Moddiy ishlab chiqarish - aniq moddiy shaklga ega mahsulotlar - iste’mol buyumlari, turli-
tuman uskuna, mashina, xom ashyo va boshqalar ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Moddiy
ishlab chiqarish odatda sanoat, qurilish, qishloq va o’rmon xo’jaligi kabilardan tashkil topadi.
Nomoddiy ishlab chiqarish moddiy bo’lmagan ne’matlar, ma’naviy, axloqiy
qadriyatlar, chunonchi, madaniyat, san’at, ilmiy, ma’naviy asarlar yaratishni o’z ichiga oladi.
Hozirgi zamon ishlab chiharishida xizmat ko’rsatish sohasi alohida o’rin tutadi. Xizmat
ko’rsatish ikki turga - moddiy va nomoddiy xizmat ko’rsatishga bo’linadi.
Birinchisiga yuk transporti, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi aloqa, savdo, uy-joy,
kommunal xizmati, maishiy xizmat ko’rsatish kiritilsa, ikkinchi guruhga - maorif, sog’liqni
saqlash, sanoat, ijtimoiy ta’minot, moliyaviy, axborot, yuridik xizmat ko’rsatish va hokazolar
kiradi.
Xozirgi paytda zamonaviy ishlab chiqarish tarkibida infrastruktura alohida ajratib
ko’rsatiladi.