ORGANIK KISLOTALAR ISHLAB CHIQARISH
Mikrobiologik sintez orqali turli xil organik kislotalar: sirka, limon, yantar, itakon, glyukon va
boshqa xil kislotalarni olish mumkin. Ulardan oziq-ovqat, farmasevtika, kimyoviy, engil sanoat va
boshqa turli xil ishlab chiqarish sanoatlarida keng ko’lamda foydalaniladi.
Mikrobiologik sintez orqali olingan limon, sirka va sut kislotalari ananaviy oziq-ovqat ishlab
chiqarishda keng qo’llaniladi va kimyoviy sintezlash yo’liga nisbatan samaraliroq hisoblanadi.
Ushbu kislotalarning produsent-mikroorganizmlari bakteriyalar, mog’or zamburug’lari va
achitqilar hisoblanadi. Sirka va limon kislota sintezlovchi produsent-mikroorganizmlar aeroblar
hisoblanadi. Sut kislotasini esa anaerob mikroorganizmlar hosil qiladi.
Mikroorganizmlar ushbu kislotalarni o’zlarini begona mikrofloradan himoya qilish maqsadida
sintezlaydilar, shuningdek, uglerodni zahira sifatida sintez qiladi degan nazariyalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |