Tadqiqot sub’ekti
— bu inson, kishilar guruhi va davlatdir.
Tadqiqot ob’ekti
esa iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ya’ni xo’jalik yuritish faoliyatidir.
Tadqiqot predmeti
— «iqtisodiy odam»ning, kishilar guruhi va davlatning iqtisodiy
faoliyati bo’lib, boshqa aniq iqtisodiy fanlardan farqli ravishda alohida u yoki bu soha, tarmoq
faoliya-ti emas, balki barcha iqtisodiy faoliyatni bir butun holda tadqiq etadi.
Tadqiqot maqsadi
iqtisodiy voqea, jarayonlarni o’rganish asosida ularning o’zaro qay
darajada bog’liqligini, bir-birini taqozo qilishi, ya’ni bu jarayonlarning qonuniyatlarini ochish,
ular asosida xulosa chiqarish, nazariy qoidalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun qator vazifalar bajariladi.
Iqtisodiy nazariyaning asosiy vazifasi:
— iqtisodiy hodisa, jarayonlarni va ularga xos bog’lanishni o’rganish (ma’lumki,
iqtisodiy hodisalar dinamik tarzda iqtisodiy jarayonlar deb ataladi);
— iqtisodiy sub’ektlarni asosiy resurslarning kamyobligi va ehtiyojlarning cheksizligi
sharoitida iqtisodning quyidagi:
nima ishlab chiqarish kerak?
qancha ishlab chiqarish kerak?
qanday qilib ishlab chiqarish kerak?
kim uchun ishlab chiqarish kerak?
tizim o’zgarishlarga moslasha oladimi?
kabi muammolarni echish uchun nazariy asos, faoliyat uchun amaliy xulosalar ishlab
chiqish;
— iqtisodiy nazariyadagi alohida yo’nalishlar, oqimlarning ijobiy tomonlari, takliflarini
sintez qilish;
— jahon tajribasi va milliy iqtisodiyotning ijobiy-salbiy tomonlarini o’rganish va ular
asosida nazariy xulosalar chiqarish.
Umuman olganda, sanab o’tilgan va o’tilmagan yo’nalishlar, oqimlar har xil nom bilan
atalishidan qat’i nazar, fanning mohiyatini o’zgartirmaydi. Iqtisodiyot nazariyasi fani yagona,
uning tad-qiqot ob’ekti ham bitta — xo’jalik yuritish faoliyatidir.
Faqat predmet ta’rifiga ko’p marta aniqlik kiritilgan. Chunki xo’jalik yuritish shart-
sharoiti o’zgargan. Har bir maktab iqtisodiyot nazariyasi predmetining u yoki bu jihatiga alohida
ahamiyat beradi, ajratib ko’rsatadi. Shuning uchun mashhur ingliz yozuvchisi Bernard Shou
«hatto, hamma iqtisodchilarni bitta zanjirga bog’lagan taqdirda ham ular yagona fikrga
kelishmaydi»
deb, haq gapni aytgan deya e’tirof etishadi, iqtisodchilar.
Sotsial yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti uchun iqtisodiy nazariyada diqqat ko’proq
tadqiqot ob’ektidan tadqiqot sub’ektiga qaratiladi.
Ko’pchilik iqtisodchilarning iqtisodiyot nazariyasini resurslarni tanlash va insonning
iqtisodiy faoliyati muammolari to’g’risidagi universal fan sifatida qarashiga e’tibor beradigan
bo’lsak, iqtisodiyot nazariyasi predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |