Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti q



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/92
Sana13.01.2022
Hajmi2,03 Mb.
#357704
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
Bog'liq
eshitishida nuqsoni bolgan bolalarni tasviriy faoliyatga orgatish metodikasi

 
 
 
 
 
 


 
89 
Uchinchi bob bо„yicha xulosa 
 
Eshitishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tasviriy faoliyatga о‗rgatish
 
tizimini 
ishlab  chiqishga  maktabgacha  ta‘limning  davlat  ta‘lim  standarti  va  tasviriy 
faoliyat  predmetidan  yozilgan  о‗quv  dasturi,    rus  olimlari  tomonidan  olib 
borilgan tadqiqot natijalari, hamda Y.S.Maslovaning eshitishida nuqsoni bо‗lgan 
bolalarni  tasviriy  faoliyatga  о‗rgatish  yuzasidan    yozgan    dasturlari  asos  bо‗lib 
xizmat qildi. Ta‘limiy о‗qitish metodikasini ishlab chiqishda eshitishida nuqsoni 
bо‗lgan  bolalarni  tasviriy  faoliyatga  о‗rgatish  yuzasidan  olib  boriladigan 
korreksion-pedagogik ishlarning о‗ziga xos tizimini aniqlash uchun о‗qitishning 
umumiy, hamda xususiy tamoyillariga tayanildi.  Maxsus uslubiyatning umumiy 
tamoyillari  umuman    maxsus  pedagogik  jarayon  tuzilishini  belgiladi,  ularni 
amalga  oshirish  tasviriy  faoliyatga  о‗rgatishning  barcha  vazifalarini  hal  etishni 
ta‘minladi
.
  Shunday  qilib,  maxsus  maktabgacha  tarbiya  muassasalarida 
eshitishida  nuqsoni  bо‗lgan  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  о‗ziga  xos 
ta‘limiy  ehtiyojlarini  inobatga  olgan  holda  psixologo-pedagogik  sharoitlarni 
yaratildi.  Ta‘limiy  tadqiqotdan  sо‗ng  eshitishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolalarni 
tasviriy faoliyati talab darajasida ortganligi kuzatildi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
90 
Xulosa 
Tasviriy  faoliyat  bolaning  atrof-olam  haqidagi  mavjud  tasavvur  va 
taassurotlarini  aks  ettiruvchi  ilk  natijaga  ega  faoliyat  turi  hisoblanib,  bola  bu 
jarayonda  egallangan  tajribalarini  qayta  kо‗rib  chiqishi  va  munosabatini 
bildirishiga 
imkoniyat 
yaratiladi 
Bolalar 
tasviriy 
ijodiga 
faoliyatiga 
bag‗ishlangan  tadqiqotlarda  rasm  chizish  jarayoni  bola  tomonidan  ijtimoiy 
tajribalarni  о‗zlashtirishning  о‗ziga  xos  shakli  sifatida  kо‗rib  chiqilgan.  Milliy 
surdopedagogikada  maxsus  ta‘lim  sohasida  maktabgacha  yoshdagi  zaif 
eshituvchi  bolalar  nutqini  rivojlantirish  masalalari  umumiy  tarzda  о‗rganilgan, 
eshitishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolalarni  talaffuz  malakalarini  shakllantirish 
muammolari  ilmiy-nazariy  jihatdan  chuqur  о‗rganilgan,  lekin  maktabgacha 
yoshdagi  eshitishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolalarni  tasviriy  faoliyatga  о‗rgatish 
jarayoni  ilmiy  tadqiqot  obyekti  bо‗lmagan.  Tadqiqotlarni  о‗rganish  va  ularni 
tahlil  etish  natijasida  eshitishida  nusoni  bо‗lgan  bolalarni  tasviriy  faoliyatga 
о‗rgatishni  о‗rganish  tizimli  yondashishni  talab  qiladigan  о‗ta  murakkab,  kо‗p 
qirrali ijtimoiy-pedagogik muammodir, degan xulosaga keldik.  
Maxsus  maktabgacha  tarbiya  muassasalari  amaliyotidagi  ahvolini 
aniqlash,  eshitishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolalarni  tasviriy  faoliyatga  о‗rgatish 
amaliyotining ish tajribalarini umumlashtirish, maqsadga muvofiq mos xulosalar 
chiqarishga, eshitishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni tasviriy faoliyatga о‗rgatishni 
yaxshilashga oid zarur tavsiya va takliflar berishga yordam beradi. Tasdiqlovchi 
eksperiment  surdopedagoglar  bilan  suhbat,  ularni  kuzatish,  ularning  shaxsiy 
ishlarini  о‗rganish  va  maktabgacha  yoshdagi  eshitishida  nuqsoni  bо‗lgan 
bolalarni  tasviriy  faoliyatga  о‗rgatish  amaliyotining  bugungi  xolatini  о‗rganish 
bо‗yicha  tadqiqotni  tashkil  etish  jarayonida  Y.S.Maslova  metodikasi  asos 
sifatida  olindi.  Biz  tomondan  о‗tkazilgan  tadqiqotlar  jarayonida  eshitishida 
nuqsoni  bо‗lgan  bolalar  tasviriy  faoliyatining  о‗ziga  xosliklari  aniqlandi. 
Eshitishida  nuqsoni  bо‗lgan  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalar  rasm 
chizishga  juda  qiziqishlarini  namoyon  etdilar,  kо‗pincha  bunday  qiziqishning 
asosiy  sababi  ijobiy  rag‗batga  ega  bо‗lish  yoki  kattalar  tomonidan  maqtov 


 
91 
sо‗zlarining  aytilishi  bо‗lsa,  ayrim  xolatlarda  bu  sabablar  juda  turli  ekanligi 
qayd  etildi.  Tasviriy  faoliyat  mahsulotlarida  mazmunan  boy  emaslik  xolatlari 
namoyon bо‗lib, bu kar va zaif eshituvchi bolalarning atrof-olamdagi predmetlar 
va  hodisalar  haqida  tasavvurlarining  kambag‗alligiga  bog‗langandir.  Rasmlar 
xarakterini  tahlil  qilish  jarayoni  shuni  kо‗rsatdiki,  maktabgacha  tarbiya 
muassasasining  katta  guruhlarida  tarbiyalanayotgan  kar  va  zaif  eshituvchi 
bolalarning tasviriy faoliyatlari mahsuli aksariyat xollarda predmetli rasmlardan 
iborat  bо‗ladi.  Syujetli  rasmlar  juda  sodda  bо‗lib,  ularda  tasviriy  faoliyat 
mashg‗ulotlaridan tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri kо‗chirib olingan sodda syujetlar aks etildi. 
Eshitishida  nuqsoni  bо‗lgan  bolalar  rasmlarining  о‗ziga  xosligi  mazmunan  boy 
bо‗lmasligida, bu esa ularning о‗z hayotlarida sodir bо‗luvchi voqea-hodisalarni, 
atrofdagilar  bilan  о‗zaro  munosabatlarni  va  bu  jarayonlarga  о‗zlarining  hissiy 
munosabatlarini namoyon eta olmasliklarini kо‗rsatib beradi. Aniqlangan о‗ziga 
xosliklar  tasviriy  faoliyatda  mо‗ljal  olish  komponentining  yetarli  darajada 
rivojlanmaganligidan dalolat beradi.  
 Eksperiment  natijalaridan  olingan  ma‘lumotlar  kar  va  zaif  eshituvchi 
bolalarni  maxsus  maktabgacha  tarbiya  muassasalarida  ta‘lim  berish  jarayonida 
rasm  chizishlari  juda  sekin  shakllanganligi  va  bunday  о‗ziga  xoslik  eshitishi 
idrokining  о‗ziga  xosligi  bilan  asoslanishini  daliladi.  Shu  sababli  eshitishida 
nuqsoni  bо‗lgan  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  tasviriy  faoliyatga 
о‗rgatishda  о‗ziga  xos  ta‘limiy  ehtiyojlarini  inobatga  olgan  xolda  psixologo-
pedagogik sharoitlarni yaratilishini talab etiladi. 
Ta‘limiy о‗qitish metodikasini ishlab chiqishda eshitishida nuqsoni bо‗lgan 
bolalarni  tasviriy  faoliyatga  о‗rgatish  yuzasidan  olib  boriladigan  korreksion-
pedagogik  ishlarning  о‗ziga  xos  tizimini  aniqlash  uchun  о‗qitishning  umumiy, 
hamda  xususiy  tamoyillariga  tayanildi.  Shunday  qilib,  maxsus  maktabgacha 
tarbiya  muassasalarida  eshitishida  nuqsoni  bо‗lgan  maktabgacha  yoshdagi 
bolalarning  о‗ziga  xos  ta‘limiy  ehtiyojlarini  inobatga  olgan  xolda  psixologo-
pedagogik  sharoitlarni  yaratildi.Ta‘limiy  tadqiqotdan  sо‗ng  eshitishida  nuqsoni 
bо‗lgan bolalarni tasviriy faoliyati talab darajasida ortganligi kuzatildi. 


 
92 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish