Sirka kislota ishlab chiqarishning texnologik chizmasi
Kultural suyuqlik beshinchi fermentyordan sirka kislota miqdori 9% dan kam va 9,3% dan
ortiq bo’lmagan holda chiqadi.
100 l. suvsiz etil spirtidan 75-90 kg sirka kislota olinadi. Sirka kislotasi eritmasiga tindirish
uchun bentonit va ko’p bo’lmagan miqdorda limon kislota qo’shiladi. Aralashtirilib bo’lingandan
so’ng, tindirilgan sirka kislota eritmasi zich-filtrga uzatiladi. O’zida 9% sirka kislotasini (oshxona
sirkasi) saqlovchi filtrat tayyor maxsulot yig’iladigan joyga uzatiladi va undan quyib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |