Ekish materiali olish
Maxsus mikrobiologik muzeylarda saqlanadigan
Aspergillis niger
shtammlari quruq spora
ko’rinishida (konidiy) faol ko’mir aralashmasida saqlanadi. Dastlabki kultura probirkalarda agarli
oziqa muhitida rivojlanadi, so’ngra kolba va kyuvetalarda qattiq oziqa muhitida o’stiriladi. O’stirish
harorati 32
0
S bo’lib, o’stirish davomiyligi har bir bosqichda 2 sutkadan 7 sutkagacha davom etadi.
qattiq oziqa muhiti sirtida o’stirilganda konidiya hosil qiluvchi miselial qoplam rivojlanadi.
Etilgan konidiylar vakuum uskunasi yordamida yig’ib olinadi. Yig’ib olingan konidiylar steril
holdagi qo’shimchalarga (talk yoki faol ko’mir) aralashtiriladi va 32
0
S haroratda quritiladi. Tayyor
ekish materiali steril shisha kolbalarga yoki 0,5 dan 1 litrgacha bo’lgan sig’imli bankalarga
joylanadi. Bu usulda ishlov berilgan ekish materialini saqlash muddati 6 oydan kam bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |