O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Mukimov



Download 13,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/240
Sana12.01.2022
Hajmi13,43 Mb.
#353614
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   240
Bog'liq
donni-qayta-ishlash-texnologiyasi

Ekspanidatsiya texnologiyasi
. XX asrning 80-yillari boshlarida 
Germaniyada  qishloq  xo‘jaligi  hayvonlari  uchun  aralash  yem  ishlab 
chiqarish uchun yuqori bosimli termal vintli (burama shnek) konditsio-
ner  taklif  qilingan.  U  barabanli  va  bir  o‘qli,  (os)  bug‘  va  suv  kirish 
klapinlari  bo‘lgan  bir  tomonlama  buramadan  iborat  bo‘lib,  mexanik 
moy pressi va ekstruderning gibridi hisoblangan. Yigirmanchi asrning 
90-yillari oxirida ekspanidatsiyalash jarayoni keng tarqaldi va omixta-
yem  sexlari  ekspanidatsiyalangan  ozuqa  ishlab  chiqarishni  boshladi. 
Ekspanidatsiyalash natijasida qattiq bo‘lmagan ishlab chiqilgan aralash 
ozuqa-yemlar chorva mollari  tomonidan iste’mol qilinganda qizilo‘n-
gach  va  oshqozonini  shikastlamaydigan,  chang  hosil  qilmaydigan  va 
shu bilan ovqat hazm qilish organlari va nafas olish organlariga yopishib 
qolmaydigan  holatga  keldi.  Bunday  aralash  ozuqa  katta  hajimli 
zarrachalar  yuzasiga  hamda  serg‘ovak    tuzilishga  ega  bo‘lib,  me’da 
shirasining  va  o‘z  fermentlarining  kengayishiga  osonroq  kirib  boradi. 


297 
Ekspanidatsiya ekstruziya bilan taqqoslaganda ekspanidatsiya texnolo-
giyasi yengil reglament bo‘yicha (harorat 110 °C) olib  boriladi. Eks-
panidatsiya  kraxmalni  50%  ga  parchalashga  imkon  beradi,  bu  chorva 
mollarini  fermentlar  tizimini  rag‘batlantirish  va  rivojlantirish  uchun 
maqsadga  muvofiqdir.  Press-granulatordan  oldin  ekspanidatsiyadan 
foydalanish, pressi-granulator unumdorligini 30% ga oshirishi, matritsa 
va valiklarning eskirishini 2-3 baravar kamaytirishi mumkin. 
Oshqozon-ichak traktining fiziologik xususiyatlarini, oziqlantirish 
talablarini  va  tarkibiy  qismlarni  tayyorlashning  texnologik  bosqich-
larining  maqsadga  muvofiqligini  asoslashni  hisobga  olmagan  holda, 
chorva  mollari  uchun  aralash  ozuqa  mahsulotlarining  yuqori  samarali 
ta’siriga  erishishda,  zamonaviy  ovqatlanish  dasturlarini  joriy  etish 
mumkin emas. 
Ekspanidatsiya.  Ekspanidatsiya  texnologiyasi  barcha  turdagi 
qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun ozuqa ishlab chiqarishda keng qo‘lla-
niladi.  Ekspanidatsiya    xomashyoni  yumshoq  qayta  ishlashni  ta’min-
laydi,  oziqlanishga  qarshi  omillarni  samarali  neytrallashtiradi  (bu, 
ayniqsa, to‘liq yog‘li soya ishlab chiqarishda juda muhimdir) va oqsil-
ning yuqori darajada saqlanishini ta’minlaydi. 
Ekspanidatsiya ozuqa ishlab chiqarishning bir qator bosqichlarni 
o‘z ichiga oladi. 
Tozalash  va  maydalash.  Ekspanidatsiyadan  oldin  xomashyo 
metall-magnit  aralashmalaridan  tozalanadi  va  maydalaniladi.  Tayyor 
ozuqaning hazm bo‘lishi maydalash sifatiga, granulometrik tarkibga va 
maydalashning bir xilligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Ekspanidatsiya aralash ozuqa ishlab chiqarishda maydalash vallari  
o‘zlarini  eng  yaxshi  tomonlarini  isbotladilar.  Ular  yaxshi  silliqlanish 
natijalarini  beradi  va  shu  bilan  texnologik  jarayonda  maydalangan 
mahsulotning  barcha  zarralarini  bir  xil  ishlov  berilishini  ta’minlaydi. 
Valli  maydalagichning  elektr  quvvati  bolg‘a  maydalagichlardan  2,5 
baravar kam. 
Gidrotermik  ishlov  berish.  Maydalangan  mahsulot  mikser-
konditsionerga (SKT) kiradi, u yerda u to‘yingan bug‘  bilan ishlanadi 
(80–90°Cgacha). SKT valining optimal aylanish tezligi zarrachalarning 
bug‘  bilan  bir  xil  aralashishini,  bir  xil  isitishni  va  yuqori  sifatli 
namlanishni  ta’minlaydi.  Gidrotermik  ishlovdan  so‘ng  xomashyo 
dozirovka  shneklari orqali  ekspanidatsiyalash  uchun yuboriladi. 


298 
Ekspanidatsiya. Xomashyo  sperial vint yordamida ekspander  vali 
orqali o‘tqiziladi va  shu  jarayonda  mexanik boshqarish  orqali ozuqaga 
har  xil  shakllar  beriladi,  masalan:  uzun  chiziqli,  plitali  yoki  yumaloq  
shar shakliga keltirish mumkin.  
Ekspandyerda  termomexanik  ishlov  berish  yuqori  namlikda 
amalga oshiriladi. Bug‘ni konditsionerga kiritish va ishqalanish kuchini 
qo‘llash  orqali  mahsulot  105–110°Cgacha  bo‘lgan      haroratiga  qadar 
isitiladi.   
Agar zarurat bo‘lsa haroratni 130°Cga bosimni esa 4MPa ko‘tarish 
mumkin. Ekspandyerdan  mahsulot o‘tishi uchun atigi bir necha daqiqa 
kerak bo‘ladi. Yuqori harorat va bosim  qisqa jarayonda biologik faol 
moddalarni 
(vitaminlar, 
mikroelementlar, 
aminokislotalar 
va 
boshqalarni) strukturasiga  ta’sir qilmaydi. 
Ekspanderdan  chiqishda mahsulot harorati 90°C ga tushiriladi va 
tarkibidagi  namlik  bir  muddatga  bug‘lanadi.  Ushbu  bug‘lanish 
mahsulotning tashqi tuzilishini qisman buzadi, xomashyoni serg‘ovak 
va plastik qiladi.  
Ekspanderdan  keyin  mahsulotni  qayta  ishlash  jarayonida    uzin-
choq  ekspandensiyalangan    mahsulotlar  ekspander    maydalagichga 
kiradi va ezilgan holda aylanadigan ishonchli sovutish tizimiga ko‘ta-
riladi. Sovutgich ishlab chiqarish vazifasiga ko‘ra qarshi oqim prinsipi-
dan foydalanadi: bu mahsulotning yo‘q qilinishiga olib keladigan “issiq 
zarba” paydo bo‘lishini istisno qiladi.  Tayyor mahsulot  zarrachalarning 
hajmi  3000–3250  m
2
/m
3
,  3–5  mm  diametrli  bo‘ladi.  Mahsulotning 
yakuniy bosqichi saralash mashinasi tomonidan aniqlanadi. 
Ekspanidatsiya    jarayoni  ozuqaga  kiritilgan  biologik  faol  mod-
dalarning  saqlash  jarayonida  xavfsizligiga  ijobiy  ta’sir  qiladi.    Bu 
birinchi  navbatda  vitaminlar  kompleksiga,  shuningdek  aminokis-
lotalarga taalluqlidir. 
Ekspanidatsiya  paytida issiqlik, namlik va yuqori bosimga qisqa, 
ammo  kuchli  ta’sir  qilish  salmonella  va  boshqa  patogen  bakteriyalar, 
zamburug‘lar  va  mog‘orlarni  yo‘q  qilishda  samarali  bo‘ladi.  Issiqlik 
bilan  ishlov  berishga,  nafaqat  dezinfeksiya,  balki  mahsulot  ekspani-
datsiya  ish  joyidan  o‘tib  ketganda  ham  dinamik  ta’sirga  asoslangan.  
Ekspanidatsiya  jarayonining asosiy omili, issiqlik usulida ishlov  orqali 
tayyor mahsulot gigiyenik xavfsizligini ta’minlashdir.   

Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish