2. Anorganik oltingugurt birikmalari oksidlanishi va qaytarilishiga.
Qaytarilgan oltingugurtning faol oksidlovchilari tion bakteriyalarining ko‘pgina
turlari, fotosintezlovchi purpur va yashil oltingugurt bakteriyalari,
sianobakteriyalar hamda Basillalar, Psevdomonas, aktimonomisetlar va
zamburuglar (penisillium, Aspergillis) kabi xemoorganogeterotrof organizmlar.
Tuproqda oltingugurtni oksidlovchi mikroblardan Tiobakteriyalar keng
tarqalgandir. Oltingugurt oksidlanishi.
S---S
2
O
3
-2
----S
4
O
6
2-
---- S
3
O
6
2-
---SO
3
2-
----SO
4
2-
tiosulfat tetrotionat tririonat sulfit sulfat
hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi. Hozirgi zamon tushunchasi bo‘yicha muhitdan
oltingugurt Triobakteriyalarning volyutin bilan to‘lgan hujayra vakuolasiga
diffuziya yo‘li bilan kiradi va kerakli vaqtda uning muxtojligiga qarab
oksidlanadi.
Tiobakteriyalar (T.denitrifikanasdan boshqalari) obligat aerob
hisoblanadilar. Ular rangsiz bir hujayralik (Agromatkum, Tiobakterkum,
Makromonas, Tiospira va x.k. avlod vakillari) sferik, ovalsimon,
tayoqchasimon va egilgan shaklda, xarakatchan va xarakatsiz grammanfiy
organizmlarga, shuningdek, ko‘p hujayralik rangsiz ipsimon shakldagi ko‘p
(Beggiatoa, Tiorloka, Tiotrike avlodiga mansub) mikroorganizmlarga bo‘linadi.
Yuqoridagilar avlod vakillarining oltingugurtni oksidlanishi va
organikmoddalaridan foydalanishi isbotlangan. Ammo, SO
2
ni o‘zlashtirishi
isbotlangan emas.
Fotosintezlovchi purpur va yashil oltingugurt bakteriyalari ham
oksidlanish qobiliyatiga ega. Ammo ular asosan vodorod sulfidli muhitda
yashaganligi uchun, tuproqda katta rol o‘ynaydilar.
Xemoorganogetrotrof organizmlar Basilus Psevdomonas.
Aktinomisealar va ba’zi zamburuglar) kukunsimon oltingugurtni oksidlaydilar.
Oltingugurt sulfatli birikmalarni qaytaruvchi mikroorganizmlarga kelsak,
ular ikki spora hosil qilmaydigan (Desulfovibrio) va spora hosil qiladigan
(Desulfatomakulum) vakillaridir. Bulardan birinchi guruh obligat anaeroblar,
Mezofil (optimal harorat 30
o
S), dengiz suvida chuchuk suvda, tuproqda
uchraydilar. Ikkinchi guruh vakillari grammanfiy to‘gri va egilgan
tayoqchasimon bakteriyalar bo‘lib, chuchuk suv, tuproq, issiq muhit, buzilgan
maxsulot, hasharotlar ichagi va hayvonlar chandiqlarida uchraydilar. Ularda
sulfatlarni vodorod sulfidgacha qaytariladi. Vodorod sulfid zaxarli suv,
tuproqda ko‘p yigilsa hayvonlar va o‘simliklarni o‘ldiradi.
Shu bilan birga bu organizmlar geologik jarayonlarda ahamiyatli,
oltingugurtli rudalarni vodorod sulfid hosil qiladi va undan oksidlanish
natijasida sanoat uchun zarur oltingugurt olish mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |