2. Global ekologik inqirozning yuzaga kelish sabablari.
XXI asrga kelib, butun dunyo bo‘yicha ekologik inqiroz vujudga keldi
va bu xolat insoniyatni tashvishga solmoqda. Xozirgi paytda atrof – muhitni
muxofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari
dolzarbligicha qolmoqda. Xozirgi zamon fan – texnika taraqqiyoti davrida inson,
jamiyat va tabiat o‘rtasidasi munosabatlar keskinlashmoqda. Natijada murakkab
ekologik muammolar kelib chiqmoqda.
Bu muammolarni hal qilish, atrof muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish ko‘p jixatdan aholining ekologik madaniyati, ongi
va tafakkuriga bevosita bog‘liqdir. Buning uchun yoshlarni, ayniqsa talabalarni
ekologik bilimi va ko‘nikmalarini yanada oshirish, ijtimoiy ekologiyaning
qonuniyatlarini ularning onggiga singdirish, inson bilan tabiat o‘rtasidagi
munosabatlarni optimallashtirish masalalarini o‘quv dasturlari orqali ularga etkazish
asosiy vazifa xisoblanadi. Bo‘lg‘usi mutaxassislar tafakkurida barqaror ijtimoiy
ekologik dunyoqarashni shakllantirish va ijtimoiy ekologik bilimlarni hayotga
tadbiq qilish yo‘llari keng tushuntirilishi lozim. Bunda quyidagi bilim va
ko‘nikmalarni shakillantirishga asosiy e’tiborni qaratish shart: ijtimoiy
ekologiyaning predmeti va vazifalarini, sotsioekotizimlar tushunchasini, biosfera va
noosfera haqidagi ta’limotlarni, hozirgi zamon ilmiy texnika taraqqiyotining salbiy
ijtimoiy oqibatlarini, ayniqsa atmosferani ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi, tuproq
degradatsiyasi, chiqindilarni paydo bo‘lishi, biologik xilma xillikni kamayishi kabi
muammolarni sabablarini ko‘rsatib berish va ularni oldini olish masalalarini yoritish
dolzarb vazifa hisoblanadi.
Uch minginchi yil kirib kelishi bilan biz yashab turgan dunyo nafaqat asrimiz
boshiga nisbatan, balki uning o‘rtasiga qaraganda ham tanib bo‘lmas darajada
o‘zgarib ketgani ro‘y-rost ko‘rinib turibdi. Sayyoramiz qiyofasiga antropogen ta’sir
xozir geologik jarayonlar bilan taqqoslanadigan bo‘lib qoldi, ba’zi bir xollarda
ulardan xam o‘tib ketadi.
Ekologik halokat ko‘z o‘ngimizda daxshatli taxmindan oldini olib bo‘lmaydigan
voqelikka aylanmokda. Masala faqat ana shu xalokatdan saqlanish ustida emas. Gap
uning tarqalishini kamaytirish, sayyoramizni xozirgi axvolga olib kelib qo‘ygan
xozirgi zamon sivilizatsiyaning texnogen va ijtimoiy-madaniy oqibatlari shiddatini
to‘xtatish ustidadir. Lekin bu sodir bo‘layotgan voqealar sabablari to‘g‘risida
o‘ylashga kechikildi, degan ma’noni bildirmaydi. Aksincha, agar o‘sha sabablarni
oxirigacha anglab olinib, uni chuqurroq tadqiq kilinmasa, salbiy oqibatlardan
qutulish uchun qilinadigan barcha shoshilinch choralar aksiga olib axvolni yanada
yomonlashtirishi mumkin.
Aholi sonining o‘sishi, fan va texnika taraqqiyoti, inson ehtiyojlarining ortishi
oqibatida er yuzida qator ekologik muammolar yuzaga keldi. SHu bois, bugungi
kunda sof tabiat haqida gap yuritish mushkul. Er yuzidagi o‘rmonlar ko‘payish
o‘rniga tobora qisqarib bormoqda, katta-katta tabiiy hududlar dehqonchilik qilish
maqsadida o‘zlashtirildi, tabiat va havo har xil chiqindi hamda gazlar hisobiga
ifloslanyapti. Bundan tashqari, tabiatda toshqinlar, o‘rmon yong‘inlari, chang
bo‘ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar yuz bermoqda. Bularning barchasi
pirovardida tabiat muvozanatiga putur etkazyapti. SHu bois, davlatimiz rahbari
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida jahon
hamjamiyati e’tiborini yana bir bor davrimizning o‘tkir muammolaridan biri —
Orolbo‘yi hududidagi ekologik holatga qaratib, jumladan, bunday dedi: “Bugungi
kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta’sirini his etmoqda. Ming afsuski,
bunday o‘zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug‘dirmoqda”.
Muayyan geografik hududning o‘ziga xos iqlimi, ijtimoiy-ekologik, etnografik
xususiyatlari tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlar xarakterini
belgilab beradi.
Ekologik xavf bugungi kunda tobora keng tus olib, er yuzidagi barcha
mamlakatlarni bu haqda chuqurroq o‘ylashga majbur etmoqda. Jahon yovvoyi tabiat
(WWF), Global Footprint Network jamg‘armalari va Londonning zoologik jamiyati
mutaxassislari hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 1970 yildan
buyon dunyoda yovvoyi hayvon va qushlarning soni 3,43 ming turga, tirik
sayyoraning indeksi esa 52 foiz (havo va quruqlikda yashaydigan jonivorlar turi 76
foiz, er usti va suvda kun kechiradiganlar soni 39 foiz) qisqargan. Har yili 11
million gektar tropik o‘rmon kesilmoqda. Yo‘qotishlar o‘rmonlarni tiklash
ishlariga nisbatan 10 barobar ko‘pdir. Har kuni atmosferaga 60 million tonnaga
yaqin karbonat angidrid chiqarilishi dunyo okeanidagi suv sathining ko‘tarilishiga
olib kelmoqda.
Havo tarkibida karbonat angidridning oshishi, chiqindi gazlarning me’yoridan
ortiq havoga chiqarib tashlanishi oqibatida issiqxona effekti hosil bo‘lib, bugungi
kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy ekologik muammo —
global iqlim o‘zgarishi yuzaga keldi. SHuningdek, ozon qatlamining emirilishi,
dunyo okeanining ifloslanishi, tuproq unumdor qatlamining yo‘qolib borishi, tropik
o‘rmonlarning kesilishi, cho‘llanish, chuchuk suv manbalari va bioxilmaxillikning
kamayishi, maishiy chiqindilarning ko‘payishi, kimyoviy va toksik moddalarni
zararsizlantirish kabi ekologik inqirozlar allaqachon bir davlat chegarasidan chiqib,
tom ma’noda global ekologik muammolarga aylandi.
O‘zining boy va rang-barang
atrof-muhitiga qaramay, o‘nlab yillar davomidagi atrof-muhitga beparvolik
ekologik jihatdan nomaqbul iqtisodiy siyosat bilan birgalikda O‘zbekistonni bir
necha jiddiy ekologik inqirozlar markaziga aylantirdi. Mintaqadagi ikki daryodan
katta miqdorda suvni sug‘orish maqsadlari uchun olish, qishloq xo‘jaligida
kimyoviy moddalarini keng ko‘lamda ishlatish va oqava suvlarni etarli darajada
qayta ishlamaslik jiddiy miqyosdagi salomatlik va ekologik muammolarni
keltirib chiqarmoqda. Atrof-muhit muammolarining eng jiddiy misoli – bu
odamlar keltirib chiqargan Orol dengizi falokatidir. Bir vaqtlar jahonning
to‘rtinchi o‘rindagi sathi 68.000 km2 bo‘lgan sho‘r suv havzasi, avval unga quyilgan
Amudaryo va Sirdaryo suvlari sug‘orish maqsadlari uchun olina boshlanib, 1960
yillardan beri qisqarib kelmoqda. 2004 yilga kelib dengiz asl sathining choragiga
kelib qoldi va sho‘rligi qariyb besh barobar oshganligi tufayli uning tabiiy flora va
faunasini deyarli xarob qildi. 2007 kelib u o‘z asl maydonining 10 foiziga kelib
qoldi va uch alohida ko‘lga ajralib ketdi, ulardan ikkitasi baliq yashashi uchun
haddan tashqari sho‘r. Bir paytlar gurkirab turgan baliqchilik sanoati aslida
barbod bo‘ldi, dengizning asl qirg‘og‘idagi ilgarigi baliqchilik shaharlari qirg‘oq
o‘nlab kilometr ketib qolgandan so‘ng kemalar qabristoniga aylandi. Asosiy
mahalliy sanoat - baliqchilikning barbod bo‘lishi mintaqa aholisiga ishsizlik va
iqtisodiy qiyinchiliklar olib keldi. Qurol-yaroq sinovi, sanoat tadbirlari,
pestitsidlardan foydalanish va o‘g‘itlarning yuvilib ketishi natijasida Orol
dengizi nihoyatda ifloslandi. Qurigan dengiz tubidan shamol qo‘targan tuz bilan
chang mintaqa qishloq xo‘jaligi va ekotizimiga zarar etkazyapti, ichimlik suvini
ifloslayapti va jiddiy salomatlik muammolarni tug‘diryapti. Dengizning chekinishi
mahalliy iqlim o‘rgarishiga olib keldi, degan ma’lumot bor, oqibatda yoz davomi
qisqardi, yoz issiqroq va quruq bo‘lyapti, qish esa uzayib sovuqroq va qorsiz
bo‘lyapti. Har yili tonnalab tuz 800 km masofaga tarqalyapti. Orol dengizidan
qo‘tarilgan tuz va chang bo‘ronlari Er atmosferasidagi zarrachalar tarkibini 5
foizdan ko‘pga oshirdi. Bu esa global iqlim o‘zgarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda 2020 yilda atmosferaga tashlamalar miqdori 2,2 mln tonnani
tashkil qildi: 58 foizi — transport vositalari, 42 foizi — sanoat va ishlab chiqarish
korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |