Demografik jarayonlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga jiddiy ta’sir
joylashishining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. U yangi avlodlarni yuzaga
keltirishning miqdor va sifat jihatlari bilan belgilanadi. Hozirgi kunda yangi
avlodlarning salomatligi moddiy sharoitga kamroq bog‘liq bo‘lib, ko‘prok ota-
va boshqa omillar ta’siri bilan belgilanadi. Salomatlik va demografik jarayonlar
o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lib, bir-birini taqozo etadi. Avlodlar almashishi
davomida, ya’ni aholining kayta vujudga kelishi jarayonida tug‘ilish bilan bir
qatorda o‘lim ham juda muhim rol o‘ynaydi. O‘tmishda tug‘ilish nisbatan barqaror
ekanligida o‘lim aholi sonining o‘zgarishini tartibga soluvchi asosiy omil edi.
Hozirgi vaqtda fan-texnika yutuqlari va ijtimoiy tadbirlardan foydalanib, o‘limni
biroz kamaytirishga (ayniksa jaxondagi rivojlangan mamlakatlarda) erishildi.
Natijada u yoki bu mamlakatda aholi sonining o‘sishi tug‘ilish sonidagi o‘zgarishlar
bilan belgilanmokda. O‘lim darajasi ijtimoiy-biologik, iqtisodiy, ekologik, madaniy
omillarning o‘zaro murakkab ta’siri bilan belgilanadi. Lekin o‘lim
ko‘rsatkichlarining o‘zgarib turishiga aholining turmush tarzi: ijtimoiy-iktisodiy va
ekologik farovonlik darajasi, ma’rifiy, ovqatlanish, turar joy sharoitlari, ahapi
yashaydigan joylardagi sanitariya va gigiena holati hamda sog‘likni saqlash
bo‘yicha ijtimoiy xizmat turlari qay darajada rivojlanganligi kabi jihatlar ta’sir
ko‘rsatadi. YUksak urbanizatsiya sharoitidagi hozirgi turmush tarzi rivojlangan
mamlakatlarda kishilarning turmush faoliyati uchun eng qulay sharoitlarni yaratish
va o‘limni ancha kisqartirish, faol keksalikni uzaytirish imkonini beradi. Umuman
olganda bu tamoyil o‘rtacha rivojlangan va rivojlanishdan orqada katgan
mamlakatlarda ko‘zga tashlanadi. Insoniyatning evolyusion rivojlanishidagi bunday
o‘zgarishlar global (sayyoraviy) va mintaqaviy ekologik qarama-qarshiliklarning
muayyan demografik omilini yuzaga keltiradi
Aholining sonini o‘sishi va ekologik muammolarning o‘zaro bog‘liqligini jihatlari:
1. Tiklanmaydigan tabiiy resurslarning tugashi.
2. Er sharidagi tuproq, suv, o‘rmon kabi tabiiy resurslarning ularga inson ko‘rsatgan
ta’sir natijasida tiklanish quvvatining zaiflashuvi.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi. Odatda bu muammo o‘sib borayotgan iste’mol
ehtiyojlari va industrlashtirish darajasining ortishi bilan bog‘liq ravishda qarab
chiqiladi. Ayni vaqtda atrof-muhitning intensiv ifloslanish darajasi aholi
zichligining ortishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Katta shaharlarda suv va havoning
ifloslanish darajasi ko‘p hollarda hoziroq salomatlik uchun xavflidir.
4. Aholining ortiqcha ko‘payib ketishi, ya’ni aholi zichligining birmuncha yuqori
darajaga etishi; ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, bu narsa kishilarning fe’l-atvorida
mehrsizlik, tajovuzkorlik kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.
5. Aholi soni o‘sishining aholi turmush darajasining pasayishiga ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: