2-§. Sud-huquq islohotlarining prokuratura organlari
maqomiga ta’siri
Mamlakatimizda olib borilgan sud-huquq sohasidagi islohot
-
lar prokuratura organlariga ham ta’sir qildi.
Mustaqillikka erishilib, taraqqiyot yo‘li belgilanar ekan, eng
muhim vazifalar qatorida “ – barcha fuqarolarning qonun oldidagi
huquqiy tengligini va qonunning ustunligini, jamiyat manfaatlari
himoya qilinishi va aholining xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy
davlatni barpo etish. Qonuniylik va huquqiy tartibot tantana qil
-
masa, shaxsning huquqlari va erkinliklari, qattiq intizom bo‘lmasa,
qonunlar va an’analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur
etib bo‘lmaydi”
1
, deb belgilandi. Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni
bajarishda prokuratura organlarining bevosita ishtiroki zarur edi.
Shundan kelib chiqib, prokuratura maqomi O‘zbekiston Kons-
titutsiyasida alohida XXIV bobda mustahkamlandi va Konstitu-
tsiya qabul qilingandan keyin (1992-yil dekabrda) “Prokuratura
to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi.
Yangi jamiyat qurishning boshlanishi, har kim va har bir
narsa qonunga bo‘ysunishi lozim bo‘lgan huquqiy davlat qurish
maqsadi, jamiyatda qonun boshqaruvning asosiy va ko‘p qirra
-
li vositasiga aylanishi zarurligi, bu huquqni muhofaza etuvchi
organlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi anglanib, shu or
-
ganlar, jumladan prokuratura to‘g‘risidagi qonunlarni takomil
-
lashtirish zarurati ko‘zga tashlanayotganligi Prezident tomonidan
e’tirof etilganidan
2
so‘ng “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunni ta
-
komillashtirishga jiddiy kirishildi.
O‘zbekiston XXI asrga mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini,
davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirishni amalga oshi-
rish maqsadi bilan kirdi. Endi barchaning qonun asosida yashashga
o‘rganishi muhim bo‘lib qoldi. Sud-huquq sohasiga tegishli islohot
-
lar chuqurlashib borar ekan, uning natijasida advokatura tizimini
kuchaytirish va un
ing chinakam mustaqilligini ta’minlash, ular-
1 Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: O‘zbekiston, 1992.
– 17-bet.
2 Qarang: Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining
asosiy tamoyillari. – T.: O‘zbekiston, 1995. – 18-bet.
509
ning vakolatlari va maqomini prokuratura maqomiga tenglashti-
rish uchun qonunchilik sohasida ham, amaliy ishlar sohasida ham
ko‘pgina chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi – Prezident ma’ruzasida
qayd qilindi
1
.
Prezidentning ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining birinchi sessiyasida 2002-yil 22-yanvarda so‘zlagan
ma’ruzasida ham “Sud jarayonida ayblov va himoyaning amalda
tenglik ta’minlanmog‘i va buning uchun advokatura idoralarining
mavqeini ko‘tarish darkor”
2
ligi qayd qilindi.
Shundan so‘ng “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgar-
tirishlar kiritildi, qonun 2001-yil 29-avgustda yangi tahrirda qabul
qilindi.
Prokuratura faol
i
yatini takomillashtirishga 2000-yilning ikkin-
chi yarmidan yanada katta e’tibor berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma
majlisida Prezident prokuratura maqomiga taalluqli jiddiy mulo
-
hazalarni bayon qildi.
Unda huquqiy davlat qurishda sudyaning rolini oshirish qonuniy
jarayon ekanligi munosabati bilan prokuratura vakolatlarining bir
qismini sudlarga o‘tkazish hozirgi zamonning mantiqiy talabi ekan
-
ligi qayd qilindi va bu, eng avvalo, insonning konstitutsiyaviy huquq
va erkinliklarini, daxlsizligini cheklash bilan bog‘liq masala ekanligi
ko‘rsatildi. Shulardan kelib chiqib, Prezident “Boshqa demokratik
davlatlar kabi O‘zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, hibsga olish,
shuningdek boshqa protsessual majburiy choralarni qo‘llash uchun
sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o‘tkazish kerak, deb o‘y-
layman”
3
, – deb o‘ta muhim masalani o‘rtaga tashladi. Prezident
-
ning bu takliflari keyinchalik qonunchilikda o‘z ifodasini topdi.
Prokuratura organlarining huquqiy maqomiga Prezidentimiz-
ning Oliy Majlis palatalarining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma
majlisida so‘zlagan ma’ruzasidagi ko‘rsatmalar ta’sir qiladi.
1 Qarang: Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O‘zbekiston, 1999.
– 15, 20, 29-betlar.
2 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. –
T.: O‘zbekiston, 2000. – 30-bet.
3 Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash,
mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005. – 47-bet.
510
Ma’ruzada qayd qilinishicha:
- hozirgi vaqtda mamlakatimizda prokuror va advokatning
tengligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda;
- jinoyat va jinoyat protsessual qonunchilikni yanada liberal
-
lashtirish va insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng
muhim yo‘nalishga aylandi;
- dastlabki tergov bosqichida sud nazorati kuchaytirildi;
- “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yil-
dan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huqu
-
qining prokuraturadan sudga o‘tkazilishi prinsipial qadam bo‘ldi;
- sud qarorlarini ijrosini to‘xtatib turish huquqi prokuratura
vakolatlari doirasidan chiqarildi. Tuman va shahar prokuraturalari-
ning esa, tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini
uzaytirish huquqlari bekor qilindi;
- yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi
Qonunga muvofiq fuqarolar prokuror nazorati obyektlari qatori
-
dan chiqarildi.
Amalga oshirilgan mazkur islohotlar, birinchi navbatda,
prokuraturaning sud jarayonidagi ishtirokini cheklab, fuqarolar-
ning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida umume’tirof
etilgan prinsiplar va xalqaro huquq normalarini amalga oshiri-
lishini, prokuraturaning inson huquq va erkinliklari, uning qo
-
nuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun mas’uliyatini
oshirishni ta’minlaydi.
Prezident ma’ruzasida, shuningdek, sudga qadar ish yurituv
bosqichida qo‘llaniladigan barcha choralarni prokuraturadan
sudga o‘tkazish; birinchi instansiya sudida ish bo‘yicha ayblov
xulosasini o‘qib eshittirish majburiyatini prokurorga yuklash;
prokuratura faoliyatida qonunchilik talablariga rioya qilish va qo
-
nun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha adliya organlarining rolini
yanada kuchaytirishga qaratilgan yangi huquqiy mexanizmlarni
o‘rnatadigan hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish zarurligi
ko‘rsatildi
1
.
1 Qarang: Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2010. – 18–27-betlar.
511
Bu ko‘rsatmalar amaliyotda o‘z o‘rnini tezda topa boshladi.
2011-yil 23-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Prezident qarorida vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati
yo‘nalishlari sifatida “Markazda va joylardagi davlat boshqaruvi
organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari fao-
liyatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan
samarali nazoratni ta’minlash” belgilandi. Bu nazorat doirasiga,
albatta, prokuratura organlari ham kiradi.
Shuningdek, qarorda Adliya vazirligi o‘ziga yuklatilgan vazi
-
falarni bajarish maqsadida “davlat boshqaruvi organlari, mahalliy
davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat
tuzilmalari, shu jumladan prokuratura organlarining norma
ijod-
korligi, huquqni qo‘llash amaliyotida tizimli ravishda tekshiru
v-
lar, o‘rganishlar o‘tkazadi” degan qoida mustahkamlanib, vazir
-
likning prokuratura organlariga nisbatan huquqi belgilab qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |