Gidromeliorativ



Download 3,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/76
Sana13.01.2022
Hajmi3,86 Mb.
#356430
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76
Bog'liq
gidromeliorativ ishlarni tashkil etish

O‘ziyurar skreper.
Chuqurligi  4–5  metrgacha  bo‘lgan  keng  kanallarni  qazish-da, 
shuningdek, gruntdan yasaladigan tuproq inshootlar (tup-roq to‘g‘onlar, 
dambalar va h.k.)ni qurishda, asosan, skreperlar qo‘llaniladi.
Bugungi kunda cho‘michining sig‘imi 3-8 m
3
 bo‘lgan skreperlar suv 
xo‘jaligi qurilishida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Skreperlar konstruktiv 
tuzilishiga ko‘ra tirkama yoki o‘ziyurar bo‘ladi. Tirkama skreperlar traktor 
ketiga  o‘rnatilgan  ikki  lebedka  barabaniga  o‘raladigan  arqon  (tross) 
yordamida boshqariladi. Arqon bo‘ shatilganda skreper cho‘michining 


29
oldingi tomoni pastga tushirib yurgiziladi hamda yer yuzasining ma’lum 
qatlamini qirqib oladi. Skreper cho‘michi to‘lgach cho‘michning oldi tomoni 
yerdan ko‘tariladi. Skreper yurganida grunt to‘kilmasligi uchun palispast 
orqali o‘tgan arqonni tortib, cho‘michning oldi tomonidagi qopqoqni yopish 
kerak. Gruntni to‘kishda esa bu qopqoq ochiladi. O‘ziyurar skreperlarning 
cho‘michini gidravlik silindr harakatga keltiradi.
Yer ishlarini bajarish uchun skreper tanlanayotganda quyidagilarga 
e’tibor berish lozim:
Maydonning grunt sharoitiga - skreperlar quruq, to‘kiluvchan 
va og‘ir gil gruntlarda yomon ishlaydi; xarsang tosh, katta daraxt 
ildizlari va kundalar bo‘lgan maydonlarda skreperlarni ishlatish mum-
kin emas.
Grunt  namligiga  -  nam  va  yopishadigan  gruntlarga  ishlov 
berganda, skreperning ish unumdorligi 30-50 foizga kamayadi; 
agarda, yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan bo‘lsa, skre-
perlarni qo‘llash mumkin emas. Gruntlarni tashish masofasiga - 
tirkama skreperlar uchun 400-800 metr, o‘ziyurar skreperlar bilan 
esa 3000 metrgacha mumkin.
Kichik hajmli yer ishlarini bajarishda cho‘michining hajmi kichik 
bo‘lgan skreperlardan foydalanish ma’quldir, chunki bu skreperlarni 
erkin boshqarish mumkin. Agarda qirqib olingan gruntlarni uzoq 
masofaga tashish kerak bo‘lsa, u holda tez yuruvchi skreperlardan 
foydalanish kerak. Qazish ishlarini bajarishda skreperlar bo‘ylama 
yoki  ko‘ndalang  chizmada  ishlatiladi.  Uzunligi  katta  bo‘lgan 
inshootlarni  (kanal,  damba,  yo‘l)  qurishda  skreperlar  aylana, 
sakkizsimon yoki ilon izi chizmasida ishlaydi.
Yer  ishlarining  hajmi  katta  bo‘lgan  qurilishlarda,  bir  necha 
skreper ishlatiladigan bo‘lsa, zvenolar tuzilib, bir necha zvenodan 
skreper kolonnasi tashkil qilinadi. Zvenodagi skreperlar soni grunt 
tashiladigan masofaga bog‘liq. Har bir skreper o‘zi uchun ajratilgan 
uchastkada ishlaydi. Skreper zvenosining ishi uzluksiz ravishda 
bajariladigan qilib tashkil qilinishi lozim. Qaziladigan transheyaning 
chuqurligi yoki grunt to‘kiladigan joyning balandligi 1,0 metrdan 


30
ortiq bo‘lsa, skreper uchun vaqtinchalik yo‘llar qoldiriladi. Skreper 
zvenosi ishi aylana yoki sakkizsimon sxema bo‘yicha tashkil qilinadi. 
Ish chizmasini qabul qilishda quyidagilarga e’tibor qilish kerak:
– gruntni tashish masofasi qisqa;
– grunt ortilgan skreperning yuradigan tomoni nishabroq va yeri 
qattiq bo‘lishi;
–  skreper  harakatlanadigan  yo‘lda  burilishlar  soni  imkon 
darajasida kam bo‘lishi, gruntni to‘kib qaytib kelayotganda skreperga 
duch kelmasligi lozim.
Skreper harakatlanish uchastkalarining qiyaligi quyida-gicha: 
ko‘tarilish qiyaligi - 0,12-0,15; tushish qiyaligi - 0,25-0,30; yo‘lning 
ko‘ndalang qiyaligi - 0,08-0,12 bo‘lishi lozim.
Skreperlarning ish unumdorligi quyidagi ifoda bilan aniqla-nadi:
P
skr
 = q·n·K
t
 · K
v
 / K
yu
, m
3
 / soat.
Bu yerda: q – kovsh hajmi, m
3
;
n – vaqt birligi ichida (soat ichida) skreper ishining takrorlanish 
miqdori;
K
t
 – cho‘michning to‘lish koeffitsiyenti;
K
yu
 – gruntning yumshalish koeffitsiyenti;
K
v
 – mashina vaqtidan foydalanish koeffitsiyenti.
Bir  soat  ichidagi  skreper  ishining  takrorlanish  miqdori  qu-
yidagicha aniqlanadi:
n = 3600 / t
ts
, dona;
Bu yerda: t
ts
 – bir siklning davomiyligi, soniya.
Skreperning ish sikli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: skreper 
cho‘michini  grunt  bilan  to‘ldirish;  gruntni  ma’lum  masofaga 
tashish; cho‘michdagi gruntni ma’lum qatlam hosil qilib to‘kish; 
orqaga qaytish.
Og

ir tuproqli yerlarni qazish paytida cho‘michi to‘lgan skreperni 
itarib, o‘rnidan qo‘zgatish uchun qo‘shimcha traktor ishlatiladi.

Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish