deb boshlanadi. Nizomiy ushbu satrlarning birinchisi bilan «Maxzan ul-asror» ni
avvalo ushbu satrni sharhlash uchun alohida bir bob bag‘ishlaydi va uni ajoyib
ibratli tazod – «ahli qabul» va «ahli rad» tushunchalarini nisbatan izohlab beradi.
Komil inson tarbiyasi ushbu ilk bobdan boshlanadi. Insonni «ahli qabul» bo‘lishga
etuvchi, insof va diyonat, sabr va rizolik, halollik va mehr yo‘lini tanlagan imon-
«Hayratul abror»ning birinchi maqolati Imon haqida. Unga shunday batafsil
25
xayrihi va sharrihi» demakdan maqsud bu kalimot emas va agar ahli zohir muni
imon desa, ahli ma’ni demas va uluhiyat daryosig‘a shinolig‘ ajzin zohir qilmoq,
maloika havosida bir necha qanot urmoq va kutub avroqida bir necha harf surmak
va rusul jodasida necha qadam yugurmak va qiyomat qoyim bo‘lurida qiyom
ko‘rguzmak va qadar bobida aloqadri hol tarannum tuzmak.»
20
Ushbu sarlavhani
sharhlashning o‘zi necha sahifa bo‘lishi mumkin, chunki unda zohiriy imon bilan
botiniy imon, «zohir ahli» (tashqi taqlid bilan cheklanuvchi insonlar) ning imon
haqidagi tasavvuri bilan «ahli ma’ni» (Borliq mohiyatini idrok etishga intiluvchi,
o‘zligini anglagan insonlar) imonni qanday tushunishi orasidagi farq badiiy
izohlanmoqda. Maqolatda tirik (jonli, «hayvon») bo‘lsa-yu, gapirishni bilsa («notiq
« bo‘lsa) demak, inson deb o‘ylash nihoyatda xato ekanligidan suhbat boshlanadi:
Sen dog‘i inson muni qilsang gumon,
Bilki hamon sen-senu hayvon hamon.
Muniki inson mutafovut erur,
Tengri kalomi xabar andin berur.
Bas kishi jazm aylasa inson ani,
Yaxshi-yomon ichra tafovut qani?
Bo‘lmadi bas noqisu komilda farq,
Topmagay el olimu johilda farq.
Alisher Navoiy dostoni XV asr ijtimoiy-ma’naviy hayotining turli qirra va
jihatlarini butun ichki murakkabligi va o‘zaro qiyoslari bilan qamrab ola bilgan.
«Hayrat ul-abror»dagi muammolar voqelik singari murakkabdir. Navoiyning
masalalarga yondoshuvi hatto ustozi va zamondoshi Abdurahmon Jomiy
qarashlaridan ham ma’lum darajada farq qiladi. Ma’lumki, Jomiy o‘z badiiy
ijodida diniy aqidalar va tasavvuf qoidalari ta’rifiga atroflicha o‘rin ajratgan. Uning
«Haft avrang» («Etti taxt») turkumidagi «Tuhfat ul-ahror» va «Subhat ul- abror»
dostonlarida namoz, ro‘za, zakot, haj, uzlat, tavba, zuhd, faqr, havfu rijo, tavakkul
kabi turli islomiy va irfoniy tushunchalar sharhiga alohida boblar bag‘ishlangan.
Navoiy ham birinchi dostonining asosiy qismini imon va islom sharhidagi
20
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 11-жилд. –Тошкент: Фан, 1993. -Б. 34-39
26
maqolatlar bilan boshlaydi. Ammo uning bu boradagi mulohazalari an’anaviy
qarashlardan farq qiladi.
Namuna sifatida Islom haqidagi bob oxiriga berilgan hikoyat mazmuni bilan
tanishaylik. Unda mashhur sufiy shayxi
Do'stlaringiz bilan baham: