26
o‘tishi qiyinlashadi va o‘z navbatida spetsefik ta’siri yo‘qoladi. Bundan tashqari, terapevtik
faollikning uzoqligi o‘zgarib turuvchi farmatsevtik omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
qiyin eriydigan moddalar susneziya kabi dori turida ta’sirini uzoqlantirilishi mumkin.
Ammo, alohida texnologik jarayon va yordamchi moddalar qo‘llab, faollikni bir zumda
namoyon qilish mumkin, lekin shuni ham esdan chiqarish kerak emaski bunday dori preparatlari
organizmdan tez chiqib ketadi. Shunday qilib, dori preparati organizmda polyarroq (suvda
eriydigan) metabolitlar hosil qilib fizik-kimyoviy va biokimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi.
Bunday hosilalarning organizmdan chiqishi osonlashadi.
Dori preparati organizmdan metabolit ko‘rinishida yoki o‘zgarmagan holda chiqib ketishi
mumkin.Dori moddaplarning eliminatsiyasi buyrak, ter orqali, tupuk va sut bezlari va axlat bilan
chiqib ketishi mumkin. Juda ko‘p dori preparatlari buyrak va oshqozon-ichak orqali
organizmdan chiqarib yuboriladi. Dori preparatlarini organizmdan chiqishida farmatsevtik
omillarni ham hisobga olish kerak bo‘ladi.
Dori preparatining fizik-kimyoviy xossolaridan tashqari ekskresiyaga uning molekulyar
massasi ham katta ahamiyatga ega. Masalan, Hirom hammualliflari bilan (1972) tadqiqotlari
natijalari bo‘yicha aytishicha, peshob orqali molekulyar massasi 300 dan kam bo‘lgan dori
moddalari chiqarib yuborilar ekan. Agarda molekulyar massa 300 dan ortiq bo‘lsa, dorivor
moddalarning proporsional qismi o‘t suyuqligi orqali chiqarib yuborilar ekan.
Dori preparatlarining biologik transformatsiyasi, qonuniy holda, ularning siydik
kanallaridagi epiteliydagi reabsorbsiyasini va organizmdan chiqib ketishini pasaytiruvchi
gidrofilligini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday birikmalar o‘t suyuqligi yoki ichak epiteliylari
orqali chiqib ketishi mumkin bo‘ladi. Tupuk va o‘pka orqali uchuvchan moddalar chiqib ketadi.
Buni aerozol preparatlarini berganda hisobga olish zarur.
Shuningdek, ekskretsiyaga peshob va dori preparatlarining pH muhiti ham ta’sir
ko‘rsatadi. Kislotali muhitga ega preparatlar peshobning kislotali reaksiyasida chiqarib
yuboriladi, va aksincha, kuchsiz ishqoriy muhitdagilari ishqoriy muhitda organizmdan chiqarib
yuboriladi. Masalan, morfin gidroxlorid, kodein fosfat, xinin sulfat, novokainning eliminatsiyasi
kislota muhitli peshobda kuchayadi, ishqoriy muhitda esa barbitur hosilalari, salitsilatlar va
sulfanilamid preparatlari tezroq chiqib ketadi.
Dori preparatlarining organizmdan chiqib ketishiga organizmning turli patologik holatlari
ham ta’sir ko‘rsatadi. Farmakokinetik tadqiqotlarda barcha dori moddalari kimyoviy tuzilishiga
mos holda shartli ravishda “qattiq” va “yumshoq” dori vositalariga bo‘linadi. “Qattiq” dorilar
fermentlar bilan o‘zaro ta’sirga uchrab, ksenobiotiklarni metabolizmida kataliz vazifasini
bajaradi. Bu preparatlar bilan ishlash qulay, chunki ular uchun algoritmlar mavjud. Yumshoq
dorilar metabolizmga uchrashga moyil hisoblanadi. Bunday dori preparatlarini yaratishda asosiy
masala ularning metabolizmi yo‘lini topish va unga sharoit yaratish hisoblanadi va bu jarayonni
boshqarish imkoni yaratiladi. Shu maqsadda bir qator analitik tahlil usullari ishlab chiqilgan.
Ammo keltirilgan usullar dori moddalarining metabolizmiga yalpi skrining bo‘la olmaydi.
Birikmalarning metabolik transformatsiyasida asosiy muammo molekulalarning bioximik
turg‘unligini bashorat qilish. Bu muammoni yechish uchun fermentologiya (enzimlarning faol
markazlari) va kimyo (moddalarning strukturasi va fizik-kimyoviy xossasi) sohasi bo‘yicha
bilimga ega bo‘lish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: