Sh. Djumanov, S. Sayfiddinov



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/73
Sana11.01.2022
Hajmi1,15 Mb.
#352028
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
Bog'liq
yogochga ishlov berish dastgohlari va asboblari

IV BOB



DASTGOHLAR ASOSIY  

UNSURLARINING TAVSIFLAM

Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarining unsurlari ishlov be- 

rish dastgohlarining qurilmalari va ularning bajaradigan ishiga 

bog‘liq. Ba‘zi dastgohlar yog‘ochni arralash uchun, yana biri 

randalash uchun, boshqalari — 



parmalab teshish va hokazolar 

uchun ishlatiladi. Biroq dastgohlar tuzilishi jihatdan bir-biridan 

farq qilgani bilan ularning qurilma unsurlari bir xil vazifani 

bajaradi: staninalar, stollar yoki karetkalar detallar uchun baza 

bo‘lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish asbobini mahkamlash 

va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun 

xizmat qiladi. Dastgohlarning qurilmasini o‘zgartirish ularning 

unsurlari qurilmasining o‘zgarishiga hamma vaqt ham sabab 

bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra dastgohlarning qismlarini bilish 

yangi  qurilmadagi  dastgohlar  va  avtomatik  liniyalarni  tez 

o‘zlashtirishga imkon beradi.

Dastgohlarning unsurlari asosiy va yordamchi unsurlarga 

ajratiladi. Asosiy unsurlar jumlasiga staninalar, supportlar, ish 

qismlari, surish qurilmalari, yuritmalar, boshqarish qismlari, ta- 

yanch va yo‘naltiruvchi qurilmalar, qisqichlar, siqish moslama- 

lari va tirgaklar kiradi. Kesish asbobini charxlash, dastgohni 

sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun 

mo‘ljallangan qurilmalar yordamchi unsurlar bo‘lib hisoblanadi. 

Ko‘pgina dastgohlar dastgoh yoniga o‘rnatiladigan qurilmalar 

— 

zagotovka bilan ta‘minlab turuvchi va taxlash qurilmalari 



bilan jihozlanadi, biroq aytib o‘tilgan unsurlar to‘pla-mi bilan 

dastgohlarning hammasi ham jihozlanavermaydi.

Stanina dastgohning asosi bo‘lib, barcha uzellar va detallar 

staninaga mahkamlanadi. Stanina dastgohning ayrim unsurlari 

o‘rtasida ta‘sir kuchlarini, titrash kuchlanishlarini hamda ishlov 

berilayotgan material yuklanishlarini qabul qiladi.




21

Staninalar  quyib  va  payvandlab  tayyorlangan  bo‘lishi 

mumkin. Ularning ichi kovak qilib, kesimi, odatda, qutisimon, 

shu bilan birga, zarur bo‘lgan turg‘unlikni ta‘minlab tayyorlanadi. 

Stannalarning shakli va o‘lchamlari dastgohning vazifasiga 

hamda qurilmasiga bog‘liq.

Kesish asboblari aylanadigan dastgohlarning ish qismlari 

— 

shpindellari,  pichoqlar  va  arralar  o‘rnatiladigan  vallari 



ana shu asboblami mahkamlash va aylantirish uchun xizmat 

qiladi. Kesish asbobi ilgarilama harakat qiladigan dastgohlarda 

ish qismlari yo kesish asbobini mahkamlash uchun yoki uni 

mahkamlash va unga to‘g‘ri chiziqli kesish harakatini uzatish, 

yo bo‘lmasa, to‘g‘ri yo‘nalishda surish uchun moijallangan. 

G‘o‘labur arrali va jilvirlash tasmali dastgohlarning ish qismla-

ri — 

shkivlari aylanadi, kesish asbobi, ya‘ni g‘o‘labur arrasi 



yoki jilvirlash tasmasi zagotovkaga nisbatan ilgarilama harakat 

 

qiladi.



Supportlarga  dastgohning  ish  bajaradigan  yoki  boshqa 

qismlari mahkamlanadi. Supportga mahkamlangan ish qismlari, 

dastgohning qurilmasiga qarab, sozlash vaqtida bir (masalan, 

vertikal) yo‘nalishda, ikki (vertikal va gorizontal) yoki uch 

yo‘nalishda va burchak hosil qilib surilishi mumkin.

Pozitsiyalab  ishlov  berish  dastgohlarida  supportlardan 

tayanch unsurlar —  stollarni mahkamlash maqsadida ham 

foydalaniladi.  Bunday  dastgohlarda  supportlar  ba‘zida 

zagotovkalarga surish harakatini uzatish uchun ham xizmat 

qiladi.


O‘tish bilan ishlov berish dastgohlarida surish qurilmalari 

zagotovkalarga uzluksiz bir tekis harakatni uzatib turadi; po- 

zitsiyalab ishlov berish dastgohlarida esa bu qurilmalar zago- 

tovka yoki kesish asbobiga, yo bo‘lmasa bir vaqtning o‘zida ham 

zagotovka, ham asbobga qaytma 

ilgarilama harakat 



— surish 

harakati va qurilmaning salt yurishi uzatiladi.

Yuritma dvigatel va uni dastgoh unsurlari bilan bog‘lovchi 

oraliq zvenolardan (masalan, tasmali uzatma yoki elektr dvigatel 




22

valini pichoqlar vali bilan bog‘lovchi muftadan) iborat. Ba‘zan, 

masalan, elektr dvigatel vali ayni vaqtda arralar vali bo‘lib ham 

xizmat qiladigan hollarda oraliq zvenolarga hojat qolmaydi.

Boshqarish qismlari ish qismlarining yuritmalarini ishga so- 

lish va to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy rusumdagi 

dastgohlarda yuritmalar avtomatik va yarim avtomatik ravishda 

boshqariladi; yarim yuritmalar muayyan, oldindan belgilab 

qo‘yilgan izchillikda yoki zagotovkaning muayyan holatida 

ishga tushadi va to‘xtaydi. Ko‘pgina dastgohlarning boshqarish 

tizimlarida buzilib qolgan yuritmaning avtomatik ravishda to‘x- 

tashi ko‘zda tutilgan.

Dastgohlarning tayanch va yo‘naltiruvchi unsurlari ishlov 

berish jarayonida zagotovkalarning turg‘unligini ta‘minlaydi va 

surilayotgan zagotovkani kesish asbobiga to‘g‘rilaydi.

Pozitsiyalab ishlov berishda qisqichlar zagotovkani muayyan 

vaziyatda mahkamlaydi. Siqish moslamalari o‘tish operatsiyalari 

bajarilayotganda zagotovkalarni yo‘naltiruvchiga zich tegib 

turishini ta‘minlaydi. Tirgaklar zagotovkani kesish asbobiga 

nisbatan muayyan vaziyatda to‘g‘ri joylashishiga yordam beradi.

Ta‘minlash va taxlash qurilmalari dastgohga zagotovkalarni 

uzatadi va ishlov berilgan zagotovka yoki detallarni dastgohdan 

olib, ularni tashish paketlariga taxlaydi.

Charxlash qurilmalari kesish asbobini bevosita dastgohda 

charxlash va shaklini to‘g‘rilashga mo‘ljallangan.

Sozlash qurilmalari hamma dastgohlarda bor. Ular yo‘nal- 

tiruvchi va tayanch unsurlarning kesish asbobiga nisbatan 

vaziyatini hamda siqish va uzatish unsurlarining tayanch qism- 

larga nisbatan vaziyatini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.

Chiqindilardan xalos qilish qurilmalari eksgauster qabul 

qilgichlardan iborat bo‘lib, zagotovkaga ishlov berganda hosil 

bo‘ladigan chang, qipiq va qirindini chiqarib tashlaydigan quvur- 

larga ulanadi.



23

Moylash qunlmalari ishqalanuvchi sirtlarni moylash uchun 

ishlatiladi.


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish