XXVII bob. Prokuratura organlari
1-§. Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o‘rni
Prokuratura organlari alohida vazifa bajaruvchi davlat orga
-
nidir.
Parlamentning Angliyada, Prezident instituti AQShda vujudga
kelgan deyilsa, Prokuratura Fransiyada XIV asrda tashkil etil
-
gan. Rossiyada prokuratura Pyotr I davrida vujudga kelib, keyin-
chalik Turkiston Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan davrda, so‘ng
O‘zbekiston SSSR tarkibiga kirgach, prokuratura organlari fao-
liyati ta’siri mavjud bo‘lgan. Prokuratura organlari davlatning va
barcha fuqarolarning manfaatini qo‘riqlaydigan organ deb ta’rif
etilsa-da, u asosan davlatni, shu davlatdagi hukmron sinflarning
manfaatini himoya qilgan. Prokuraturaning hokimiyat manfaati
-
dan kelib chiqib o‘ta jazolovchi organ bo‘lganligini xalqimiz 80-yil
-
larda o‘z boshidan kechirgan.
Sobiq tuzim davrida prokuratura organlarining tuzilishi,
huquqiy maqomi ittifoq (markaz) manfaatlariga mos ravishda
tashkil qilinar edi. U o‘ta markazlashgan usulda tashkil qilinar
edi. Respublika prokurori, viloyatlar prokurorlari Ittifoq Bosh
prokurori tomonidan tayinlanar, tuman, shahar prokurorlari, Bosh
prokurorning roziligi bilan Respublika prokurori tomonidan ta-
yinlanar edi.
Respublika rahbariyatining Respublika prokuroriga nisbatan
hech qanday ta’sir vositalari yo‘q edi. Shuning uchun ular to‘la
ittifoq manfaatini himoya qilar edi.
Ayniqsa, 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab respub
-
likadagi prokuratura organlari rahbarligiga Rossiyadan kadrlar-
ning yuborilishi, O‘zbekistonda qonuniylik, fuqarolar huquqlarini
ta’minlashni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Mahalliy sharoitni bilmay
-
digan, bilishga harakat qilmagan prokuraturaning “kelgindi” rah
-
bar xodimlari istagancha o‘zbek xalqini tahqirladi.
Faqat mustaqillik sharofati bilan bunday noinsoniy voqealar
-
ga barham berildi va O‘zbekiston o‘z prokuratura organlarini o‘zi
xohlagancha tashkil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
506
Prokuratura organlari hokimiyatning alohida tarmog‘ini tashkil
qilmay, turli mamlakatlarda biror-bir hokimiyat tarmog‘i tarkibida
faoliyat yuritadi. AQShda prokuratura Adliya organlari (ijro hoki-
miyati) tizimiga kirsa, Italiyada sud organlari tizimiga kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasida prokuratura alohida maqomga
ega. Konstitutsiyada prokuratura uchun alohida bob mavjud. De
-
mak, u qonunchilik hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham, sud
hokimiyatiga ham kirmaydi. Prokuratura uchun Konstitutsiya-
da maxsus bob ajratilishi unga konstitutsiyaviy maqom berib,
unga katta umid bog‘langanligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Prezidenti “Prokuratura – qonun himoyasi
-
da turgan organ. U huquqiy davlat, demokratik jamiyat qurili-
shida, huquqiy islohotlarni amalga oshirishda hal qiluvchi rolni
o‘ynaydi”, – deb prokuratura organlari faoliyatiga yuksak baho
bergan va uning o‘rnini ko‘rsatib bergan edi.
Prokuraturaning davlat organlari tizimidagi o‘rnini ularning
alohida vazifasi borligi, o‘zining alohida ish uslubiga egaligi va
har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor
shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo‘ysunib ish olib
borishi belgilaydi. Bu Konstitutsiyaning 120-moddasida qonuniy
belgilanib, unga asosan: “O‘zbekistan Respublikasi prokuratura
organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat
birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qo
-
nunga bo‘ysunib amalga oshiradi”.
Konstitutsiya va qonunda prokurorlarni mustaqilligini ta’min-
lovchi bir necha qoidalar belgilab qo‘yilgan. Shu 120-moddada
“Prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy
maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni
to‘xtatib turadilar” degan qoida bo‘lib, u prokurorlarning siyosiy par
-
tiya va siyosiy harakatlar ta’siriga tushib qolmasligiga qaratilgandir.
“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunda ham prokurorlarning
mustaqil faoliyatini ta’minlashga qaratilgan qoidalarni yetarli
-
cha uchratish mumkin. Ularda prokurorga tazyiq o‘tkazish, unga
boshqacha yo‘llar bilan ta’sir qilishga urinish, daxlsizligiga tajovuz
qilish mumkin emasligi ko‘rsatilgan. Qonunning 5-moddasi oltin-
chi qismida “Prokurorning g‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga eri-
507
shish maqsadida unga qanday shaklda bo‘lmasin biron-bir ta’sir
ko‘rsatish yoki faoliyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish, un
ing
daxlsizligiga tajovuz qilish, shuningdek prokuror yoki tergovchi-
ning ruxsatisiz tekshirishlar va dastlabki tergov ma’lumotlarini
oshkor etish, prokurorning talablarini bajarmaslik belgilangan
tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi”, deb ko‘rsatilgan.
Qonundagi prokuraturaning mustaqilligini ta’minlovchi yana
bir vosita prokuratura organlari xodimlarining daxlsizligiga qara
-
tilgan alohida moddaning mavjudligidir. 49-moddada “Prokuror
va tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va dastlabki ter
-
gov o‘tkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati hisobla
-
nadi. Prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzar
-
lik va intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi
yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi” – deb belgilanib,
prokuror xodimlarning huquqlari alohida muhofazaga olingan.
Qonunning 50-moddasidagi prokuratura organlari xodimlari-
ning moddiy va ijtimoiy ta’minotini alohida belgilovchi qoidalar
ham prokuror mustaqilligini ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Qonunning 51-moddasi bilan prokuratura organlari xodimlari
va ularning oila azolarini ijtimoiy himoyalash masalasi hal qilin-
gan. Unda ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash, ish faoliya-
tini davom ettirish imkoniyatini bermaydigan darajada sog‘lig‘ini
yo‘qotganda ularni moddiy ta’minlash masalasi boshqa xodim
-
larga nisbatan o‘zgacha hal qilingan.
Prokuraturaning Prezident va Oliy Majlis oldida mas’ulligi ham
ularning maqomini, davlat organlari tizimidagi o‘rnini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning 80-moddasi 12-bandiga binoan, Oliy Maj-
lisning Senati O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hiso
-
botlarini eshitadi. Hisobotlar har yili taqdim etiladi.
O‘zbekiston Bosh prokurori Respublika Prezidentiga:
- qonuniylik va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati
to‘g‘risida – muntazam ravishda;
- o‘ta og‘ir jinoyatlar va favqulodda hodisalar to‘g‘risida –
zudlik bilan;
- prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida –
har olti oyda axborot taqdim etadi.
508
Do'stlaringiz bilan baham: |