Konstitutsiyaviy



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

Birlik  (yagonalik) 

–  prokuratura  organlari  O‘zbekiston 

Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan yagona markaz-

lashgan tizimni tashkil etadi hamda quyi turuvchi prokurorlar 

yuqori turuvchi prokurorlarga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh 

prokuroriga  bo‘ysunishi  hamda  hisobdorligi  asosida  faoliyat 

ko‘rsatadi.

Markazlashganlik 

– yuqori turuvchi prokuror quyi turuv-

chi  prokurorga  ko‘rsatmalar  berishga  yoxud  uning  har  qanday, 

shu jumladan protsessual qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilishga 

xaqlidir, shuningdek u o‘z bo‘ysunuvidagi barcha prokurorlarning 

ishlari to‘g‘ri tashkil etilishi uchun to‘liq javobgardir.



Qonuniylik 

– prokuratura organlarining xodimlari o‘z faoli

-

yatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda boshqa 



qonunlarning talablariga aniq rioya etishlari va ularni bajarishlari 

shart. Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qan

-

day  chekinish,  qanday  asoslarga  ko‘ra  qilinishidan  qat’i  nazar, 



qonuniylikni buzish deb hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka 

sabab bo‘ladi.



Mustaqillik

  –  prokuratura  organlari  o‘z  vakolatlarini  har 

qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor 

shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysungan holda 

amalga  oshiradilar.  Prokuratura  organlarining  faoliyatiga  arala-

shish taqiqlanadi.

Prokurorning g‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish

 maqsa-


dida unga qanday shaklda bo‘lmasin biron-bir ta’sir ko‘rsatish yoki 

faoliyatini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish, uning daxlsizligiga 

tajovuz  qilish,  shuningdek  prokuror  yoki  tergovchining  ruxsati

-

siz tekshirishlar va dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor etish, 



prokurorning  talablarini  bajarmaslik  belgilangan  tartibda  javob

-

garlikka sabab bo‘ladi.



Prokuratura  organlarining  xodimlari  o‘z  vakolatlari  davrida 

siyosiy partiyalarga a’zolikni to‘xtatib turadilar.




520

Oshkoralik

 – viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va sha

-

harlar  prokurorlari  va  ularga  tenglashtirilgan  prokurorlar  xalq 



deputatlari  tegishli  Kengashlariga,  zarurat  bo‘lgan  hollarda  esa, 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlariga  qonuniylikning 

hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to‘g‘risida har yili 

axborot beradilar.

Yuqoridagilar  bilan  bir  qatorda,  prokuratura  organlari  faoli

-

yatida kollegialchilik prinsipi ham qo‘llaniladi. Muhim masalalarni 



hal qilish, maslahatlashish uchun Bosh prokuror huzurida hay’at 

tuzilib,  uning  tarkibi  Bosh  prokuror  taklifiga  ko‘ra  Respublika 

Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish