nazdida Borliq Haqiqatini tan olishdan bosh tortuvchi, norizolik va badbinlik,
xiyonat va xudbinlik, xarom va qahr yo‘lini tanlaganlar, imonsiz kishilar. Muqbil
va Mudbir, Suhayl va Jobir, Juna va Jaysur, Ma’sud va Mallu timsollari ushbu ikki
guruhga mansub bo‘lib, hayot sinovlaridan qanday o‘tishiga qarab, «ahli qabul»
saodatga, «ahli rad» esa qilmishlariga yarasha jazoga erishadilar. Ichki
qissalaridagi bu timsollar asar bosh qahramoni Bahromshoh uchun ham ibrat
sifatida keltiriladi. Ammo hukmdor o‘z xirsu havaslarini jilovlab ola bilmaganligi,
begunoh jonzotlar qonini ayovsiz to‘kkanligi kasofatidan o‘zi ham er yutib halok
ma’rifatli hukmdor rahnamoligida markazlashgan davlat barpo etish, xalq
oshoyishtaligi va yurt ma’murligini ta’minlash, o‘zaro toj-taxt kurashlari, ixtilof-u
nifoqlarga barham berish singari umumbashariy g‘oyalarini o‘zida badiiy ifoda
etgan dostondir.
Vohidov R,. Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. –Toshkent: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Vohidov R,. Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. –Toshkent: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
29
dostonini eslatadi. Unda ham har bobda turli ijtimoiy-axloqiy mavzudagi falsafiy
mulohazalar, ibratli kichik hikoyat va hikmat-xulosa beriladi. SHundan so‘nggina
Iskandar hayotidan bir voqea hikoya qilinadi. Iskandar timsoli yaqingacha ham
E.E. Bertels talqiniga binoan odil shoh timsoli deb qabul qilib kelindi. Faqat Aziz
Qayumov 1975 yilda nashr etilgan ushbu mavzudagi maxsus risolasida asli Navoiy
qahramoni murakkab timsol ekanini, dostonda Iskandar qiyofasi tadrijiy
o‘zgarishda ochib berilganini ilmiy isbot etdi.
25
YUnon shahzodasi avval shohlikka
o‘zini noqobil deb bilgan jur’atsiz va kamtar o‘smir bo‘lsa, hayot va fotihlik
siyosati taqozosi bilan asta-sekin o‘zbilarmon va shafqatsiz istilochiga aylanib
boradi va faqat o‘limi yaqinlashganini sezgach, joh va kibr yo‘lidagi butun
urinishlari sarob ekanligini anglab etib, ko‘zi ochiladi.
Xulosa qilib aytganda, «Xamsa»da majoziy ishq tasvirlanadi, insonning
insonga munosabatidan, ya’ni axloqiy munosabatlaridan boshlab, hukmdorning
fuqarolarga va, umuman, hukmdorlikka, toj-taxtga munosabati, o‘z navbatida toj-
taxtning, hukmdorlik mavqeining insonga ta’siri, ya’ni insonlar hayotiga oid
ijtimoiy, axloqiy munosabatlar majmui Tavhid e’tiqodi nuqtai nazaridan ko‘rib
chiqiladi. «Xamsanavislik» an’anasi islom mintaqa ma’naviyati takomilining
badiiy tafakkurdagi o‘ziga xos mahsuli bo‘lib, shunga yarasha munosabatni talab
qiladi. Bu an’ana tadqiqotchidan ham, oddiy kitobxondan ham har bir dostonnning
shakl va mazmuniga alohida e’tibor talab qiladi, chunki bir mavzuda yozilgan
o‘nlab dostonlar diqqat bilan o‘qilsa, aslo bir-birini takror etmagani, balki o‘zaro
ijodiy bahsda yozilgani ma’lum bo‘ladi. Shu sababdan har bir dostonni o‘qiganda
ham uning ushbu mavzu silsilasidagi o‘rniga, ham har bir shoir ijodiy merosidagi
mavqeiga ahamiyat qaratish lozim. Shundagina uning tamomila o‘ziga xosligi va
mazmun qamrovini anglab etish mumkin.
25
Қаюмов А. Садди Искандарий. –Тошкент: Фан, 1975. -Б. 49-56.