Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

Iqtisodiy o’sish.
 Iloji boricha ko’proq va yaxshi sifatliroq tovar ishlab chiqarish, 
xizmat ko’rsatishning barqaror o’sishini ta’minlash. 
 2.
 To’la bandlik. 
Mehnatga layoqatli har bir ishlashni xohlagan kishi ish bilan 
ta’minlanishi kerak. 
 3. 
Iqtisodiy samaradorlik. 
Mavjud cheklangan resurslarni minimal darajada sarflab, 
maksimal natijaga erishish. 
 4. 
Narxlar barqarorligini ta’minlash. 
Narxlarning haddan tash-qari ko’tarilib 
(inflyatsiya) yoki tushib (deflyatsiya) ketishiga yo’l qo’ymaslik. 
 5. 
Iqtisodiy erkinlik. 
Boshqaruvchilar, tadbirkorlar, ishchilar, iste’molchilar o’z 
iqtisodiy faoliyatlarida katta erkinlikka ega bo’lishlari kerak. 
 6. 
Daromadni adolatli taqsimlash. 
Ba’zilar boylikka «cho’milganda» boshqalar haddan 
ziyod qashshoq bo’lmasligi kerak. 
 7. 
Ijtimoiy ta’minot. 
Mehnatga layoqatsiz kasallarni, qarilarni va boshqalarning 
qaramog’ida bo’lganlarni hayot kechirishini ta’minlash.   
 8. 
Savdo balansi. 
Xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy bitimlarning oqilona balansiga 
ega bo’lish. 
 Bu maqsadlarning hammasini bir vaqtning o’zida amalga oshirib bo’lmaydi. 


 
 
 Birinchidan, ularni umumiy tarzda izohlash mumkin, lekin aniq mezonlarini belgilashga 
kelganda fikrlar har xil. Birini aniq o’lchash (1—4, 8) mumkin bo’lsa, boshqasini (5—7) aniq 
o’lchab bo’lmaydi. Bularning hammasini turlicha yondashish natijasida turlicha talqin qilish 
mumkin. 
 Ikkinchidan, bir maqsadning amalga oshirilishi ikkinchisiga bog’liq bo’lishi mumkin. 
Masalan, to’la bandlikni ta’minlash, kam daromadga ega bo’lish iqtisodiy ta’minlanganlikka 
ham ta’sir qiladi. 
 Uchinchidan, ba’zi maqsadlar bir-biriga zid kelishi mumkin. Masalan, to’la bandlik (2) 
bilan inflyatsiya (4) yoki iqtisodiy o’sish (1) bilan daromadlarni adolatli taqsimlash (6). 
 Agarda to’la bandlik ma’lum darajada inflyatsiyani yoki barqaror narxlar ishsizlikni 
keltirib chiqarsa, bu holatda jamiyat ikkisidan qaysi biri asosiy ekanligini aniqlashi kerak. Bunda 
albatta, iqtisodchilar uchun keng munozara maydoni vujudga keladi. 
 Shuni ham qayd etish kerakki, iqtisodiyot nazariyasini o’rganayotganda boshlovchi 
iqtisodchi duch kelishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar mavjud. Bular ayrim faktlarni noto’g’ri 
tasavvur etish (aytaylik, biznesdan olingan foydaga shubha bilan qarash yoki taqchil 
moliyalashtirishni doimo yomon deb tushunish), noaniq iboralar ishlatish (masalan, hukumat 
ilgari surgan loyihalarni har bir guruh o’z manfaatidan kelib chiqib turlicha nom bilan atashi), 
yoki mantiqiy xulosalar chiqarishda adashish (chunki individual nuqtai nazardan chiqarilgan 
xulosa to’g’ri bo’lishi mumkin, lekin jamiyat miqyosida tatbiq etish to’g’ri emas). Masalan, 
individual dehqon qancha ko’p hosil olsa, shuncha ko’p daromad oladi. Sababi, uning bitta o’zi 
olgan hosili narxlarga deyarli ta’sir qilmaydi (lekin barcha dehqonlar hosilining ko’payishi 
narxni pasaytirib, daromadni ko’paytirmasligi mumkin), aniq sabab-oqibatli bog’lanishlarni 
ajratib olish qiyinchiligi, ulardan qaysi biri sabab, qaysi biri oqibat ekanligini ajratish 
mushkulliklaridir. 
 
Kvant fizikasi asoschisi, Nobel mukofoti laureati 
 
Maks Plank kamtarlik bilan o’z faoliyatini iqtisodchilikdan boshlagani, lekin uni tashlagani, 
sababi iqtisodchilik unga haddan tashqari qiyin ko’ringanini aytgan. Buni hozirgi zamon 
mantiqiy matematikasi «pioneri» Bertran Rosselga aytishganida, u taajjub, men iqtisodiy 
nazariyani haddan tashqari sodda deb tashlab ketgandim, deydi. 
 Har ikki fikrda ham haqiqat bor, deydi P. Samuelson, shu bilan birga xato ham. Quda 
ko’p marta ta’kidlanadiki, har qanday zehni o’tkir 16 yoshga etgan inson iqtisodiy qonun-
qoidalarni yaxshi o’zlashtirishi mumkin. Bu ma’noda Rossel haq. Lekin inson hayotining 
iqtisodiy kuchlarini bilish san’atida faqat aqlga taya-nish bilan Plank his qilganidek uzoqqa borib 
bo’lmaydi. 
 Demak, dalillar, ma’lumotlar o’zgarishi qanday natijaga olib kelishi, ular asosida to’g’ri 
xulosa chiqarishni o’rganish iqtisodiyot nazariyasining asosiy maqsadi bo’lib, uni egallash oson 
ish emas. 
 


  

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish