Tizim o’zgarishlarga moslasha oladimi?
– iste’mol talabi, resurslar taklifi va
texnologiyaning o’zgarishiga muvofiq ravishda reaktsiya qiladimi?
Ishlab chiqarish samaradorligi ana shu savollarga to’g’ri javob tanlash bilan bog’liq.
Bunda tadbirkorning, menejerning qolaversa, har bir rahbarning iqtisodiy fikrlash doirasi
qandayligi muhim rol o’ynaydi.
3-§. Ishlab chiqarish funktsiyasi va omillarning nisbati,
me’yoriy unumdorlik nazariyasi
Biron turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining hammasi
kerak, ulardan birontasi bilan alohida tarzda biron narsa ishlab chiqarib bo’lmaydi. Shu bilan
birga, shu omillardan qaysi biri — mehnatmi, kapitalmi, ermi yoki tadbirkorlikmi asosiy o’rin
tutadi, mahsulot aynan shu omil bo’lgani tufayli ishlab chiqariladi, deb ham ayta olmaymiz.
Ishlab chiqarish jarayonida bu omillar uzluksiz ravishda bir-biri bilan bog’liq holdagina amal
qiladi, bir-birini to’ldiradi, gohida bir-birini o’rnini qoplaydi.
Biron aniq ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarining belgilangan ma’lum
bir miqdori nisbati talab qilinadi. Bunda tadbirkorni chiqadigan mahsulot miqdori qiziqtiradi.
Texnika-texnologiyani ma’lum taraqqiyot darajasi, unga muvofiq mehnat unumdorligini ishlab
chiqarish omillarining ma’lum kombinatsiyasi sharoitida shu omillar miqdori uchun
mahsulotning optimal miqdoriga erishish mumkin.
Buni eng oddiy omil misolida ko’rish mumkin.
Maksimal miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun er va mehnat turli
kombinatsiyalarda birlashsin deylik.
Aytaylik, 1 ga erda 10 kishi mehnat qilib 700 kg, 20 kishi 1000 kg, 30 kishi 1230 kg, 40
kishi 1410 kg hosil olishi mumkin. Bunda omillarning turli nisbatlari, turlicha natijaga olib
keladi. Uni matematik ko’rinishda quyidagicha ifodalanadi:
U=f(a1, a2, a3, ... an)
Bunda: U — ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori;
a1, a2, a3, ... an
— ishlab chiqarish omillari.
Bu funktsiyani quyidagicha korxona (firma) faoliyati natijasida ishlab chiqarishga jalb
qilingan omillar bilan ishlab chiqarilgan mahsulot o’rtasida bog’lanish tarzida ham ifodalash
mumkin.
Q=f(L·K·N)
Q — mahsulot miqdori.
L, K, N — ishlab chiqarish omillari mehnat, kapital, erning turli xildagi birlashuvi.
Bu ishlab chiqarish hajmini ifodalaydigan funktsiya ishlab chiqarish omillariga umumiy
xarajatlar bilan ularning nisbati o’rtasidagi bog’lanishni ko’rsatadi. Bu tenglik ma’lum bir
texnologiyaga nisbatan olinadi. Texnologiyani takomillashuvi qayd qilingan, ma’lum nisbatdagi
omillar yig’indisida ishlab chiqarish hajmini oshishiga olib keladi. (Texnika, texnik vositalar
deganda iqtisodiyotdagi mashina, uskuna va hokazolar tushunilsa, ishlab chiqarish texnologiyasi
— bu material, yarimfabrikatlarga ishlov berish usuli, ya’ni mexanik, texnik, ximik,
elektroximik, biologik, universal usullardan iborat.)
Bu funktsiyalarning ahamiyati shundaki, u imkoniyatlarning muqobil variantlari borligini
ko’rsatadi. Ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatlarda birlashuvi bir natijani, aynan bir
hajmdagi mahsulot chiqarishni ta’minlashini ko’rsatadi. Agarda, ishlab chiqarish omillarining
turlicha kombinatsiyalari bo’lishi mumkin ekan, demak, omillarning birlashuvini eng optimal
varianti mavjud. Ishlab chiqarish funktsiyasi omillarini bir-birini almashtirishi mumkin. Ishlab
chiqarish omillarini o’zaro bir-birini almashtirishi neoklassik tahlilning fundamental
kontseptsiyasi hisoblanadi.
Mexnat mikdori,j birlik (kishi)
Er mikdori, birligi (ga)
10 20 30 40
1
3
6
9
700
1000
1200
1400
1000
1410
1720
1400
1000
1410
1720
2000
1230
1730
2120
2450
Klassik maktab namoyandalari esa tovar ishlab chiqarish uchun faqat bir texnologiya
bo’lishi mumkin, omillarni o’zaro bir-birini o’rnini bosishi, almashishini batamom imkoni yo’q,
deb hisoblashgan.Ishlab chiqarish hajmi omillarning malum nisbatdagi miqdoriga bordiq. Ularni
o’zgarishi uchun esa turlicha vaqt talab qilinadi. Shuning uchun iqtisodiyotda qisqa va uzoq
muddatli davr farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |