza qilish vositalari. Klasslari”dan foydalaniladi.
Joriy qilingan normalar boʻyicha nurlanishning yoʻl qoʻyiladigan dozasi
(YQD), shuningdek ishlovchi uchun bir yillik nurlanish darajasi 50 yil davomida
organizmda yigʻilgan taqdirda uning sogʻligʻi va avlodlari sogʻligʻiga zarar
yetmaydigan miqdorlari belgilangan.
Radioaktiv nurlanishlar kishi organizmining hammasiga birdan ta’sir
koʻrsatmasdan ba’zi bir organ va hujayralarini koʻproq zararlashi aniqlangan.
Shuning uchun ham nurlanishning umumiy dozasi emas, balki organizmning qaysi
qismida radioaktiv nurlanuvchi moddalar yigʻilganligini hisobga olinadi.
Chunki bu yigʻilgan qismlardagi radioaktiv moddalar butun organizm
falokatini ta’minlashi mumkin. Shuning uchun radioaktiv nurlanishlar xavfsizlik
normalari NRB-76 boʻyicha, yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan dozalari (YQD) ichki
va tashqi nurlanishlar boʻyicha belgilanganda, nurlanuvchilar kategoriyasi va
xavfli organlar hisobga olinadi.
A - kategoriyasi: ionli nurlanishlar manbalarida mehnat qilganliklari sababli,
nurlanish ta’siriga duchor boʻlishi mumkin boʻlgan shaxslar.
138
B - kategoriyasi: nurlanishlar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonasi
joylashgan joyda, yoki unga yaqin zonalarda yashovchi shaxslar.
V - kategoriyasi: mamlakatning hamma aholi yashash punktlari.
Ichki va tashqi nurlanishlar uchun yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan doza
(YQD) inson organizmining muhim qismlarini 3 guruhga boʻlish bilan belgilanadi.
I - butun tana, qizil suyak iligi;
II - muskullar, qalqonsimon bez, yogʻ toʻplovchi hujayralar, jigar, buyrak,
taloq, ovqat hazm qilish organlari, oʻpka, koʻz qora chigʻi va boshqalar.
III - suyak toʻqimalari, qoʻl terisi, yelka, boldir va tovonlar.
A kategoriyasiga kiradigan ishchilarning muhim xavfli organlarining ichki va
tashqi nurlanishda yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan dozasi 6.1-jadvalda keltirilgan.
6.1-jadval
Xavfli organlar va hujayralar
guruhi
Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan doza (ber)
1 kvartalda
1 yilda
I
3
5
II
8
15
III
15
30
6.2-jadval
Nurlanish ta’siridagi kishilar
kategoriyalari
Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan doza (yiliga ber
hisobida, xavfli organlar guruhlari uchun)
I
II
III
A
5
15
30
B
0,5
1,5
3
Har qanday holatda ham 30 yil davomida yigʻilgan doza yoʻl qoʻyish mumkin
boʻlgan dozadan 12 martadan katta boʻlmasligi kerak.
Nurlanishning yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan dozasi A kategoriyasidagi
ishchilar 1 kategoriya organlari uchun quyidagi formula bilan aniqlanadigan
dozadan ortib ketmasligi kerak.
D < 5 (N - 18)
bunda: D - doza; N - ishchining yoshi, yil.
139
Ishchilarning ichki nurlanishlarini kamaytirish uchun radioaktiv moddalarni
ochiq holatda ishlatishga yoʻl qoʻymaslik, odam ichki organlariga tushib
qolmasligini ta’minlash, xonadagi havo muhitiga tushmasligini, shuningdek
radioaktiv moddalar bilan qoʻl, kiyim va xonadagi jihozlar yuzasini zararlanishdan
saqlash kerak. Ochiq holda ishlatilganda ichdan nurlantirish xavfi boʻlgan
radioaktiv moddalar besh guruhga boʻlinadi.
A - nihoyatda yuqori nurlanish aktivligiga ega boʻlgan izotoplar.
B - yuqori nurlanish aktivligiga ega boʻlgan izotoplar.
V - oʻrtacha nurlanish aktivligiga ega boʻlgan izotoplar.
G - kichik nurlanish aktivligiga ega boʻlgan izotoplar.
D - nurlanish aktivligi juda kam boʻlgan izotoplar.
Radioaktiv moddalar bilan ochiq holda ishlaganda ularning zararli nurlanish
aktivligiga qarab uch klassga boʻlinadi. Zararli nurlanish aktivligi boʻyicha III
klassga mansub moddalar bilan kimyo laboratoriyalarida ishlash mumkin. I va II
klass moddalar bilan asa, maxsus jihozlangan va ma’lum sanitariya-gigiyena va
texnik talabga javob beradigan xonalarda ish olib borish tavsiya etiladi. III klass
moddalarni ishlatganda ba’zi bir yengil operatsiyalarni ish stolida, asosan esa
maxsus shamollatiladigan shkaflarda bajariladi. I va II klass radioaktiv moddalar
bilan ishlash asosan shamollatiladigan shkaflarda yoki maxsus bokslarda amalga
oshiriladi.
Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, radioaktiv modda zarralari ish
joylarini, odamning qoʻllari va boshqa ochiq tana qismlariga oʻtirib qolishi, havo
muhitiga oʻtib qolishi va u yerda radioaktiv nurlanish manbalari hosil qilishi
mumkin. Shuningdek bu radioaktiv changsimon moddalar nafas yoʻllari yoki teri
orqali organizm ichki organlariga kirib qolishi mumkin.
Terining nurlanish dozasini katta aniqlik bilan hisoblash imkoniyatlari bor.
Buning uchun ish bajarilayotgan zonaning zararlanish darajasi aniqlanadi. Bunda
ishlatilayotgan moddaning aktivligi va zararlangan yuzaning kattaligi hisobga
olinadi.
140
Ichdan nurlanish dozasini hisoblash ancha qiyin, chunki u bir qancha
omillarga bogʻliq. Teri, shaxsiy muhofaza aslahalari va xonalar ishchi yuzalarining
yoʻl qoʻyiladigan zararlanish darajasi aniqlanmaydi. Bular radioaktiv moddalar
bilan ishlashda orttirilgan tajribalarga asoslangan sanitariya qoidalarida
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |