106-rasm. Grechixa donining ko‘ndalang kesimi:
a-gul po‘sti; b-mag‘zi; 1-endosperm; 2-murtak.
Yorma uchun ishlatiladigan grechixa doni mag‘zining miqdoriga
ko‘ra uchta sinfga ajratiladi:
I
sinf – mag‘izning toza miqdori 77% kam bo‘lmasligi;
II
sinf – mag‘izning toza miqdori 74% kam bo‘lmasligi;
III
sinf – mag‘izning toza miqdori 71% kam bo‘lmasligi kerak.
Grechixa donining asosiy chiqindisi tatar grechixasi bo‘lib (uch
qirrali uzunchoq don), undan tashqari qizil rangli yetilmagan grechixa,
yovvoyi turp urug‘i va dala (yovvoyi) no‘xotlaridan iborat. Grechixa
doni yirikligi bo‘yicha uchta kategoriyaga bo‘linadi: 3,0x20mm
o‘lchamli uzunchoq elakning ustida qolgan 80%dan kam bo‘lmagan
yirik grechixa doni; o‘sha elakdan 60
%
dan kam bo‘lmagan o‘rtacha
yiriklikda grechixa doni; o‘sha elakdan o‘tgan 60%dan kam bo‘lmagan
mayda grechixa doni.
233
29-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |