Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

Farmakokinetika 
dori  moddalarining  biosuyuqliklarda  va  organlarda
 
sifat  va  miqdor 
o‘zgarishlarini  so‘rilish,  taqsimlash,  biotransfarmatsiya  va  dori  moddalarning  organizmdan 
chiqarish  bosqichlarini  o‘z  ichiga
 
olgan,  holda  o‘rganadi.  Biofarmatsiya  famakokinetikadan 
farqli ravishda faqatgina bu jarayonlarining sodir bo‘lish sharoitlarini o‘rganadi. 
Zamonaviy  biofarmatsevtik  tadqiqotlar  preparatlarning  farmakokinetik  xarakteristikalari 
bilan  bog‘liqligi  va  fizik-kimyoviy  parametrlari,  dori  shakllari  va  ularni  yuborish  yo‘llari, 
yordamchi  moddalar  va  texnologik  jarayonlarni  tanlash  kabilarga  yo‘naltirilgan.  Dori 


24 
 
preparatlarini  yaratishda  farmakokinetikaning  o‘rni,  hamda  dori  vositalarining  farmakodinamik 
va  farmakokinetik  aspektlari  N.YaGolovenko,  A.I.Tensova,  A.D.Nazarov,  V.V.Chistyakov, 
V.A.Gorkov,  X.U.Aliev,  S.M.Mahkamov,  M.U.Usubbaev,  X.K.Jalilov,  M.M.Mirolimov, 
X.M.Yunusova,  Z.A.Nazarova,  K.S.Mahmudjonova,  F.Kozjek,  S.Primozic,  E.Zathurecky, 
P.G.Welling, J.T.Dolusio va boshqalar ishlarida har tomonlama yoritilgan. 
Preparatlarning  farmakologik  ta’siri  darajasi,  avvalambor,  organizmga  so‘rilgan  dori 
moddasining  miqdoriga  bog‘liq.  O‘z  navbatida  so‘rilish  jarayoniga  dori  shakli  va  uning 
yuborilish yo‘li, dori vositasini ajralib chiqishi va transportirovkasini ta’minlovchi to‘g‘ri tarkib 
tanlash o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Dori shaklidan dori moddalarining ajralib chiqish tezligiga uning 
fizik-kimyoviy xossalari (masalan, disperslik darajasi, erishi, lipofilligi va hokazolar), yordamchi 
moddalarning tabiati va ularning miqdori, hamda organizmning endogen omillari alohida o‘ringa 
ega bo‘ladi. 
So‘rilish  jarayoniga  ta’sir  o‘tkazuvchi  endogen  omillar  (oshqozon  yoki  ichakning  pH 
muhiti,  ularda  ovqat,  suyuqlik,  fermentlarning  mavjudligi  va  hakozo)ga  va  ularning  dori 
preparatlari bilan ta’siri 3-bobda batafsilroq ko‘rib o‘tiladi. 
Dori  preparatlarining  terapevtik  ta’sir  ko‘rsatishi  uchun,  dori  moddalarini  uning 
farmakologik  ta’siri  sodir  bo‘lishi  lozim  bo‘lgan  kerakli  organ  va  to‘qimalarga  etkazish  kerak. 
Jarohatlangan  organga  dori  vositalari  transport  sistemasi  bo‘lgan  qon  orqali  yetkaziladi.  Bu 
sistemaga  tushish  uchun  dori  vositasi  hujayra  to‘qimalari  orqali  ma’lum  bir  masofani  bosib 
o‘tishi lozim. Bu esa o‘z navbatida dori preparatini yuborilgan yo‘liga bog‘liq bo‘ladi.  
Dori  moddalari  ichki  tomir  orqali  yuborilganda  darhol  va  to‘liq  qon  oqimiga  tushadi. 
Boshqa  yo‘llar  bilan  yuborilganda  qon  oqimiga  tushishdan  oldin  dori  moddalari  bilogik 
membrana hujayralari va gistogematik to‘siqlardan o‘tishi kerak bo‘ladi. 
Ajralib  chiqqan  dori  moddalari  diffuziya  yo‘li  bilan  ustki  qatlamga  so‘riladi.  So‘rilish 
jarayoni  organizmning  oqsili  bilan  yoki  sitoz  yo‘li  orqali,  passiv  diffuziya  yordamida  sodir 
bo‘ladi.  Dori  moddalarining  so‘rilishi 
membrana  hujayralarining
  tuzulishiga  bog‘liq.  To‘rt 
turdagi membrana hujayralari bo‘ladi: 

 
g‘ovakli  –  moddalaring  konveksiya  va  molekulyar  diffuziyasi  suv  to‘ldirilgan  teshiklar 
orqali amalga oshadi; 

 
g‘ovakli  va  yarim  o‘tkazgich  qatlamli  –  nisbatan  katta  massali  noelektrolit  molekulalar 
diffuziyasi sodir bo‘lishi mumkin; 

 
g‘ovaklikka ega emas – faqat yog‘da eruvchi ionlashmagan molekular diffuziyasi bo‘lishi 
mumkin; 

 
g‘ovaksiz  -  faol  transport  maxsus  moddalar  tashuvchi  molekulalar  yordami  bilan  sodir 
bo‘lishi mumkin. 
Yirik  va  qiyin  eruvchan  molekulalar  transporti,  membranalar  harakati  yordamida  va 
ultramikroskopik  zarrachalar  atrofida  pufakchalar-vakuollar  paydo  bo‘lishi  yordamida  – 
pinotsitoz yo‘li orqali amalga oshiriladi. 
Qonga  turli  yo‘llar  bilan  tushuvchi  dori  moddalari  organizm  bo‘yicha  va  organizmning 
organlarida muayyan holatini aniqlaguncha barcha qon tizimida teng taqsimlanadi. 
Farmakokinetik  jarayonlar  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lib,  ularning  mos  holdagi 
ko‘rsatkichlari ko‘p omillarga bog‘liq. Bir qator mualliflar (N.Ya.Golovenko, L.Frick, M.Cibaldi 
va  boshqalar,  2002  yil)ning  fikriga  qaraganda, 
farmakokinetikaning  hamma  bosqichlari  uchun 
umumiy fundametal xarakteristikalari mavjud

-
 
dori preparatining tuzilishi va fizik-kimyoviy xususiyatlari; 
-
 
muhit, uning eruvchanlik qobiliyati, dissotsiatsiya; 
-
 
biologik membrananing turi; 
-
 
hujayra va to‘qimali o‘tkazuvchanlik (diffuziya, faol transport, sitoz). 
Farmakokinetik  parametrlarni  tahlil  qilishda  organizmning  ma’lum  qismida  topilgan 
preparat  konsentratsiyasini  aniqlash  muammo  hisoblanadi.  Bu  bosqichda  paydo  bo‘ladigan 
xatolik,  keyingi  izlanishlarning  keraksizligiga  olib  keladi.  Farmakokinetik  tadqiqotlarning 
aniqliligi yangi namunalar va eksperimental qurilmalar (zamonaviy xromotografik dastgohlar va 


25 
 
hakozolar)  tatbiq  etish  yordamida  erishiladi.  So‘rilish  jarayoni  dori  moddalarining  fizik-
kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq. Biologik membranalar uch qatlamli tuzilishga (oqsil – lipid – 
oqsil)  egaligini  inobatga  olgan  holda,  dori  moddalarining  ikki  marotaba  eruvchanlikka  ega 
bo‘lish kerak, ya’ni bu jarayon ham suvli, ham lipid fazasida amalga oshishi zarur. Farmatsiyada 
bu xossali bog‘lanish xususiyati 
lipofil
 deb yuritiladi. Lipofil ionga qarshi ionlarni ishlatish yo‘li 
orqali  ionogen  gidrofil  dori  vositalirining  so‘rilishini  oshirish  mumkin  (J.Ivan,  E.Minker, 
W.Suss,  E.Fernander  Sanchez  va  boshqalar),  dori  moddalarning  tansdermal  yetkazishning 
tezlatishda  promotorlar  deb  nomlanuvchilar  yordamga  yyetib  kelishadi  (H.Loth,  1990). 
Trandermal  kompozitsiyalar  tarkibiga  yuborishda  dori  sifatida  foydalaniladigan  diklofenak, 
atropin sulfat, skopolamin gidrobromid va hakozolarni keltirish mumkin. 
So‘rilishda 
preparatning 
pH 
va 
dissotsiatsiya 
darajasi 
kabi 
fizik-kimyoviy 
xarakteristikalarini  ta’sirini  inobatga  olish  kerak.  Zamonaviy  tahminlarga  ko‘ra  dori 
moddalarining optimal fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari mavjud: 
-
 
proton donor-guruhlaring miqdori 5 dan yuqori; 
-
 
proton akseptor-guruhlarning miqdori 10 dan yuqori; 
-
 
log P

> 50 dan; 
-
 
molekulyar massasi 500 dan yuqori. 
Bunday  qonuniyat  lopofillika,  molekulyar  massaga  va  molekulalarning  vodorod  bog‘ 
hosil  qilish  qobilyatiga  asoslanadi.  Bu  holat  transport  oqsillari  tufayli  hujayralarda 
harakatlanayotgan birikmalarga to‘g‘ri kelmaydi. 
Molekulyar  massadan  tashqari,  gematoensefalik  to‘siqdan  moddaning  o‘tish  qobiliyati 
ko‘rsatkichlaridan  biri  bo‘lgan  molekulalarning  ustki  qavatining  qutbliligi  hisoblanadi.  Buning 
uchun eng yaxshi sharoit quyidagicha: molkulyar massasi 450 dan past, qutbliligi 9 nm dan past. 
Qon oqimiga tushgan modda, qon plazmasi fermentlari va oqsillari bilan  o‘zaro ta’sirga 
o‘tadi  va  dori  preparatlarining  metabolizmini  kataliziyalovchi  fermentlari  bilan  o‘zaro 
harakatlanadi,  ma’lum  bir  yo‘l  bosadi  va  natijada  qisman  yoki  to‘liq  faolligini  yo‘qotadi.  Eng 
ko‘p terapevtik ta’sirni  in’eksiya uchun dori shakllari ko‘rsatadi,  ya’ni qon-tomir va mushaklar 
orqali yuboriladigan dori shakllari. So‘nggi yillarda maksimal terapevtik faollikni liposomal dori 
shakllari  beryapti,  ular  organizmda  patologik  jarayonning  jamlangan  yeriga  (maqsadli)  dori 
prepa-ratini  yetkazadi  va  shu  yerda  dori  moddalarini  dori  preparatidan  ajralishiga  sharoit 
yaratiladi.  Teri  va  shilliq  qavatlar  orqali  yuboriladigan  dorilarni  muayyantirish  uchun  istiqbolli 
va qiziq dori turi 
niosomalar
 to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘ldi (noionogen YUFM asosidagi 
vezikulalar, xususan polioksietilenalkil efirlari).  
Dorilarning biokimyoviy aylanish yo‘llarini bashorati uchun lipofilligidan tashqari yana, 
mos keluvchi molekulalarning kattaligi va ustki qavati, hamda hujum qilishi mumkin ferment va 
optik 
xususiyatli, 
guruhlarning 
borligi 
inobatga 
olinishi 
zarur. 
Hozirgi 
kunda 
farmakokinetikaning yangi yo‘nalishi - “

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish