Kompyuter viruslarining tasnifi.
Hozirgi kunda kompyuter viruslarining
yagona tizimli tasnifi mavjud emas va turli manbalarda ularni turlicha omillar
asosida tasniflari keltirilgan. Xususan, kompyuter viruslarini quyidagi omillar
bo’yicha tasniflash mumkin:
1.
Resurslardan foydalanish usuliga ko’ra.
Hozirgi kunda kompyuter
viruslarini resursdan foydalanish usuliga ko’ra
virus-parazitlar
(yoki shunchaki
virus
) va
virus-chervlar
(yoki shunchaki
chervlar
) ga ajratish maqsadga muvofiq
bo’ladi.
Resurslardan foydalanib ko’payishning birinchisi bu – boshqa dasturga
mansub bo’lish hisoblanib, ular boshqa dasturlar ichida joriy qilinadi va ushbu
dastur yuklanishi bilan aktivlashadi.
Ikkinchisi, odatda faqat hisoblash tizimi resursidan (tezkor va doimiy xotira,
dasturiy bo’lmagan fayllar) foydalanib, tarmoq orqali o’z nusxalarini tarqatadi,
axborot eltuvchilari, xotira buferi va begona arxivlar yordamida barchaga
taqsimlanadi. Chervlar avtonom bo’lib, ular boshqa dasturlarga biriktirilmaydi.
2.
Zararlaydigan obyektlar turiga ko’ra.
Ushbu tasnifga ko’ra viruslarni
dasturiy
,
yuklanuvchi, makroviruslar
va
ko’p platformali
viruslarga ajratish mumkin.
Dasturiy
viruslar boshqa dasturlarning fayllarini zararlaydi. Masalan,
Win9X.CIH
virusi Windows 95/98/ME OT dasturlari uchun parazit hisoblanadi.
Yuklanuvchi
viruslar yuklangan qattiq diskdagi, disketa yoki fleshka
sektorlarida joylashgan kichik programmalarni zararlaydi yoki uni almashtiradi.
Bunga misol sifatida, BIOS sathida ishlovchi
Michelangelo
virusini keltirish
mumkin.
213
Makroviruslar
uchun sharoit yaratuvchi vosita sifatida ma’lum dasturlash
tilida yozilgan va turli ofis ilovalari – MS Word hujjati, MS Excel elektron jadvali,
Corel Draw tasviri, fayllarida joylashgan “makroslar” yoki “skriptlar” xizmat qiladi.
Bunga misol qilib, MS Word hujjatlarini zararlovchi
Concept
virusi, Excel
jadvallarini zararlovchi
Laroux
viruslarini keltirish mumkin.
Ko’p platformali viruslar
bir vaqtning o’zida turli xildagi obyektlarni
zararlaydi. Masalan,
OneHalf.3544
virusi ham MS-DOS dasturlari ham qattiq
diskning yuklanuvchi sektorlarini zararlasa,
Anarchy
oilasiga tegishli viruslar MS-
DOS va Windows dasturlaridan tashqari, MS Word hujjatlarini ham zararlay oladi.
3. Faollashish prinsipiga ko’ra.
Viruslarni ushbu xususiyatiga ko’ra
rezident
va
norezident
turlarga ajratish tavsiya etiladi. Rezident viruslar doimo kompyuter
xotirasida aktiv holatda joylashadi. Boshqa dastur yoki operasion tizim orqali
jabrlanuvchiga murojaatlarini kuzatib boradi va shundan so’ng unga yuqadi.
Masalan, bajariluvchi dasturlar yuklanish vaqtida, ishni tugatish vaqtida yoki
ularning fayllarini ko’chirish vaqtida zararlanadi. Bularga misol qilib,
OneHalf.3544
(MS-DOS muhitida) va
Win9X.CIH
(Windows 95/98/ME muhitida) viruslarini olish
mumkin.
Norezident viruslar zararlangan tashib yuruvchilarni yuklash vaqtida ishga
tushadi va ularning faoliyat vaqti cheklangan bo’ladi. Masalan,
Vienna.648
virusi
zararlangan dastur ishga tushgandan so’ng darhol ishga tushadi. Biroq, ushbu vaqtda
diskdan ko’plab qurbonlarni topishga va ularni biriktirishga ulguradi. Shundan so’ng,
boshqaruvni o’zining saqlovchisiga uzatadi va o’zi keyingi yuklanishga qadar
“
uxlaydi
”.
Ko’p vazifali operasion tizimlarda “
yarim rezidentli
” viruslar mavjud bo’lib,
ular xuddi norezident viruslar kabi yuklanadi. Alohida oqimli yuklangan dasturlar
kabi tashkil qilib, ushbu dasturlarning butun ishlash davomida o’zini rezident kabi
tutadi va o’z ishini saqlovchi-dasturi bilan birgalikda tugatadi. Masalan,
Win32.Funlove.4070
bunga misol bo’la oladi.
214
4. Dastur kodini tashkil qilish yondashuviga ko’ra.
Mazkur taksanomik
belgilar viruslarni
shifrlangan, shifrlanmagan
va
polimorf
larga ajratishga imkon
beradi.
Shifrlanmagan viruslar
o’zini oddiy dasturlar kabi ko’rsatadi va bunda dastur
kodida hyech qanday qo’shimcha ishlanmalar mavjud bo’lmaydi. Bunday viruslarni
(masalan,
Vienna.648
) dasturlarda osonlik bilan aniqlash hamda dizassamberlash va
dekompilyatorlar orqali tadqiq qilish va o’chirib tashlash mumkin.
Shifrlangan viruslar
kodida bir qancha o’zgarishlar mavjud bo’ladi.
Shifrlangan virus hisoblash qurilmasining xotirasida dastlab deshifrlanadi va
shundan so’ng zararlashni boshlaydi. Shuning uchun, mazkur viruslarni aniqlash,
o’rganish va o’chirish murakkab bo’lib, bu murakkablik kamida undagi qaytarish
amali – kodni deshifrlash bilan xarakterlanadi. Odatda virusni shifrlash koddagi
maxsus anti-debaggerlash usulidan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Bunday
viruslar sirasiga
Sayha.Diehard
virusini kiritish mumkin.
Polimorf
viruslar turli ko’rinishdagi shifrlangan viruslar bo’lib, o’zining
ikkilik shaklini nusxadan-nusxaga o’zgartirib boradi. Mazkur sinfdagi viruslarga
OneHalf
oilasi viruslarini kiritish mumkin. Xususiy hollarda polimorflik
metamorfik
viruslar
bo’lib, o’zining ikkilik tanasini shifrlamasdan, faqat ularni o’zgartirish
orqali o’z nusxalarini yaratadi. Bunday viruslarga misol qilib,
Win32.Zmyst
virusini
keltirish mumkin.
5. Virus-chervlarning tasnifi.
Virus-chervlarni tasniflash ularni tarqalish
yo’llariga asoslanadi. Masalan,
pochta chervlari (
masalan,
E-Worm.Win32.Aliz)
elektron pochta orqali tarqalsa,
tarmoq chervlari
(odatda ular
Internet chervlari
deb
ham yuritiladi) tarmoq protokollari yordamida tarqaladi va ma’lumot paketlari
ichida yashiringan holda uzatiladi (masalan,
Net-Worm.Win32.Lovesan
).
“Telefon”
yoki
“mobil”
chervlar (masalan,
Cabir
) esa turli “tarmoq”lar, masalan, simsiz
axborot uzatish tarmog’i hisoblangan
BlueTooth
orqali tarqaladi. Bundan tashqari,
1980 yillarda tarqalgan
fayl chervlari
deb nomlangan turi (masalan,
Mkworm.715
)
esa, o’zi mustaqil ravishda tarqalmaydi. Balki, o’zini turli tashib yuruvchilar va
kataloglarda, hattoki, ZIP, RAR fayllarda nusxalaydi hamda shu tartibda tarqaladi.
215
6. Kompyuter viruslarining boshqa omillar bo’yicha tasnifi.
Kompyuter
viruslarining yuqorida keltirilgan omillardan tashqari quyidagi omillar asosida ham
tasniflash mumkin:
−
zararlaydigan operasion tizimi va platformasiga ko’ra (DOS, Windows,
Unix, Linux, Android);
−
kompyuter virusi yozilgan dasturlash tili bo’yicha (assembler, yuqori
dasturlash tili, senariy tili va hak.);
−
qo’shimcha zararli funksiyalariga ko’ra (bekdorlar, keyloggerlar,
shpionlar, botnetlar va h.).
Albatta, yuqorida keltirilgan kompyuter viruslarining tasnifi yakuniy emas va
har bir muallif tanlab olgan omillari asosida ularni tahlil qilishi mumkin. Quyida esa
hisoblash tarmoqlarida ko’p zarar keltirilgan va mashhur zararli dasturiy vositalar
bilan tanishib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |