Ushbu Bitiruv malakaviy ishida XV asr madaniyati tarixida Alisher



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana13.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#356379
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
alisher navoij manavij olamining yangi davr

   

Fidoyi ishq shav, gar xud majozist, 

   

Ki davlatro dar-u po‘shida rozist, 

   

Haqiqat dar majoz inak padid ast, 

   

Ki fathi on xazina z-in kalidast.

 16


 

   

(O‘zingni ishqqa baxsh et, agar u majoziy bo‘lsa ham, 

   

CHunki unda saodat sirlari yashirindir. 

 

 

Haqiqat majozda shunday o‘zini namoyon etadiki, 

   

Ul xazinani qo‘lga kiritmoq imkoni ushbu kalit orqali bo‘ladi.) 

Shoir  majoziy  ishqqa  shunday  ta’rif  berish  bilan  ham  cheklanmaydi,  u  o‘z 

davridagi ba’zi «ishqi haqiqiy»dan lof uruvchilarni fosh etishni ham lozim topadi: 

   

Tuk-az «ishqi haqiqiy» lofiy, ey do‘st, 

   

Xaroshi so‘zane benmoy dar pust, 

   

Tu k-az bongi sage az din shavi fard, 

   

Nadori sharm az-in imoni bedard. 

   

(Ey, sen «ishqi haqiqiy» dan lof uruvchi do‘st, 

                    Badaningga bir igna qadalishini tasavvur qilib ko‘r.   

   

Nogahon it «vov» desa cho‘chib dindan chiqib ketasanu, 

   

Yana bunday «dardsiz imon»ingni ko‘z-ko‘z qilgani uyalmaysanmi?) 

Bunday  mulohazalar  tug‘ilishi  uchun  Farididdin  Attor,  Jaloliddin 

Rumiylarning  yuksak  irfoniy  she’riyati,  Ibn  al-Arabiyning  mukammal  irfoniy 

falsafasi yaratilib, o‘zlashtirilib bo‘lingan, Abduholiq G‘ijduvoniy izdoshlari uchun 

Mansur  Xalloj  va  Boyazid  Bistomiylarning  tasavvufdagi  oxirgi  maqomi  birinchi 

maqomga,  oxirgi  qadami  birinchi  qadamga  aylangan  bo‘lishi  kerak  edi.  Nizomiy 

davri uchun esa «ishqi haqiqiy» va «ishqi majoziy»ni bir-biridan farq qilishga hali 

juda  erta  edi.  Shu  sababli  ulug‘  shayx  merosida  biz  bunday  tazodni  uchratmadik. 

Nizomiyni  shoirlarning  hech  bir  guruhiga  qo‘shmasligi  ham  shu  jihatdan  Alisher 

Navoiyning nazariy xulosalarda nihoyatda ilmiy ehtiyotkorligiga ishoradir.  

                                                           

16

 Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 13-жилд. –Тошкент: Фан, 1993. -Б. 34-39 




20 

Amir  Xusrav  Dehlaviy  «Xamsa»si  ongli  ravishda  majoziy  ishqni  kuylashga 

bag‘ishlangan.  Ajablanarli  joyi  shundaki,  Nizomiy  Ganjaviy  dostonlarining 

bizgacha  etib  kelgan  eng  qadimgi  qo‘lyozmalari  XIV  asr  o‘rtalariga  mansubdir. 

Amir  Xusrav  «Xamsa»sining  saqlanib  qolgan  eng  birinchi  qo‘lyozmasi  vafotidan 

30  yil  keyin  ko‘chirilgan  (ba’zilarini  Hofiz  Sheroziy  ko‘chirgan  deb  taxmin 

qilinadi).  Nizomiy  Ganjaviy  «Xamsa»sining  hozir  ilmiy  iste’molda  mavjud  to‘liq 

nusxalari  esa  bundan  ham  keyinroq,  1362-1365  yillarda  ko‘chirilgandir.  Ulardan 

ko‘ra qadimiyroq, ayniqsa, XII-XIII asr nusxalari hanuz topilgan emas. Shu asosda 

Nizomiy  «Xamsa»  sining  keng  urf  bo‘lishi  uning  salafi  Amir  Xusrav  Dehlaviy 

faoliyati bilan bog‘liq emasmikan, degan faraz paydo bo‘ladi. Chunki Nizomiyning 

fikriy  dunyosi  juda  murakkab,  uni  anglab  etish  oson  emas,  Dehlaviy  «Xamsa»si 

esa, ma’lum ma’noda, Nizomiy badiiy olami uchun ham kalit bo‘la oladi. Aniqroq 

qilib  aytsak,  Nizomiy  ma’naviyatini tushunish uchun  XII  asrdan  ko‘ra  XIV  asrda 

muvofiqroq  fikriy  muhit  hosil  bo‘lgan  edi,  deyish  mumkin.  Amir  Xusrav 

«Xamsa»dan  so‘ng  yozilgan  tarixiy-ishqiy  dostoni  «Duvalroniy  va  Xizrxon» 

qahramonlarining muhabbati ham majoziy ekanligini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi: 


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish