Konstitutsiyaviy



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

Yettinchi  yo‘nalish 

–  qonun  ijodkorligi  faoliyatida  hamda 

jamiyatning huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishida ishtirok etish.

Ko‘rinib turibdiki, prokuratura organlari faoliyati ko‘p qirra

-

lidir. Ularni amalga oshirish uchun prokuraturaga yetarli vakolat



-

lar berilgan.

Jumladan,  Prokurorning  hujjatlar,  materiallar  va  boshqa 

ma’lumotlarni  takdim  etish,  taftish,  tekshirishlar  o‘tkazish,  mu

-

taxassis ajratish, prokuraturaga kelish va aniqlangan qonunbuzar



-

liklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga 

imkoniyat  yaratayotgan  sabab  va  shart-sharoitlarni  bartaraf  qi-

lish,  shuningdek  qonunga  rioya  etish  to‘g‘risidagi  o‘z  vakolat

-

lari doirasida qo‘yayotgan talablarini bajarish barcha fuqarolar va



 

yuridik shaxslar uchun majburiydir.

Prokuratura  organlari  o‘z  vazifalarini  amalga  oshirishlari 

uchun zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari maz

-

kur organlarning talabiga muvofiq bepul beriladi.



Prokurorning  talablari  ustidan  shikoyat  qilinishi  ularning 

ijrosini to‘xtatib qo‘ymaydi.




514

Prokuratura  organlari  fuqarolarning  ariza  va  shikoyatlari-

ni  hamda  yuridik  shaxslarning  murojaatlarini  ko‘rib  chiqadilar, 

ularning  buzilgan  huquqlarini  tiklash  va  qonuniy  manfaatlarini 

himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar.

Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shax

-

san qabul qiladi.



Prokuror  o‘ziga  tushgan  taklif,  ariza  va  shikoyatlarni  tek

-

shirish vazifasini zarur hollarda tegishli davlat boshqaruvi, nazorat 



va tekshirish organlariga, korxona, muassasa va tashkilotlarning 

mansabdor  shaxslariga  topshirish  hamda  ulardan  tekshirishga 

taalluqli barcha materiallar bilan birga tekshirish natijalariga doir 

yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga ega.

Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslar-

ning  murojaatlarini  ko‘rib  chiqish  natijalari  bo‘yicha  prokuror 

qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga 

shikoyat qilinishi mumkin.

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  tomonidan  fuqa-

roning ariza va shikoyati yoki yuridik shaxsning murojaati yuza-

sidan qaror qabul qilinganidan keyin prokuratura organlarida ular 

bo‘yicha  ish  yuritish  tugatiladi,  yangi  ochilgan  holatlar  bundan 

mustasnodir.

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori  va  unga  bo‘ysu-

nuvchi prokurorlar jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini 

ta’minlash  maqsadida  tezkor-qidiruv  faoliyatini,  surishtiruv  va 

dastlabki tergovni amalga oshiradigan tegishli organlarning faoli

-

yatini muvofiqlashtiradi.



Ushbu  moddaning  birinchi  qismida  ko‘rsatilgan  organlar 

faoliyatini muvofiqlashtirish uchun prokuror muvofiqlashtiruvchi 

kengash  chaqiradi,  ishchi  guruhlar  tashkil  etadi,  zarur  axborot, 

shu  jumladan,  statistika  ma’lumotlarini  talab  qilib  oladi,  qonun 

hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori,  Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi  prokurori  tegishincha  O‘zbekiston  Respublikasi  va 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv or

-

ganlari  majlislarida  belgilangan  tartibda  ishtirok  etish  huquqiga 



ega.


515

Viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokuror

-

lari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar davlat hokimiyati 



va boshqaruvning tegishli quyi organlari majlislarida belgilangan 

tartibda ishtirok etishga haqli.

Prokurorning  qonunlar  ijrosi  ustidan  nazorati;  fuqarolar-

ning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan na-

zorati;  jinoyatchilikka  qarshi  kurashishni  amalga  oshiradigan 

organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorati; 

ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida ji

-

noiy  jazolarni  va  jinoyat-huquqiy  ta’sirning  boshqa  choralarini 



ijro  etish  chog‘ida  qonunlarga  rioya  etilishi  ustidan  nazorati 

bo‘yicha  vakolatlari  hamda  sudlarda  ishlarni  ko‘rishda  proku

-

rorning vakolatlari “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunda batafsil 



belgilab qo‘yilgan.

Prokuratura  organlari  o‘z  vazifalarini  erkin,  hech  kimning 

ta’sirisiz olib borishi uchun prokuratura xodimlarining daxlsizligi 

ham qonunda belgilangan. Unga asosan, prokuror yoki tergovchi-

ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va dastlabki tergov o‘tkazish 

prokuratura organlarining mutlaq vakolati hisoblanadi.

Prokuratura organlari xodimlarining ma’muriy huquqbuzarlik 

va  intizomiy  nojo‘ya  xatti-harakat  uchun  javobgarligi  masalasi 

yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi.

Shuningdek, qonunda prokuratura xodimlarining moddiy va 

ijtimoiy  ta’minoti  masalalari,  prokuratura  organlari  xodimlarini 

hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalash choralari bel

-

gilangan.



Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi bor tayinlanayot

-

gan shaxs qasamyod qabul qiladi.



Prokuratura  xodimlari  ham  sudyalar  kabi  deputat  bo‘la  ol

-

maydi, siyosiy partiya va harakatlar a’zosi bo‘la olmaydi va boshqa 



haq to‘lanadigan ishda ishlay olmaydi.

Prokuratura organlari faqat qonuniylikni mustahkamlash bi-

lan  shug‘ullanmasdan,  qonunlarning  vujudga  kelishi,  takomilla-

shuvida, ya’ni qonunchilik jarayonida ham ishtirok etadi. Konsti

-

tutsiyaning 83-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh 



prokurori qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.


516


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish