1.2. Xamsachilik an’analarining shakllanishi va turkiy «Xamsa»ning
mohiyati
Xamsachilik Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari adabiyotida uzoq va murakkab
tarixga ega bo‘lgan an’anadir. Bu an’ana ulug‘ ozarbayjon shoiri va mutafakkiri
Nizomiy Ganjaviyning (1141-1209) adabiy faoliyati bilan boshlandi. “Panj-ganj”
asarining yaratilishi musulmon olami badiiy so‘z san’ati tarixida inqilobiy hodisa,
mo‘jizaviy voqea bo‘ldi. Ma’lumki, shayx Nizomiy «Xamsa» yozishni avvaldan
maxsus rejalashtirgan emas. Ammo she’riyatda mutlaqo yangi bir yo‘nalishga asos
solayotganini o‘zi sezib turgan. Uning birinchi dostoni «Maxzan-ul-asror» («Sirlar
xazinasi») deb ataladi. Asarning ilk satrlari quyidagicha jaranglaydi:
«Bismillohir rahmonir rahim,
Hast kalidi dari ganji hakim.
13
(«Bismillohir rahmonir rahim» kalimasi
Hikmatlar egasi xazinasiga kaliddir).
Ushbu satrlar birinchi - «tavhid» bobiga kirish bo‘lib, uning mazmuni
yaratganning hamdidir. Shundan so‘ng ikki munojot, Payg‘ambar na’ti, so‘ngra
12
Vohidov R,. Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. –Toshkent: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006. –B.124.
13
Низомий Ганжавий. Куллиёт. 5-жилд. Душанбе-Ирфо, 1984. –Б. 256.
17
me’roj tasviriga bir necha bob bag‘ishlanib, keyin shoir zamona podshohi
Faxriddin Bahromshohni madh etishga kirishadi.
Ma’lumki, Sanoiy ham asari oxirida o‘sha davr hukmdori Abulxoris
Bahromshohga madhiya bitgan edi. Nizomiy shu bahonada o‘z dostonini Sanoiy
asariga qiyoslab o‘tadi:
On zare az koni kuhan rixta,
V-in dure az bahri nav angixta.
14
(Ul eski ma’dandan oltin quygandi,
Bul yangi dengizdan gavhar chiqardi)
Ushbu qiyosda Sanoiyning she’riyat kamolida birinchi bosqichning
yakunlovchisi bo‘lgani, Nizomiy esa yangi davrni boshlab bergani ta’kid
etilmoqda.
Madhiyalardan so‘ng Nizomiy «ko‘ngilni anglash» («shinoxtani dil») haqida
bir qator boblar yaratadi va ularda insonning ruhiyat iqlimlari ajoyib tashbeh va
timsollarda teran tahlil etiladi. Bu holatlar, ya’ni insonning o‘z ko‘ngil bog‘ida sayr
etishi tunda va xilvatda amalga oshirilganligi alohida qayd etiladi.
Dostonning asosiy qismi yigirma maqolatdan tashkil topgan bo‘lib, ular
Odam Atoning, ya’ni Insonning yaratilishi, uning asl mohiyati, burch va vazifalari,
hukmdor adolati, dunyoning buqalamunligi, insonlarning bir-biriga va umuman
tirik mavjudotga munosabati, jamiyatdagi qabihliklar, do‘stlik va vafo masalalariga
bag‘ishlangan. Har bir maqolat oxirida ijtimoiy hayotdan bir hikoyat ibrat
yo‘sinida ilova qilinadi va undan axloqiy-falsafiy xulosalar chiqariladi. Bu
dostonda inson va jamiyat, Inson va Oliy Borliq munosobatlarini bir-biridan
ajratmagan holda, uyg‘unlikda tahlil va tadqiq etiladi. Shu jihatdan uning Sanoiy
asariga mazmun va mavzu tarkibida hamohangligi bejiz emas. Ammo «Hadoyiq
ul-haqiqa» Sanoiy ijodi uchun yakuniy asar, xulosa bo‘lsa, Nizomiy uchun
«Maxzan-ul-asror» ijodiy rejalarining boshlanishi, ilk muqaddima edi. Agar
Farididdin Attor butun umr Inson va Oliy Borliq nisbatini tahlil etishga uringan
bo‘lsa, Nizomiy o‘zining ikkinchi dostonidan boshlab ijtimoiy munosabatlar,
14
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 11-жилд. –Тошкент: Фан, 1993. -Б. 34-39
18
insonlararo munosabatlar tahliliga kirishib ketadi. «Xusrav va Shirin» shohlik va
oshiqlik, adolat va muhabbat masalalarini, «Layli va Majnun» ishq va oilaviy
munosabatlar, ishq va insoniylik, ishq va urf-odatlar, bir so‘z bilan aytganda,
insonlar jamoasida ishq va oshiqlik martabasi masalalarini, «Haft paykar»
hukmdor va raiyat, adolat va zulm, xudbinlik va fidoiylik, insonning jamiyat
oldidagi burch va ma’suliyati, inson baxti va fojiasi masalalarini, «Sharafnoma» va
«Iqbolnoma» dostonlari esa afsonaga aylangan tarixiy Iskandar hayoti va taqdiri
orqali umuman o‘sha davr ijtimoiy hayotining murakkab va dolg‘ali manzarasini,
insonlar jamiyatining falsafiy va amaliy qiyofasini, mohiyatini ochib berishga
qaratilgan. Nizomiy yaratgan olti dostonning oxirgi ikkitasi «Iskandarnoma»
sarlavhasi ostida birlashtirilib, «Xamsa» (Beshlik) ga aylandi. «Xamsa» badiiy
olami esa islom mintaqa ma’aviyati takomilida butkul yangi bosqichning ibtidosi
edi. Tasavvuf irfoni islom ma’rifatchiligi bilan deyarli bir paytda (IX asrdan)
boshlanganidek, bu safar ham Nizomiy asos solgan yangi yo‘nalish «haqiqat
tariqi» (ya’ni tasavvuf epik she’riyati) bilan deyarli bir davrdan boshlandi. Ammo
«Xamsa» yo‘nalishi Nizomiy ijodida biroz «o‘z vaqtidan ilgari» yuz ko‘rsatgan
bo‘lib, davr tasavvuf bosqichi kamolotini taqozo qilar edi. SHu sababli XII asr
ikkinchi yarmida yaratilgan Nizomiy merosi 150 yil ulusning diqqat markazidan
chetda qolib keldi. Hatto XIII asrda ijod etgan Sa’diy SHeroziy yana ma’lum
ma’noda Sanoiy an’anasini davom ettirib, o‘zining «Bo‘ston» va «Guliston»
asarlarini «Hadiqa» yo‘nalishda, o‘sha erkin uslubda yaratdi. Faqat Hindistonni
Vatan deb bilgan forsiyzabon turk Amir Xusrav Dehlaviygina, XIII asr oxirida uch
devon va bir yirik doston yaratib ulgurgach, 50 yoshga yaqinlashganida, ya’ni XIV
asr bo‘sag‘asida Nizomiy «Xamsa»siga javob yozishga bel bog‘ladi va 1302 yilga
borib (4 yil ichida) o‘zining javob-tatabbusini to‘liq yozib tugalladi.
15
Alisher Navoiy «majoz tariqi» haqida yozar ekan, Nizomiy Ganjaviy nomini
tilga olishga jur’at etmaydi, buning sababi ulug‘ shayxning tafakkur olami har
qanday qoliplarga sig‘masligini dildan his qilganidan bo‘lsa kerak. Ammo Amir
Xusrav Dehlaviy ismi so‘zsiz «haqiqat asroriga majoz tariqin maxlut qilganlar»
15
O‘zbek adabiyoti. Darslik. 10-sinf. –Toshkent: O’qituvchi, 1999. –B.69.
19
qatorida shayx Sa’diydan keyingi faxrli o‘rinni egallagan. Bu bejiz emas, albatta.
«Hind sehrgari» (sohiri hind) ning o‘ziga murojaat etaylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |