O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Mukimov



Download 13,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/240
Sana12.01.2022
Hajmi13,43 Mb.
#353614
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   240
Bog'liq
donni-qayta-ishlash-texnologiyasi

 
 


49 
II BOB. DON VA DON MAHSULOTLARINING FIZIK VA 
KIMYOVIY XOSSALARI 
 
2.1. Don va don mahsulotlarining fizik xossalari
 
 
Donning  fizikaviy-kimyoviy  xossalari.  Donning  fizikaviy-kim-
yoviy  xossalarini  ularning  turli  jihatlarini  aniqlaydigan  katta  miqdor-
dagi  ko‘rsatkichlar  bilan  baholashadi.  Ularning  hammasi  ahamiyatli 
darajada un yanchish, yorma va omixta-yem ishlab chiqarishning turli 
texnologik jarayonlari konkret rejimlarini tanlab olishga ta’sir qiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-sxema. Donning fizikaviy-kimyoviy xossalari. 
 
Geo
m
etrik 
 x
arak
te
risti
kala

Yago
n
a d
o
n
 hajm

Yago
n
a d
o
n
 y
u
zasi
 
sha
kl  
    
ko
effi
tsi
ye
ntlari
 
Sf
erali
lik
 
Qism
lar
n
in
g o
g‘
irl
ik nisb
ati
 
 
Yir
ik
lik
 
Yetilg
an
lik
 
Te
kislik
 Gigrosk
op
ik
lik
 
n
amlik
 n
amlik
 
 
Sh
ishasimo
n
lik
 
Zich
lik
 ab
sol
u

og‘
irlik
 
H
ajm
 
og‘
irligi
 t
ab
iat
 
o

zakn
in

yop
ish
q
oq
ligi
 q
ismlar
n
in

kimyoviy
  
mu
tan
osib
ligi
 
o‘
zak
n
in

yop
ish
q
oq
ligi
 
 
Tash
q
i is
h
q
al
an
ish
 ko
effi
tsi
ye
n
tii
 
Ich
ki ishq
ala
n
ish
 k
o
effitsi
ye
n
ti
 
Vi
tani

te
zli
gi 
 
Yo
ru

lilik
 
So
chi
lu
vcha
n
lik
 Sa
q
lan
u
vch
an
lik
 
Ustun
 ho
sil
 q
ilish
 q
o
b
iliyati
 
Texnologik 
Endospermning 
xarakterli 
xususiyatlarini 
aniqlovchi 
ko‘rsatkichlar. 
Donning tuzilish

mexanik xossalari 
Donning anatomik 
tuzilishi va mik-
rostrukturasining 
o‘ziga xos 
xususiyatlari 
 
Endospermning o‘lchamlari, shakli va og‘irlik 
ulushini aniqlaydigan
 
ko‘rsatkichlar
 
Donnig  fizik-kimyoviy  xossalari 
Nazariy  


50 
Keltirilgan  sxema  donning  fizikaviy-kimyoviy  xossalarining 
ko‘rsatkichlari  donning  texnologik  xossalari,  texnologik  jarayonlarini 
yuritishga  ta’siri  bo‘yicha    guruhlashtirishning  variantlaridan  birini 
ko‘rsatadi.   
Har  qanday  don  uyumi  saqlash  davrida  hisobga  olinishi  lozim 
bo‘lgan  muayyan  fizik  xossalarga  ega  bo‘ladi.  Fizik  xossalarga: 
sochiluvchanlik, o‘z-o‘zidan saralanish, g‘ovaklik, har xil gaz va bug‘-
larga nisbatan sorbitsionlik, (gaz va bug‘larni o‘ziga singdirishi), issiq-
lik sig‘imi, harorat o‘tkazuvchanlik, issiqlik va namlik o‘tkazuvchanlik   
kiradi . 
Bu xossalardan to‘g‘ri va mohirlik bilan foydalanish mutaxassislar 
zimmasiga yuklatiladi. Don uyumi sifatini oshirish, shuningdek donni 
qayta  ishlash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha  korxona  va  tashkilotlarda 
hamda  un  ishlab  chiqarishda  donning  to‘xtab  qolishi,  tizimlarda 
donlarning ushlanib qolinishini oldini olishga imkon beradi.  
Donning  fizik  xossalari  mexanizatsiyalashtirish  va  avtomatlash-
tirish  jarayonlarida,  shu  jumladan,  donlarni  xirmonlarga  joylashtirish, 
quritishning zamonaviy usullarini tatbiq etish, donni qayta ishlash bilan 
bog‘liq  jarayonlarda  tebranma  transportyorlarni  qo‘llash  va  donlarni 
yirik inshootlarda (siloslar, zamonaviy elevatorlar, metall bunkerlar va 
h.k.) saqlashda ayniqsa muhimdir.  
Don  massasi  ikki  fazali  dispers  sistema  (don  va  havo)  bo‘lib, 
sochiluvchan  material  hisoblanadi.  Yaxshi  sochiluvchanlik  donni 
noriyalar,  transportyorlar,  pnevmotransportyorli  uskunalarda  aralash-
tirish  joylash,  omborxona  va  transportlarga  joylash  va  boshqa 
texnologik    jarayonlarda  yengillik  tug‘diradi.  Donni  ortish-tushirish 
ishlarida sochiluvchanlik xususiyatlaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. 
Bu  prinsipga  bog‘liq  holda  un  va  yorma  zavodlarida  don  elevatorlari 
vertikal  uslubda  qurilgan.  Maxsus  noriyalar  yordamida  elevatorning 
yuqori  qavatiga  ko‘tarilgan  don  massasi  o‘zining  to‘kiluvchanligi  
xususiyatiga  ko‘ra  maxsus  tarnovlarda  belgilangan  mashinalarga  oqib 
tushadi. 
Silosli elevatorlarda yuklash-tushirish jarayonlari ham yuqoridagi 
prinsipga asoslangan. Omborxonalarni don massasiga to‘ldirish darajasi 
ham  sochiluvchanlikka  bog‘liqdir:  sochiluvchanlik  qanchalik  yuqori 
bo‘lsa, silosning to‘lishi shunchalik tez va yaxshi bo‘ladi.  


51 
Shuningdek,  sochiluvchanlik  omborxonalarni  statistik  hisob-
lashda qo‘llaniladi. Donning sochiluvchanligi  don omborlari, un, yorma 
va  omixta-yem  zavodlari,  yuklash-tushirish  uskunalari  va  omborlarni 
loyihalash  va ularni ekspluatatsiya qilishda muhim ahamiyatga egadir. 
Odatda  don  massasining  sochiluvchanligi  uchun    ishqalanish 
burchagi  va  tabiiy  qiyalikni  o‘lchash  yo‘li  bilan  aniqlanuvchi  ish-
qalanish koeffitsiyenti xarakterlidir. Ishqalanish burchagi deganda  don 
massasining biror yuzada sirpana boshlaydigan nisbatan kichik burchak 
tushuniladi.  Don  massasining  tabiiy  qiyaligi  yoki  og‘ish  burchagi  
deganda tekis yuzaga erkin to‘kilayotgan don hosil qilgan konussimon 
shaklning yuzaga nisbatan burchagi tushuniladi. 
 
 

Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish