alast” iborasining ma’nosi va manbaasidan bexabar odam, albatta, to‘g‘ri tushunib
o‘z ruhidan pufladi.
bashariyat ahli butun yer yuziga tarqalib ketdi. Ayni shu holatni Alisher Navoiy
o‘z tarje’bandining birinchi bandida ramziy ravishda “may” to‘la ko‘zaning sinib,
behisob “sing‘on safol” bo‘laklariga aylanishi sifatida tasvirlaydi. She’rning har bir
bandi chuqur majoziy mazmunni o‘zida aks ettiruvchi quyidagi bayt bilan
Қуръони карим маъноларининг таржимаси. (Таржима ва изоҳлар муаллифи Абдулазиз Мансур). –
Қуръони карим маъноларининг таржимаси. (Таржима ва изоҳлар муаллифи Абдулазиз Мансур). “Ҳижр”
56
“Xarobot”
timsoli mumtoz adabiyotimizda juda ko‘p ma’nolarga ega. U ham
vayrona, ham mayxona, ham mug‘ dayri, ya’ni otashparastlar ibodatxonasi, ham
bu foniy dunyo - asli barchasi bir narsa – xarobot. Shoir may istaydi, ammo may
to‘la ko‘za chil-chil bo‘lgan, uning qo‘lida faqat bir parcha “
sing‘on safol
”
qolgan.
Ammo haqiqiy oshiq uchun may ko‘zasining sinig‘i - sopol parcha yuzida
saqlangan bir qultum may quyqasi (loyi) ham butun jahonni (balki koinotni) o‘zida
aks ettira oluvchi vahdat mayi to‘la qadah (jom) o‘rniga o‘taveradi, o‘sha vazifani
ijro qilaveradi.
Bu nima degani?
Borliq mohiyati vohid va yagona. Ammo inson ushbu yagona mohiyatni ko‘z
bilan ko‘ra olmaydi, inson faqat uning majozini - ko‘zgudagi aksini ko‘rishga
qodir. Majozda, ya’ni tabiat, voqelik ko‘zgusida tasvir parchalanib ketgan, vahdat
(yagonalik) zohiran kasrat (ko‘plik)ga aylangan, shu sababli bu voqeiy dunyo
xarobotdir, vayronadir, butparastlar ibodatxonasidir, uni oshiq mayxona sifatida
ko‘radi, har sanamda yagona bir sanamni ko‘rib unga oshiq bo‘ladi.
Inson ko‘ngli vahdat mayi bilan to‘la bo‘lgan ko‘za (sabu)ning singan bir
parchasi, unda bir qultum loyqa aralash may mavjud. Vahdat mayiga tashna oshiq
shu may quyqasini yaxshilab tinitmog‘i lozim, shundagina u yaxlit ko‘zguning bir
parchasi singari Haqiqat nurini o‘zida aks ettira boshlaydi. Oshiq unga boqib mast
bo‘ladi, o‘zligini yo‘qotib, abadiyatga daxldor bo‘lish imkonini paydo qiladi.
Bunday oshiqlik-mastlik inson ko‘nglidan hirsu havas zangini, xudbinlik (egoizm)
zangini (ranjini, g‘amini) yuvib tashlaydi. G‘ayr (begona) shu xudbinlikdir, shirk
shu xudbinlikka dildan joy berishdir, ko‘ngil ko‘zgusini bosgan zang ham ushbu
xudbinlikning o‘zidir.
Bu timsol va tasvirlar naqshbandiya irfoni doirasidan turib ilgari intilayotgan
oshiq-shoir qalbida tug‘ilib kelayotgan majoz tariqi unsurlaridir. Ular kelgusida
yangi poyalarga ko‘tarilish uchun qo‘yilgan ilk qadamlardir. 15 yoshida keksa
Lutfiyni hayratga solgan ilohiy iste’dod shu tariqa yangi ufqlarga ko‘z tikmoqda
edi. Buyuk bobokolonimiz o‘zi tuzgan birinchi devoni “Badoyi’ ul-bidoya”
bilanoq turkiy tildagi she’riyatni arab va fors mumtoz adabiyotining eng
57
peshqadam namunalari darajasiga olib chiqdi. Ammo
Do'stlaringiz bilan baham: