bunday qaraganda, bu ishlar
barchasi “Xamsa”ning debochasi edi, xolos. Nazarimizda, agar turkiy “Xamsa”
yozilmasa, nafaqat bizning, ya’ni turkiy xalqlarning adabiyoti, ma’naviyati, balki
butun islom mintaqa ma’naviyati bugungi yaxlitligi, bugungi tugalligiga ega
bo‘lmas edi. Shunday ekan, Navoiy ijodiy takomili ikkinchi bosqichining tayanch
ustuni - shoirning shoh asari “Xamsa” desak, yanglishmaymiz. 1483-1485-yillar
ichida yozib tugallangan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan oshiq bo‘lib,
Navoiyning barcha she’riy merosining deyarli yarmini tashkil qiladi.
Islom ma’naviyati namoyondalari o‘z ijodlarida salaflarini inkor etish, ilgari
batamom ko‘rilmagan yangilik yaratishga intilish emas, balki ustozlar yaratgan
ma’naviy boylikni yanada takomillashtirish, unga yangi jilo berish, ular izlagan
yaxlit va buyuk Haqiqatning yangi va toza qirralarini kashf etish, mazmuniy
boyitish yo‘lidan borganlar. Bu tom ma’nosi bilan muqaddas an’ana bo‘lib,
islomning ilohiy kitobi “Qur’oni karim”dan sarchashma oladi. Dehlaviy “Xamsa”si
Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida
o‘zining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi. Turkiy adabiyotda Qutb va
Haydar Xorazmiylar boshlab bergan “xamsachilik” an’anasi o‘zining kamolini
Alisher Navoiy ijodida kutayotgan edi va bu qutlug‘ intizorlik benihoya ezgu
samara berdi. Nizomiy, Amir Xusrav, Alisher Navoiy ruhiyatlari “Xamsa”ning
ma’naviyat maydonida birlashib, yagona iqlim, yagona mohiyat kasb etdilar.
Ushbu yagona mohiyat butun islom mintaqa ma’naviyatining eng buyuk
cho‘qqisidir.
Shoir o‘zi dostonlarini
“zohir yuzidan afsona” degan edi. Afsus, yaqin
kunlargacha XX asr avlodiga “Xamsa” dostonlari ushbu “afsona” darajasida,
yuzaki talqin etilib, tushuntirib kelindi. Bugungi mustaqillik, hurlik zamonida endi
ma’naviyatimizning asl mohiyati haqida ochiq-oydin gapirish, fikr yuritish
imkoniyati mavjud ekan, muammolar mohiyatiga chuqurroq kirib borish, teran
tahlilga o‘zimizni ham, yosh avlodni ham o‘rgatib borish ayni farzdir. Alisher
Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining muqaddima qismida “Xamsa”ning har bir
dostoni yozilishini kunning ma’lum vaqtlarida o‘qiladigan sahar (fajr), peshin
58
(zuhr), asr, shom va xufton namozlari bilan qiyos etadi. Bu bejiz emas. “Xamsa”
dostonlari ijtimoiy hayotni, turli toifalarning hayotdagi o‘rni va vazifalarini
ularning butun ichki dunyosi va ruhiyati bilan bog‘liq holda tadqiq etgan holida,
undagi barcha botiniy rishtalar yana borib Tavhid e’tiqodiga ulanadi.
Biz o‘z fikrlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning
1991-yil 15-fevraldagi O'zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari
to'rtinchi sessiyasida so'zlangan nutqlari bilan yakunlashni joiz topdik. «Jahon
bo'lmasin do'st, gar bo'lmasa do'st», deydi Alisher Navoiy. Bu misraning mazmuni
keng va chuqur. Alisher Navoiy yilida ulug' bobomiz aytgan nasihatlarga quloq
solish, uning dono fikrlarini amalga oshirish biz uchun ham farz, ham qarzdir.
44
Inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini
Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi.
Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg‘usi ham
bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz
bu bebaxr merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand
etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy
fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo‘lamiz.
45
Yuqorida bildirilgan fikrlarimizdan kelib chiqqan holda quyidagi taklif-
mulohazalarimizni bildirib o’tmoqchimiz:
Navoiy asarlarini chuqur va har tomonlama o’rganishni yanada
takomillashtirish;
Navoiy asarlarini yuzasidan zamonaviy ruhda video va kinofilmlar olishni
o’ylab ko’rish;
Shoir asarlarini yoshlar ongiga singdirishda yangi innavatsion g’oyalar ishlab
chiqish;
Ommaviy axborot vositalari orqali milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni, shu
jumladan, Alisher Navoiy asarlari targ’ibotini yanada rivojlantirish.
44
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent: O’zbekiston, 2012. –B. 214.
45
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. –Тoshkent: Ma'naviyat, 2008. –B.47.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |