Iqtisodiyot nazariyasining dalillar, xulosalar,
qonun-qoidalar va siyosat bilan bog’liqligi
4. Iqtisodiy siyosat
Iqtisodiy siyosat iqtisodiy faoliyat yoki uning oqibatlarini nazorat qiladi, ularga ta’sir
o’tkazadi (turli chora-tadbirlar, dastaklar, vositalar orqali)
↑
3. Nazariya
Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish asosida, chiqarilgan umumiy xulosalar asosida iqtisodiy
faoliyatning asosiy printsiplari ishlab chiqiladi, ya’ni nazariy jihatdan asoslab beriladi.
↑
↓
2. Xususiy va umumiy xulosa
Yig’ilgan ma’lumotlarni o’rganib chiqib, ular asosida xulosalar chiqariladi. Xususiy
xulosalar umumlashtirilib umumiy xulosalar chiqariladi.
↑
↓
1. Dalillar
Iqtisodiyot nazariyasi aniq muammoga yoki iqtisodiyotning u yoki bu aspektiga tegishli
dalillar, ma’lumotlar to’playdi.
Nazariya siyosatning iqtisodiyotga qayta ta’sirini ham o’rganadi. Siyosat iqtisodga qarab
shakllanadi. Shu ma’noda iqtisod siyosatga nisbatan birlamchi. Ammo, to’g’ri tanlangani yoki
yo’qligiga qarab ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyot rivojlanishining qonun-qoidalarini o’rganar ekan, shu
ma’noda u siyosatning ilmiy asosi bo’ladi.
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy borliqni bilish uchun ilmiy qo’llanmadir.
Iqtisodiyot nazariyasi dalillar asosida chiqargan xulosalarining naqadar to’g’riligi va
uning hayotga tatbiq etilishiga qarab ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga qudratli turtki bo’lib xizmat
qilishi yoki aksincha, to’siq bo’lishi ham mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasidan xabari yo’q kishining jamiyat miqyosidagi qator savollarga:
«egizak taqchillik»
— byudjet taqchilligi bilan tashqi savdo balansi taqchilligining sabablari
nimada, u qanday oqibatlarga olib keladi? Nima sababdan fond birjalarida aktsiyalar kursining
dramatik tarzda pasayib ketishi yuz beradi? Nima sababdan inflyatsiyaning oldini olish kerak?
Ishsizlikni qanday qilib qisqartirish mumkin? Fermerlarni, umuman qishloq xo’jaligini
subsidiyalash kerakmi? Bu savollarga javob topish qiyin. Siyosiy arboblar bu fanni chuqur
bilmay turib, davlatni boshqarishlari mushkul.
Iqtisodiyot nazariyasi har bir inson uchun amaliy ahamiyatga ega. Chunki, mavjud
axborotlardan xo’jalik yuritishda (oiladan boshlab yirik korporatsiyalar miqyosigacha) zarur
xulosalar chiqarish, ular asosida o’z faoliyatini tashkil etish uchun ham iqtisodiyot nazariya-sini
bilish zarur.
Lekin shuni qayd qilish kerakki, iqtisodiyotdagi muammolar individual nuqtai nazardan
emas, balki ijtimoiy, jamiyat nuqtai nazaridan o’rganiladi. Ishlab chiqarish, taqsimot,
ayirboshlash va iste’molga alohida shaxs fikri, qarashi tarzida emas, balki jamiyat miqyosida
qaraladi.
Iqtisodiyot nazariyasi faktlar, dalillarga tayanib, xulosa chiqarib va uni iqtisodiy siyosat
yuritishga asos bo’lishi tufayli iqtisodiyot nazariyasi pozitiv nazariyadan keskin tarzda normativ
iqtisodiyot nazariyasiga o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |