Darvesh –
Navoiy
nazdida ma’naviy kamolotga erishgan shaxs, haqiqiy ziyoli timsoli, “ichi tashi
bilan muvofiq, balki arig‘roq (pokroq), botini zohir bila musoviy (teng
muvozanatda), balki yorug‘roq” deb ta’riflaydi ularni shoir. Bu toifa ahli elga faqat
ma’rifat, ilm nurini tarqatish bilan kifoyalanmaydi, ular insonlar diliga poklik,
mehr-oqibat, ezgulikka intiqlik, o‘z-o‘zini anglash tuyg‘ularini singdiradi.
Dehqon va ziyolidan tashqari yana ikki asosiy ijtimoiy toifa mavjud bo‘lib,
ular ham jamiyat uchun zaruriydir. Biri - barcha ijtimoiy sohalardagi tashkil
etuvchilar, ikkinchisi - kosib-hunarmandlar, ya’ni sanoat mahsulotlari ishlab
34
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 14-жилд. –Тошкент: Фан, 1998. –Б.46.
45
chiqaruvchilardir. Tashkil etuvchilar guruhi o‘z tabiatiga ko‘ra, to qadim
dunyodagi qabila boshlig‘idan tortib, o‘rta asrlardagi shoh va sultonlar, yangi
davrdagi burjua sinfigacha ko‘pincha hukmronlik mavqeini egallab kelganlar.
Navoiy bu tabaqa vakillarini birinchi bo‘lib ta’riflaydi: sultonlar, beklar, noiblar,
vazirlar, sadrlar, shayhul-islom va qozilar, lashkarboshi va yasovullar... Bularning
aksariyati mutafakkir shoirning achchiq ginalariga sazovor bo‘ladi. Ularsiz jamiyat
to‘kis emas, ammo ularning “tashkil etish” usullari davr taqozosi va
hukmronlikning murakkab botiniy qonuniyatlari ta’sirida o‘ta johil va ayovsiz
shakllarda namoyon bo‘lar va shu sababli Navoiy singari oriflar va mehr ahli dilida
iztiroblar uyg‘otar edi.
Adib asarida “bozor kosiblari” va o‘zga hunar ahlini ham ayamaydi.
“Bozorda savdogar kosib - tengriga xoin va va’daga kozib (yolg‘onchi). Birga
arzirni yuzga sotmoqdin alarg‘a ming mubohot, mingga tegarni yuzga olmoqdin
alarg‘a yo‘q zarra uyot. Rostliq bila savdo alarg‘a ziyonkorliq va va’daga vafo
alarg‘a badkirdorliq...”
35
Ko‘rinib turibdiki, Navoiy kosibni bozorda, iqtisodiy
muomalada tasvir etmoqda. Bu erda u xususiy mulkchi, ushbu holatda uning
savdogardan, sarmoyasini ko‘paytirish g‘amida yurgan korchalon (biznesmen)dan
farqi yo‘qdir. Hunar ahlining dehqondan farqi - u yaratuvchi sifatida ona-tabiatdan
uzilib qolganligidir. U tabiat bilan emas, bozor bilan bog‘liq, bozorda hamma narsa
nisbiy - yo sen aldaysan, yo seni aldaydilar. Dehqon esa tabiat bilan muloqotda,
tabiatni aldab bo‘lmaydi, oxir-oqibat o‘zing aldanib qolasan. Bu bilimni dehqon va
chorvador ming yillik amaliy tajribasi bilan chuqur o‘zlashtirgan.
Yaratuvchi kosib, hunar ahli o‘z puxta ma’naviy asosini ishlab chiqmagan,
insonlik mohiyatini anglab etmagan bo‘lsa, oddiy bozor tovlamachisi darajasiga
tushib qolishi yoki xonavayron bo‘lishi hech gap emas. Sababi - inson tabiati ham
barcha voqelik hodisalari singari o‘z ichki ziddiyatiga egadir. U bir tarafdan
hayvonot olamiga, ikkinchi tomondan Haqqa, borliqning ma’naviy mohiyatiga
tutashdir. “Lison ut-tayr”da ta’kidlanishicha, inson jismida to‘rt bir-biriga zid
moddiy unsur birlashgan, dili esa haqiqat asrorining ganjinasidir. Hayvonlarning
35
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 14-жилд. –Тошкент: Фан, 1998. –Б.35
46
har qanday toifasi, avvalo qorinning quli, qolaversa o‘z naslidan avlod qoldirish
vazifasini, tabiat buyurgan vazifani bajaradilar, yana bir-biriga emish bo‘ladilar.
Insonda ham hayvonlarda bo‘lgan barcha tabiiy ehtiyojlar mavjud. Agar inson o‘z
aqlini ma’rifat ziyosi bilan yoritmasa, yaratuvchilik vazifasini ado etishga ongli
munosabatda bo‘lib, astoydil shug‘ullanmasa, dilida o‘zgalarga mehr-shafqat
tuyg‘usi yolqinlanmasa, u ham ikki oyoqli mahluq, qorinning quli bo‘lib
qolaberadi.
Insonga aql Haqni tanish uchun berilgan. Agar aql vazifasidan adashsa,
dorilik uchun mo‘ljallangan javhardan zahar sifatida foydalanish kabi holat
vujudga keladi. Zahar vazifasini bajara boshlagan aql qudrati butun insoniyatni
zaharlashga qodirdir. O‘tmish “Lison ul-g‘ayb” egalarining asosiy faoliyat
mazmuni ushbu falokatning oldini olishga qaratilgan edi.
36
Sobiq sho‘rolar davrida biz sof materializm va jangovar ateizm
pozitsiyalarida sobitqadamlik ko‘rsatib, ajdodlarimiz merosidan ham dahriylik
unsurlarini qidirar edik. Mo‘ljalimizga bir oz mos keladigan fikr yo jumla topsak,
uni har tomonlama ko‘z-ko‘z qilardik. Bordi-yu, aksincha bo‘lsa, ularni ommaviy
nashrlardan tushirib qoldirar, murakkab o‘rinlarni ko‘rib-ko‘rmaslikka olib o‘tib
ketar edik. Mustaqillik sharofati tufayli islomga umumiy qaytish jarayoni rivoj
olib, biz ham buyuk ajdodlarimiz asarlaridagi dinga aloqador o‘rinlarga ayricha
ahamiyat bera boshladik. O‘tmish allomalar uchun o‘z-o‘zidan tabiiy bo‘lgan
e’tiqodlilik ko‘zimizga to‘tiyo bo‘lib, “Mana falonchi ham e’tiqodli musulmon
bo‘lgan, Allohga munojot etgan”, deb ta’kidlash bugun bizga faxr tuyg‘usi baxsh
eta boshladi. Tasavvufni ulug‘lash, barcha o‘tmish allomalarimizning mutasavvif
ekanligiga e’tibor qaratish ham ushbu jarayonning uzviy qismidir. Har ishda
me’yor tuzuk. Inson tabiati faqat ruhiy dunyodan iborat bo‘lmagani sababli, u agar
to‘liq moddiy dunyo ehtiyojlarini rad etsa, yo bu foniy dunyoni tark etmog‘i, yo
ikkiyuzlamachilikni, ya’ni riyokorlikni kasb etmog‘i lozim. Ahli futuvva ushbu
ziddiyatni engib o‘ta olgan jamoadir. Futuvva ma’naviyatini o‘zlashtirgan kishi
amalda yaratuvchi va ruhiyatda darveshdir. Uning axloqiy jihatdan sifati -
36
Алишер Навоий. Лисон ут-тайр. –Тошкент: 1991. –Б.83.
47
javonmardlik, ya’ni sahovatlilik, oliyhimmatlik, kamtarinlik, to‘g‘riso‘zlik,
mardlik kabi xislatlarning uzviy yaxlitlikda namoyon bo‘lishidir. “Bu guruh
mehnat bilan topgan nonini boylik deb bilgay”, deb yozadi Kaykovus. Ahli
futuvva, yoki javonmardlar – IX-XV asrlarda islom mintaqasida keng tarqalgan
ijtimoiy-ma’naviy oqim namoyandalari, asosan shahar kosib-hunarmandlaridan
iborat bo‘lib, piri komil rahbarligida ham jismoniy, ham ma’naviy kamolot sari
intilishni halol rizq topish harakati bilan uyg‘unlikda olib borgan yuksak
ma’naviyatli shaxslar jamoasi. Navoiyning ustozi Pahlavon Muhammad XV asr
Hirot javonmardlarining piri bo‘lgan.
Darhaqiqat, Alisher Navoiyning “Nasoim ul-muhabbat min shamoim ul-
futuvvat” asarida tilga olingan mashoyix va avliyoning hayot tarzidagi asosiy
xususiyatlardan avvali ularning har biri bir kasb bilan mashg‘ul bo‘lib, halol
mehnatlari hisobiga ro‘zg‘or tebratishlaridir: Abu Said Xarroz - etikdo‘z,
Muhammad Sakkok - pichoqchi, Abu Hafz Haddod - temirchi, Abulabbos Omiliy -
qassob, Ibrohim Ojiriy - g‘isht quyuvchi, yana birlari hammol, boshqalari najjor,
hech bo‘lmasa, o‘tin tashuvchi va hokazo.
37
Ma’naviyat - o‘zlikni anglashdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, milliy
ma’naviyat tarixi millatning o‘zligini anglash yo‘lidagi takomil bosqichlaridan
iborat. Avvalo inson urug‘ jamoasi, qabila darajasida, so‘ng xalq, millat darajasida
o‘zligini anglab etdi. Insoniyat takomilidagi necha ming yillar davom etgan bu
birinchi katta davr millatimiz uchun VI-VII asrlarda Buyuk turk xoqonligining
tashkil topishi bilan yakunlandi.
Keyingi davr millatimizning islom mintaqa madaniyati doirasida bosib o‘tgan
takomil yo‘li bo‘lib, VIII asrdan XVI asr boshlarigacha davom etdi. Ilohiy
kitoblarda avval boshdanoq butun insoniyat, tabiat va koinotning yaxlitligi, birligi
haqida xabar berilgan bo‘lsa ham, «yer yuzidagi xalifalar» atalmish insonlar
umumbashariy miqyosda o‘zaro bir-biriga nisbatini mukammal anglab etishi uchun
ne-ne zamonlar kerak bo‘ldi.
37
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 15-жилд. –Тошкент: Фан, 1998. –Б.68.
48
XIV-XV asrlarga kelib tavhid ta’limotini tushunish eng yuksak bosqichga
ko‘tarildi. Shu asrda Evropa xristian dunyosi bilan bizning mintaqa orasida ham
tarixiy-siyosiy, ham ruhiy-ma’naviy yaqinlashuv kuzatiladi. Siyosiy jihatdan bu
hodisa Amir Temur davlatining xalqaro aloqalarida ko‘zga tashlansa, ma’naviy
jihatdan Sharqda Alisher Navoiy, G‘arbda Piko della Mirandola (1463-1494) kabi
buyuk siymolar ijodida yorqin namoyon bo‘ldi.
Shu jihatdan Alisher Navoiy ijodiy kamolotining uchinchi, eng yuksak
bosqichi haqida yana biroz to‘xtashga to‘g‘ri keladi. 1497 yilda temuriyzoda
o‘smir, 14 yoshli Mo‘‘min Mirzo xoinona qatl etildi. Bu hodisa VIII-XV asrlarda
mintaqa miqyosida erishilgan buyuk ma’naviy kamolot bilan siyosiy hayot
sohasidagi hanuz saqlanib kelayotgan xurofiy an’analar orasida borgan sari
chuqurlashib borayotgan ziddiyatning halokatli tus ola boshlaganiga yana bir jiddiy
ishora bo‘ldi.
Mastlik g‘aflatida o‘z sevimli nabirasi qatliga imzo chekkan Sulton Husayn
dinu imon nimaligini bilmagan johil va mutakabbir, xudbin va mustabid shaxs
emas, balki Forobiy va YUsuf Xos Hojib tavsif etgan ma’rifatli hukmdor, Navoiy
orzusidagi darvesh-shoh timsoli edi.
Bu fojia ortidagi teran mohiyatni butun ko‘lami bilan Alisher Navoiy tushunib
etdi. Navoiyning vasiyatnomasi hisoblanuvchi so‘nggi uch asari: «Lison ut tayr»
(1498), «Muhokamat ul -lug‘atayn» (1499) va «Mahbub ul-qulub»(1500) o‘z
mazmun-mohiyati bilan, bir jihatdan,VIII-XV asrlar islom mintaqa ma’naviyati
takomiliga yakun yasasa, ikkinchi jihatdan, ham millatimiz, ham umumbashariyat
ma’naviy takomilida uchinchi - Yangi davrni boshlab beradi. Alohida jiddiy tahlil
talab qiluvchi bu masalani har tomonlama yoritishga intilmagan holda bir necha
muhim nuqtalariga to‘xtalib o‘tamiz.
Alisher Navoiy butun ijodida salaflar an’anasiga tayandi. Ammo ushbu
an’analar chegarasida turgan holda ularga o‘z ijodida shunday nazmu tartib baxsh
etdiki, buning natijasida mutlaqo yangi mohiyatlar kashf etildi. Birinchidan,
«Lison ut-tayr»da «majoz tariqi» vositasida insoniyatning yaxlitligi va buni anglab
etish har bir insonning ma’naviy kamolot sari cheksiz intilishi orqali yuz berishi
49
mumkin ekanligi yana bir karra ta’kidlandi. Shu bilan birga bashariyat miqyosidagi
mukammal ijtimoiy tizim shakllanishi undagi har bir shaxsning ma’naviy
barkamolligi bilan bog‘liq ekanligi, bu barkamollik bashariyatning har bir a’zosiga
(uzviga) nisbatan beg‘araz va samimiy mehr mas’uliyati bilan o‘lchanishi yorqin
timsollarda ochildi. Ayniqsa, Shayx San’on qissasida bu g‘oya muhim va muayyan
bir muammoni - har ikkisi ham «ahli kitob» bo‘lmish islom va xristian dunyosi
kishilarining o‘z ichki ruhiyatidagi turli xurofotlarni engib o‘tib, beg‘araz va fidoyi
mehr asosida o‘zaro yaqinlashuvlari mumkinligini ko‘rsatish bilan ifodalandi. Endi
insoniyatning yaxlit mohiyat sifatida birlashuvi zo‘rlik va bosqin asosida emas,
o‘zaro mehr va bir-birini tushunishga intilish, har bir shaxsning ma’naviy kamoloti
orqali erishiladigan voqelik ekani - Yangi davrning bu buyuk haqiqati - 500 yil
ilgari shunday bashorat etildi.
Ikkinchidan, «Muhokamat ul- lug‘atayn»da Alisher Navoiy davr taqozosi
bilan mintaqa bo‘ylab sochilib ketgan turkiy qavm vakillarining yaxlit ma’naviy
qiyofasini tugal saqlab qolish yo‘lidagi barakali faoliyatiga nazariy yakun yasadi.
Amir Temur yaratgan siyosiy-hududiy yaxlitlik oxirgi urinish ekanligini dildan
sezgan ulug‘ shoir Yangi davr sharoitida ma’naviy umumiylikka intilish xayrli
ekanligini anglab yetdi va shuni aniq nazariy asosladi.
38
Uchinchidan, «Mahbub ul-qulub»da o‘sha davr jamiyatidagi turli toifalar o‘z
salbiy va ijobiy xislatlari bilan to‘liq ta’rif etilib, ularning har biri jamiyat
taraqqiyoti va davlat tizimida qanday o‘ziga xos vazifa egasi ekanliklari
tushuntirildi. Bu jihatdan, Alisher Navoiy Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va
boshqalarning siyosiy-ijtimoiy qarashlarini ijodiy rivojlantirdi. Agar «Qutadg‘u
bilig» muallifi birinchi o‘ringa «xos ahli»ning to‘rt etakchi namoyandasi –elik,
ya’ni hukmdor (Kuntug‘di - adolat timsoli), vazir (Oyto‘ldi - baxt, davlat timsoli),
uning o‘g‘li va o‘rinbosari (O‘gdulmish - aql, bilim timsoli) va zohid
(O‘zg‘urmish- qanoat timsoli)ni chiqarib, qolgan ijtimoiy toifalarni ularga tobe
tarzda tasvirlagan bo‘lsa, Alisher Navoiy 40 bobda barcha toifalarga teng o‘rin
ajratibgina qolmay, asosiy moddiy boylik yaratuvchi kuch - dehqonlar va
38
O‘zbek adabiyoti. Darslik. 10-sinf. –Toshkent: 1999. –B.69.
50
ma’naviyat ahli - ziyolilar timsoli - darveshlarni alohida mehr bilan tasvirladi.
Yana alohida qismlarda eng muhim ijtimoiy-axloqiy xislatlar mohiyati va shaxs
tarbiyasiga oid ibratli tanbehlar joy oldi. «Mahbub ul-qulub» mundarijasi, «Lison
ut-tayr» dostonidagi ijtimoiy-siyosiy talqin qatlami bilan birgalikda, yangicha
ijtimoiy tizim - fuqarolik jamiyati ma’naviy talablariga ishora etuvchi ilk
kurtaklardan bo‘lib chiqdi.
Alisher Navoiy «vasiyatnomasi» Yangi davr ma’naviyatining o‘zak tomirlarni
o‘ziga xos badiiy va ilmiy shakllarda ilk bor izchil ifoda etish bilan islom mintaqa
ma’naviyati va Yangi davr o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lib xizmat qildi.
Alisher Navoiy ijodining bu «ko‘prik»lik xususiyati yaxlit olganda shoir ilmiy
izohlab bergan «majoz tariqi
»
tushunchasida mukammal ifodasini topdi. Birinchi
navbatda badiiy ijod sifatida mujassamlashgan bu tushuncha mohiyat jihatidan
badiiy tafakkur doirasi bilan cheklanmas, balki «Al-majozu qantarat ul-haqiqa»
(Majoz haqiqatning ko‘prigidir) hadisiga tayanuvchi alohida dunyoqarash tizimi
sifatida inson hayotining barcha jabhalariga taalluqli edi. «Majoz tariqi»
namoyandalari Haqiqat asrorini majozdan izladilar, «majoz»da Haqiqat izlarini
ko‘rdilar va fano orqali baqoga intildilar. «Majoz tariqi»da Tavhid mohiyati Yangi
davr qadriyatlariga muvofiq keluvchi yangicha talqin oldi. Bu olamshumul
kashfiyot edi.
Sunna ibrat orqali e’tiqod bo‘lib, Borliqning yagona Oliy Haqiqati
mavjudligini tan olish va unga chin dildan e’tiqod qilishni taqozo etgan,
ma’rifatchilik - insoniyat anglab etgan barcha mavjud bilimlar mohiyatan Tavhid
e’tiqodiga muvofiq ekanligini ilm va mantiqiy tahlil vositasida isbot qilishga
qaratilgan, Irfon Haqiqat ishqi alangasiga tik kirib borib, nafsni xudbinlik zangidan
poklash va shu orqali shaxsning Oliy Haqiqatga daxldorligini amalda ta’minlash
yo‘li sifatida o‘zini ko‘rsatgan bo‘lsa, «Majoz tariqi» Haqiqat izlovchilarni yana
baqodan fanoga yuzlantirdi. O‘zligini anglab etganlar endi o‘zgalarni anglashga
intilib, o‘z qalbiga sayqal berib, unda Haqiqat nurining aks etishiga erishganlar.
Endi o‘zgalar qalbiga ziyo baxsh etishni hayot mazmuniga aylantirmoqlari asosiy
maqsad yo‘nalishi qilib belgilandi. Navoiy aqidasiga binoan etakchi qoida
51
«naf’rasonlik», inson ko‘nglini anglab etish va insonni mehr vositasida tarbiyalash
edi.
Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.
39
Ya’ni, bu foniy dunyoda bir ko‘ngli o‘ksik insonga shodlik bag‘ishlash Alloh
Ka’basini, buzilib ketgan bo‘lsa, qaytadan obod qilishga tengdir. Oriflar ko‘ngil
Ka’basini toshdan tiklangan Ka’badan ulug‘ bildilar. Chunki Ibrohim va o‘g‘li
ko‘ngillarida nurlangan Haq ishqi tufayli Ka’ba qayta tiklandi. Tosh Ka’ba tavhid
e’tiqodining timsoli bo‘lsa, ko‘ngil Ka’basi uning asl makoni etib mo‘ljallangan.
Ammo inson ko‘nglini obod etish oson yumush emas. Buning uchun foniy dunyo
qonuniyatlarini yangidan kashf etmoq kerak. Endi faqat Borliqning asl mohiyatini
izlash kifoya qilmaydi. Foniy dunyo unsurlarini surat va ma’ni yaxlitligida tadqiq
va tahlil etish talab etiladi. Ilohiy kitoblar Borliqning asl mohiyati va Tavhid
Haqiqatidan xabar berishadi. Foniy dunyo unsurlarining tadqiqi esa insonlarning
o‘z vazifasi doirasidadir. Faqat dilda Haqiqat ishqi bilan halol va xolis yondoshuv
lozim. Halollik va xolislik bo‘lmasa, haqiqat yuzaga chiqmaydi. Inson yo‘ldan
ozadi va o‘zgani ham halokatga eltishi mumkin. Xolislikning asosiy sharti kibr
balosidan istig‘for etishdir. Ko‘ngilda Haqiqatdan o‘zga zarra g‘ubor ham
bo‘lmasin. Ammo Haqiqat faqat mening ko‘nglimda, deb o‘ylagan inson ham
yanglishadi. Ahli bashar barchasi Allohning xalifalaridir. Demak, Haq yagona,
ammo uning turli qirralari turli ko‘ngillarda qaror topishi mumkin. Agar ushbu
asosni siyosatga tatbiq etsak, er yuzida davlat hokimiyatining ham yagona manbai
umumxalq irodasi bo‘lib chiqadi.
Tavhid haqiqati - timsol-tushuncha sifatida milliy ma’naviyatimiz tarixiy
takomilida turli zamon va turli soha namoyandalari tomonidan turlicha talqin
etilgan. Masalan, (Sunna bosqichiga xos) diniy talqini – faqat Allohning yagona
ma’bud (sig‘inishga loyiq yagona zot) ekanligi, (Islom ma’rifatchiligi bosqichiga
xos) ilmiy talqini dunyodagi jonli va jonsiz, harakatda va sokinlikda ko‘ringan,
o‘tmish, bugun va kelajakka oid narsa va hodisalarning o‘zaro uzviy bog‘liqligi,
39
Алишер Навоий. Хазойин ул-маоний, 3-жилд. –Тошкент: 1960. –Б.621
52
yagona manba va manshaga oidligi, uyg‘unligi va yaxlitligi, (Tasavvuf tariqatlari
yoxud irfon bosqichiga xos) tasavvufiy (irfoniy) talqini - haqiqiy (boqiy) Borliq
faqat Haqning Borlig‘i ekanligi, (“Majoz tariqi” bosqichida shakllangan) mumtoz
adabiyotimiz namoyandalari ijodida aks etgan qarash - haqiqiy Borliq - Haqning
Borlig‘i, bu dunyo – ya’ni biz ko‘rib turgan moddiy olam esa Haqning mazhari
(ko‘zguda namoyon bo‘lishi), ammo biz insonlar ham ushbu ko‘zgudan (majoz
olamidan) tashqarida emasmiz, shunday ekan, biz asosiy e’tiborni Haq jamoli aks
etuvchi ko‘zgu bo‘lmish inson qalbiga qaratishimiz, insonga mehr qo‘yishimiz,
qolaversa, Alloh yaratgan moddiy olamning har bir zarrasiga mehr va e’tibor bilan
qarashimiz, jiddiy o‘rganishimiz, ijtimoiy hayotimizni ham ma’naviy qadriyatlarga
tayangan holda takomillashtirib borishimiz lozim. Shunday qilib, “Majoz tariqi”da
Tavhid mohiyati Yangi davr qadriyatlariga muvofiq keluvchi yangicha talqin oldi.
Albatta, sanab o‘tilgan talqinlarning birortasi boshqalariga zid emas, milliy
ma’naviyatimizda ular mohiyatan bir-birini to‘ldirib keladilar.
Yangi davrning mohiyati ushbu ikki asos - dunyoni surat va ma’ni yaxlitligida
o‘rganish va bahamjihatlikda boshqarishga intilish bilan o‘zligini namoyon etadi.
Bu ikki asos bir-biri bilan uzviy chatishib ketgan.
Yangi davr ma’rifatchiligi xos va avom orasidan chegarani olib tashlashga
qaratildi. Buning, albatta, o‘ziga yarasha xavfi ham yo‘q emas edi. Navoiyning
dehqonlarga bergan bahosi, ijtimoiy toifalar haqidagi mulohazalari ushbu
muammoni to‘g‘ri hal qilishning, nazarimizda, eng maqbul yo‘li edi.
Foniy dunyoni surat va ma’ni birligida tadqiq etish ijtimoiy voqelik tadqiqini
ham taqozo etadi. Bu harakat islom dunyosida Forobiylar davridan boshlangan
bo‘lib, Ibn Xaldun ijodida o‘z cho‘qqisiga erishdi. Bu ulug‘ tarixchi-faylasuf
taqvodor va xudojo‘y kishi edi. Uning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotga oid qarashlari
insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzumi darajasidan shahar jamoasi tuzumi darajasiga
qarab yuksalishi va bu ikki ijtimoiy tuzum bosqichlarining o‘zaro qiyosi asosiga
qurilgan edi.
Bahouddin Naqshbandning «dil ba yoru dast ba kor» qoidasi, Ibn Xaldunning
tarixiy taraqqiyot haqidagi nazariyasi XIV asrda Amir Xusrav va Hofiz Sheroziylar
53
she’riyati bilan bir paytda shakllandi va ular barchasi o‘zaro uyg‘unlik kasb etdi.
Shu davrda hukmronlik qilgan Temur o‘zini shoh yoki culton atamadi, o‘lgunicha
boshqa amirlar qatori Amir Temur bo‘lib qoldi. XV asr ma’naviyat zamoni, Xoja
Ahror va Alisher Navoiylar zamoni bo‘ldi.
Ammo, afsus, na sarbadorlar, na temuriy mirzolar Yangi davr davlatchiligi
asoslarini uzil-kesil amalga tadbiq eta bilmadilar. Ma’naviyatda anglab etilgan
Haqiqat siyosatga to‘liq joriy etilmadi. XV asrda Xoja Ahror va Alisher Navoiylar
ijtimoiy mo‘‘tadillikni saqlab turishga astoydil intilgan bo‘lsalar ham, XV asr
ikkinchi yarmida Shohruh va Ulug‘bek mirzolar hukmdorlik davridan keyin
boshlangan siyosiy parokandalik jarayoni borgan sari kuchayib bordi. Na Sulton
Husayn, na Bobur bu jarayonni to‘xtatib qola bilmadilar.
Xulosa qilib aytganda, asrlar davomida bu buyuk daho qalamiga mansub
mansub bebaho ilmiy-adabiy meros insoniyatning ma’naviy kamolotiga munosib
xizmat qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |