6. Sellyuloza, gemisellyuloza, lignin va pektin parchalanishi.
Sellyuloza, gemisellyuloza, lignin, pektin kabi qiyin parchalanadigan moddalar
ham tuproq mikroorganizmlar ta’sirida parchalanadilar. Biosferadagi organik
uglerodning 50% dan ko‘progi sellyuloza (kletchatka) tarkibidadir. Sellyuloza
o‘simliklarda eng ko‘p uchraydigan (15-50% o‘simlik massasini tashkil etadi)
polisaxarid hisoblanadi. Sellyuloza aerob parchalanishi. Spiroxeta sitofaga
deb nomlangan tayoqchasimon bakteriya faoliyati bilanboglikdir. Yana
miksobakteriyalar tarkibiga kiruvchi ko‘pgina bakteriyalarni ham
parchalaydilar. Aktinomisetlar, zamburuglar juda sekin parchalash qobiliyatiga
ega.
Anaerob parchalanishni basillalar oilasi vakillari, tipik vakili klostridium
omelyanskiy (1902 yilda V.P.Omelyanskiy birinchi ajratib olganligi uchun
shunday nomlangan) amalga oshiradilar. Sellyuloza parchalanishi ko‘p
bosqichda amalga oshadi. Dastlab fermentativ gidroliz sodir bo‘ladi. Disaxarid
sellobioza hosil bo‘lib, keyin undan
v
- glyukozidaza ishtirokida glyukoza hosil
bo‘ladi. Anaerob parchalanishida hosil bo‘lgan glyukozadan keyinchalik turli
xil organik kislotalar vujudga keladi. Gemisellyuloza parchalanishi esa juda
ko‘p avlod vakillari ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin. Bunday
mikroorganizmlarga Klostridium, Basillus, Sitofaga, Sporositofaga, Vibrio,
Streptomukes, Zamburuglardan Asperkullus, Rizopus, Fomes, Poliporus
avlodlari kiradilar. Gemisellblozani parchalovchi ferment kislanaza yoki
gemisellyulaz deb nomlanadi.
Lignin parchalanishini normal iqlimiy (haroratda) Bazidiyalik
zamburuglar va takomillashgan xilma-xil zamburuglar klostridium bakteriyalari
amalga oshiradilar. Lignin suvda ham, organik erituvchilarda ham
eritmaydigan modda bo‘lib o‘simliklarda ximiyaviy tarkibi jixatidan har xildir.
Hatto bitta o‘simliklarda ham uning o‘sish fazasiga qarab har xil tarkibida
bo‘ladi. Molekulyar massasi 1000-10000 atrofida bo‘lib, uglerod, vodorod,
kisloroddan iborat xolos. Oksidlanganda aldegidlar hosil qilib parchalanadi,
shuningdek aromatik moddalar vanilin va boshqa metoksillangan aromatik
tuzilishidagi moddalarga parchalanishi ham mumkin.
Pektin moddalar parchalanganda galakturon kislotasi, pektin kislotasi,
galaktoza, ksiloza, arabinoza, metil spirti, sirka kislota kabi moddalar hosil
bo‘ladi. Bu modda parchalanishi ham klastridium avlodi vakillari bilan boglik.
Bu bakteriyalar pektin kislotasi hosil bo‘lgandan keyin u parchalanib galaktoza
arabinoza va boshqa moddalarni hosil qilgach, shu moddalardan moy
kislotasi, sirka kislotasi, oz miqdorda aseton va butil spirtlarni hosil qiladilar.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki uglerodli murkkab
moddalarning parchalanishi xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga egadir. Spirt
ishlab chiqarish, vinochilik, sirka tayyorlash, pivo pishirish, novvotchilik, qatiq,
pishloq tayyorlash, silos tayyorlash, sabzavotlarni tuzlash, kanopga ishlov
berib tolasidan foydalanish, boshqa turli xil soxalarda ahamiyatli ekanligini
ko‘rib o‘tishning o‘zi kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |