Оliy vа oʻrtа mахsus ta’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа


Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta’siri



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/77
Sana15.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#368583
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
Bog'liq
hayot faoliyati xafvsizligi va mehnat muhofazasi fanidan mustaqil ish bajar

Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta’siri 
 
Radioaktiv  moddalar  ma’lum  xususiy  xossalarga  ega  boʻlib,  inson 
organizmiga ta’sir qilishi natijasida xavfli vaziyat vujudga kelishi mumkin. 
Radioaktiv  moddalarning  eng  xavfli  tomoni  shundaki,  uning  ta’siri  inson 
organizmidagi sezish organlari tomonidan sezilmaydi. 
Inson  radioaktiv  nurlar  ta’sirida  uzoq  vaqt  ishlashiga  qaramasdan  ularning 
zararli ta’sirlarini mutlaqo sezmasligi mumkin. Bu esa insonni mehnatni muhofaza 
qilish  qoidalariga  befarq  qarashga  olib  keladi;  natijasi  esa  ayanchli  tugaydi. 
Shuning uchun ham radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, ayniqsa, oʻta ehtiyotkor 
boʻlish kerak. 
Inson  organizmining  radioaktiv  nurlanishi  ichki  va  tashqi  boʻlishi  mumkin. 
Tashqi tomondan nurlanish ma’lum tashqi nurlanuvchi manba ta’sirida kechganligi 
sababli,  tarqalayotgan  nurlarning  kirib  borish  kuchi  katta  ahamiyatga  ega.  Kirib 
borish kuchi katta boʻlgan nurlarning organizmga zarari ham kuchliroq boʻladi. 
Ichki  nurlanish  nur  tarqatuvchi  moddalar  inson  organizmining  ichki 
sistemalariga,  masalan,  yemirilgan  teri  qatlamlari  orqali  qonga,  nafas  olish 
organlari,  oʻpkaga  va  shilimshiq  moddaga,  ovqat  hazm  qilish  organlariga  tushib 
qolgan taqdirda roʻy beradi.  
Bunda  nurlanish  nur  tarqatuvchi  modda  qancha  vaqt  nurlansa  yoki  qancha 
vaqt  davomida  organizmda  saqlansa,  shuncha  vaqt  davom  etadi.  Shuning  uchun 
ham radioaktiv moddalarning katta parchalanish davriga va kuchli nurlanishga ega 
boʻlgan moddalar ayniqsa xavfli hisoblanadi. 
Radioaktiv  nurlanishlarning  biologik  ta’siri  organizmdagi  atom  va 
molekulalarning  ionlanishi  sifatida  xarakterlanadi  va  bu  oʻz  navbatida  har  xil 
kimyoviy  birikmalar  strukturalarining  oʻzgarishiga  va  normal  molekulyar 
birikmalarda uzilishlar boʻlishiga olib keladi. Bu oʻz navbatida tirik hujayralardagi 
modda  almashinuvining  buzilishiga  va  organizmda  biokimyoviy  jarayonlarning 
ishdan chiqishiga sabab boʻladi. Katta kuchdagi nurlanish ta’siri uzoq vaqt davom 


136 
 
etsa,  ba’zi  bir  hujayralarning  halokati  kuzatiladi  va  bu  oʻz  navbatida  ayrim 
organlarning,  hattoki  butun  organizmning  halokati  bilan  tugaydi.  Radioaktiv 
nurlanishlar  ta’sirida  organizmning  umumiy  qon  aylanish  sistemasining  buzilishi 
kuzatiladi. Bunda qon aylanish ritmi susayadi, qonning quyilish xususiyati yoʻqola 
boradi,  qon  tomirlari,  ayniqsa  kapilyar  qon  tomirlari  moʻrt  boʻlib  qoladi,  ichki 
ovqat  hazm  qilish  organlarining  faoliyati  buziladi,  odam  ozib  ketadi  va 
organizmning  tashqi  yuqumli  kasalliklarga  qarshi  kurashish  qobiliyati  kamayadi. 
Radioaktiv moddalarning qoʻlga ta’sir qilishi oldin sezilmaydi. Vaqt oʻtishi bilan 
qoʻl  terisi  qurib  qoladi,  unda  yorilishlar  kuzatiladi,  tirnoqlar  tushib  ketadi. 
Radioaktiv  nurlarning  alfa  va  beta  nurlari  tashqaridan  ta’sir  koʻrsatganda 
organizmning teri qavati yetarlicha qarshilik koʻrsata oladi. Ammo bu radioaktiv 
nurlar  ovqat  hazm  qilish  organlariga  tushib  qolganda  ularning  zararli  ta’siri 
kuchayib ketadi. 
Koʻpchilik  radioaktiv  moddalar  organizmning  ba’zi  bir  qismlarida  yigʻilish 
xususiyatiga  ega.  Masalan  jigar,  buyrak  va  suyaklarda  yigʻilishi  bu 
organizmlarning tezda ishdan chiqishiga olib keladi. 
Ba’zi bir radioaktiv moddalar zaharli boʻlib, ularning zaharlilik darajasi eng 
xavfli zararli moddalarnikidan ham yuqori boʻladi. 
Organizmning  nurlanish  dozasini  hisobga  olib  radioaktiv  moddaning  inson 
organizmidagi miqdorini baholash mumkin. 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish