Tarjima haqida



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/72
Sana16.01.2020
Hajmi1,61 Mb.
#34444
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt


www.ziyouz.com кутубхонаси 

393


MUNOFIQUN SURASI 

 

Suraning nomi uning mazmuniga dalolat qilib turibdi. Unda munofiqlar tanqididan boshqa ilohiy eslatma va 



nasihatlar ham mavjud.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Ey, Muhammad,) munofiqlar huzuringizga kelib: "Guvohlik beramizki, Siz, albatta, Allohning 

pay'g'ambaridirsiz", - derlar. Siz Uning payg'ambari ekanligingizni Alloh albatta bilur va Alloh 

munofiqlarning haqiqatan yolg'onchi ekanliklariga ham guvohlik berur.  

 

2. Ular o'zlarining (yolg'on) qasamlarini qalqon qilib olib, (odamlarni) Alloh yo'lidan to'sdilar. Ularning 

qilib yurgan amallari naqadar yomondir! 

 

3. Bunga sabab ularning (tillarida) imon keltirib, so'ngra (dillarida) kofir bo'lganlaridir. Bas, ularning 

dillari muhrlab qo'yildi. Endi ular (haqiqatni) anglay olmaslar.  

 

4. Ularga qarasangiz, ularning gavdalari Sizni ajablantirur, so'zlaganlarida esa so'zlariga beixtiyor 

quloq solursiz. Ular go'yo (devorga) suyab qo'yilgan (chirik) ёg'ochlarga o'xshaydilar. Ular har bir 

qichqiriq (ovoz)ni ustilariga (tushayotgan balo va ofat deb) gumon qiladilar. Ular dushmandirlar. Bas, 

ulardan ehtiyot bo'ling! Ularni Alloh ursin! Qayoqqa og'ib ketmoqdalar o'zi?! 

 

5. Qachonki, ularga: "Kelinglar, Allohning payg'ambari sizlar uchun mag'firat so'rasin!" - deyilsa, 



albatta, ular boshlarini burib keturlar va ularni kibrlangan hollarida yuz o'girishlarini ko'rarsiz.  

 

Izoh: Bu oyatlar mashhur munofiq Abdulloh ibn Salul haqida nozil qilingan. U muhojirlarni haqorat qilib, 



so'ngra qilmishidan tongan. Rasululloh huzuriga borib uzr so'rashdan bosh tortgan. Kibru havosi va g'ururi 

bunga yo'l qo'ymagan. 

  

6. (Ey,Muhammad,) Siz ular uchun mag'firat so'radingizmi yoki mag'firat so'ramadingizmi - ularga 



barobardir - Alloh ularni sira mag'firat qilmas. Albatta, Alloh fosiqlar qavmini hidoyat etmas.  

 

7. Ular (o'zlarining tobelariga): "Allohning payg'ambari huzuridagi kishilarga ehson qilmanglar, toki 

ular tarqalib ketsinlar", -deydigan kimsalardir. Holbuki, osmonlar va Yer xazinalari faqat Allohnikidir. 

Lekin, munofiqlar (buni) anglamaslar.  

 

8. Ular: "Qasamki, agar Madinaga qaytsak, albatta, kuchlilar kuchsizlarni undan (haydab) chiqarur", - 

derlar. Holbuki, kuch-qudrat faqat Allohniki, Uning payg'ambariniki va mo'minlarnikidir. Lekin, 

munofiqlar (buni) bilmaslar.  

 

9. Ey, mo'minlar, na mol-dunyolaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Allohning zikridan (Unga ibodat 

qilishdan) chalg'itib qo'ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'ruvchi kimsalardir.  

 

10. Sizlarning (har) biringizga o'lim kelganda: "Ey, Rabbim, meni ozgina (hayotda) qoldirsang, men 

sadaqa qilib, solih (banda)lardan bo'lsam", - deb qolishidan ilgari Biz sizlarga rizq qilib bergan 

narsalardan ehson qilingiz! 

 

11. Alloh biror jonni ajali kelganida kechga qoldirmas. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

394


TAG'OBUN SURASI 

 

Tag'obun - bir-birini muomalada aldashdir. Surada qiyomat kuni va qayta tirilishning haqligi, bu dunyoning 



bevafo va muvaqqatligi, Payg'ambarga itoat qilishga da'vat va boshqa ilohiy ko'rsatmalar o'z ifodasini topgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur. Hukmronlik faqat Unikidir va hamd 

yolg'iz Unga xosdir. U har narsaga qodirdir.  

 

2. U sizlarni yaratgan zotdir. Bas, sizlardan (ba'zilaringiz) kofir va sizlardan (ba'zilaringiz) mo'mindir. 

Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.  

 

3. U osmonlar va Yerni Haq (hikmat) bilan yaratdi va sizlarga surat (shakl) berdi - suratlaringizni go'zal 

qildi. Qaytish faqat Uning huzurigadir.  

 

4. U osmonlar va Yerdagi (bor) narsani bilur. Alloh dillardagi sirlarni biluvchidir.  

 

5. (Ey, Makka kofirlari,) sizlarga oldin kofir bo'lib, so'ng (shu dunyodayoq) o'z ishlarining ziyonini 

totgan kimsalarning xabari kelmadimi?! Yana ularga (oxiratda) alamli azob ham bordir.  

 

6. Bunga sabab, ularga payg'ambarlari hujjatlarni keltirganlarida, ular: "Bizlarni (o'zimizga o'xshagan) 

bashar (avlodlari) hidoyat qiladilarmi?!" - deyishib, kofir bo'lganlari va (imondan) yuz o'girib 

ketganlaridir. (Shunda) Alloh behojat ekanini ko'rsatdi. Alloh behojat va hamdga loyiq zotdir.  

 

7. Kofir bo'lgan kimsalar o'zlarini hech qachon qayta tirilmaymiz, deb gumon qildilar. (Ey, Muhammad, 

ularga) ayting: "Yo'q! Rabbimga qasamki, albatta, qayta tiriltirilursizlar, so'ngra, albatta, sizlarga 

qilgan amallaringizning xabari berilur. Bu Allohga osondir".  

 

8. Bas, sizlar Allohga, Uning payg'ambariga va Biz nozil qilgan Nur (Qur'on)ga imon keltiringlar! Alloh 

qilayotgan amallaringizdan xabardordir.  

 

9. (Alloh) sizlarni to'playdigan "to'planish Kuni"ni (eslangiz)! Bu (odamlar) o'zaro aldanib qoladigan 

Kundir. Kimki Allohga imon keltirgan va yaxshi amal qilgan bo'lsa, (Alloh) uning yomonlik 

(gunoh)larini o'chirur va uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy qolinadigan jannatlarga kiritur. 

Bu esa ulkan mukofotdir. 

 

10. Kofir bo'lgan va oyatlarimizni inkor etgan kimsalar - ana o'shalar do'zax ahli bo'lib, o'sha joyda 



mangu qoluvchidirlar. Naqadar yomon oqibat bu! 

 

11. (Insonga) biror musibat yetgan bo'lsa, albatta, Allohning izni (irodasi) bilangina (yetur). Kimki imon 

keltirsa, U uning qalbini to'g'ri yo'lga hidoyat qilur. Alloh har narsani biluvchidir.  

 

12. Allohga itoat etingiz va Payg'ambarga bo'ysuningiz! Bas, agar (itoatdan) bosh tortsangiz, u holda 

(bilingizki), Bizning payg'ambar zimmasida faqat (vahiylarimizni sizlarga) aniq yetkazish bor, xolos.  

 

13. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, mo'minlar faqat Allohgagina tavakkul qilsinlar! 

 

14. Ey, mo'minlar, albatta, xotinlaringiz va farzandlaringizdan sizlar uchun dushman (chiqadiganlari) 

ham bordir. Bas, ulardan ehtiyot bo'linglar! Agar sizlar (ularni) afv etsangizlar, koyimasangizlar va 

kechirsangizlar, u holda, albatta, Alloh (ham) mag'firatli va rahmlidir.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

395


15. Sizlarning mol-mulklaringiz va farzandlaringiz faqat bir sinovdir. Ulug' mukofot esa Allohning 

huzuridadir.  

 

16. Bas, toqatlaringiz yetganicha Allohga taqvoda bo'lingizlar, (nasihatga) quloq tutingizlar va itoat 

etingizlar hamda ehson qilingizlar, (mana shu) o'zlaringiz uchun yaxshiroqdir. Kimki o'z nafsining 

baxilligidan saqlana olsa, bas, aynan o'shalar iqbollidirlar.  

 

17. Agar sizlar Allohga "qarzi hasana" bersangizlar (muhtojlarga ehson qilsangizlar), U sizlarga bir 

necha barobar qilib qaytarur va (gunohlaringizni) mag'firat qilur. Alloh minnatdor va halimdir.  

 

18. (U) yashirin va oshkora ishlarni biluvchi, qudrat va hikmat sohibidir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

396


TALOQ SURASI 

 

Eridan ajralgan, ya'ni, taloq qilingan ayol qancha idda o'tirishi, uni to iddasi chiqqunga qadar joy va nafaqa 



bilan ta'minlab turish erning burchi ekanligi, Payg'ambarimizning o'z ummatlariga nisbatan jaholat zulmatidan 

imon nuri sari yetaklab chiquvchi xaloskor ekanliklari va boshqa ilohiy nasihatlar bu suradan joy olgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Ey, Payg'ambar, qachonki, sizlar (mo'minlar) xotinlaringizni taloq qilsangizlar, ularning iddalarida 



(poklik paytlarida) taloq qilinglar va iddani sananglar! Rabbingiz - Allohdan qo'rqinglar! (Idda 

tugaguncha) ularni (yashab turgan) uylaridan (haydab) chiqarmangizlar va ular ham o'zlaricha chiqib 

ketmasinlar. Faqat ular ochiq fahsh (buzuqlik yoki idda o'tmay chiqib ketish kabi) ishni qilsalargina 

(uylaridan chiqarilurlar). Bu Allohning chegaralaridir. Kimki, Alloh chegaralaridan tajovuz qilib o'tsa, 

demak, u o'ziga zulm qilibdi. Siz bilmassiz, ehtimol, Alloh bu (taloq)dan keyin biror ishni paydo qilar.  

 

2. Bas, qachonki, (idda) muddatiga yetsalar, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolinglar yoki yaxshilik bilan 

(haqqi-mahrlarini berib) ajrashinglar. Va (yarashayotgan yoki ajralishayotganda) o'zlaringizdan 

(musulmonlardan) ikki adolatli guvohni hozir qilinglar va guvohlikni Alloh uchun mukammal ado 

etinglar! Bu (hukm)dan faqat Allohga va oxirat Kuniga imon keltiruvchi kishi pand olur. Kim Allohga 

taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo'lini (paydo) qilur.  

 

3. Yana, uni o'zi o'ylamagan joydan rizqlantirur. Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O'zi 

unga kifoya qilar. Albatta, Alloh O'zi (xohlagan) ishiga yetuvchidir. Alloh barcha narsa uchun miqdor 

(o'lchov) qilib qo'ygandir.  

 

4. Xotinlaringiz orasidagi (keksayib) hayz ko'rishdan umid uzganlari, agar sizlar (iddalari xususida) 

shubhalansangizlar, bas, (bilingizki,) ularning iddalari uch oydir, yana (haligacha hayz 

ko'rmaganlarning (iddalari) ham. Homiladorlarning (idda) muddatlari homilalarini qo'yishlari (ko'z 

yorishlari)dir. Kimki Allohga taqvo qilsa, (Alloh) uning ishini oson qilur.  

 

5. Bu Allohning sizlarga nozil qilgan amridir. Kimki Allohga taqvo qilsa, uning yomonlik (gunoh)larini 

o'chirur va uning mukofotini buyuk qilur.  

 

6. Ularga (taloq iddasini saqlayotgan xotinlaringizga) o'zlaringiz maskan tutgan joydan toqatingizga 



qarab joy beringlar va ularni (turgan joylaridan) siqib chiqarish maqsadida ularga zarar 

yetkazmanglar! Agar ular homilador bo'lsalar, u holda, to homilalarini qo'ygunlaricha, ularga nafaqa 

berib turinglar! Bas, agar (taloq qilgan ayollaringiz) sizlar uchun (bola) emizsalar, u holda ularning 

haqlarini beringlar! (Emizish xususida) yaxshilik bilan o'zaro kelishib olinglar! Agar (kelisha olmasdan) 

tang holga tushsangizlar, bas, u (ota) uchun (bolasini) boshqa (bir ayol) emizur.  

 

7. Boy kishi o'z boyligidan nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag'al) bo'lsa, u holda, Alloh 

unga ato etgan narsadan (holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O'zi unga ato etgan 

(rizq)dan boshqa narsaga taklif qilmas. Alloh tanglik (kambag'allik)dan keyin yengillik (boylik)ni ham 

paydo qilur.  

 

8. Qanchadan-qancha qishloq (shahar)lar borki, o'z Parvardigorlari va Uning payg'ambarlari amridan 

bosh tortgandirlar, bas, Biz ularni qattiq hisob-kitob qilganmiz va xunuk azob bilan azoblaganmiz.  

 

9. Bas, u (qishloq-shaharlarning ahli) o'z qilmishlarining uvolini totdilar va bu ishlarining oqibati ziyon 

ko'rish bo'ldi.  

 

10. Alloh ularga (oxiratda ham) qattiq azobni tayyorlab qo'ygandir. Bas, ey, imon keltirgan aql egalari

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

397


Allohdan qo'rqinglar! Darvoqe, U zot, sizlarga Zikrni (Qur'on)ni nozil qildi.  

 

11. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga 

Allohning bayon etuvchi oyatlarini tilovat qiladigan payg'ambarni (Muhammadni yubordi). Kimki 

Allohga imon keltirsa va solih amal qilsa, (Alloh) uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy 

qolinadigan jannatlarga kiritur. Haqiqatan, Alloh uning uchun go'zal rizq (jannat rizqini ato) etgan 

bo'lur.  

 

12. Alloh yetti osmonni va Yerdan ham o'shancha miqdorni (yetti qavatni) yaratgan zotdir. (Allohning) 

amri (farmoni) ularning (osmon va Yer) o'rtasida nozil bo'lib turar. Toki sizlar Allohning barcha 

narsaga qodir ekanini va Alloh barcha narsani (O'z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun 

(U shunday qildi).  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

398


TAHRIM SURASI 

 

Tahrim - harom qilish, taqiqlash.  



 

Surada Payg'ambar (a. s.) bilan mankuhalar o'rtalarida o'tgan ba'zi mojarolar, oila va farzand tarbiyasi, tavbaga 

targ'ib va nihoyat, Nuh va Lut (a. s.)lardek payg'ambarlarning ayollari kofir bo'lganlari, Fir'avndek kofirning 

ayoli Osiya va Bibi Maryam bint Imronlar esa mo'mina bo'lganlari bayon etilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Ey, Payg'ambar, nega xotinlaringizning roziligini istab, Alloh Siz uchun halol qilgan narsani harom 



qilib olursiz! Alloh mag'firatli va rahmlidir.  

 

Izoh: Payg'ambar (a. s.) bir kuni Zaynab bint Jahsh ismli xotinlari huzurida asal iste'mol qilib biroz qolib 



ketadilar. Buni payqagan boshqa xotinlari - Oysha bilan Hafsa onalarimizning rashklari kelib, o'zaro kelishib 

oladilar va On hazrat chiqishlari bilan: "Og'zingizdan badbo'y hid kelmoqda, nima yedingiz?" deydilar. 

Badbo'y hidni yoqtirmaydigan Payg'ambar (a. s.) biroz qizishib: "Asal yegandim" - deb, bundan keyin asal 

yemaslikka qasamyod qiladilar. (Imom al-Buxoriy rivoyati). 

  

2. Darvoqe, Alloh sizlar uchun (ma'lum miqdorda kafforat - jarima to'lab) qasamlaringizni halollab 



olishni farz qilgan. Alloh xojalaringizdir. U biluvchi va hikmat sohibidir.  

 

3. Payg'ambar xotinlaridan biriga (Hafsaga) bir gapni (cho'risi Moriya talog'i va xalifalikni) xufyona 

aytganini eslang! Bas, qachonki, (Hafsa) u (sir) haqida (Oishaga) xabar bergach, Alloh uni bundan voqif 

qildi va u (Hafsaga o'zi bilgan narsaning) ba'zisini bildirdi va ba'zisidan yuz o'girdi (bildirmadi). Bas, 

qachonki, (Payg'ambar Hafsaga) xabarni aytgach, u: "Kim Sizga bu xabarni berdi?" - dedi, 

(payg'ambar): "Menga biluvchi va xabardor zot (Alloh) xabar berdi", - dedi.  

 

4. (Ey, Hafsa va Oisha,) agar sizlar Allohga tavba qilsangizlar (o'zlaringizga yaxshi). Chunki dillaringiz 

(haq yo'ldan) toyib ketdi! (Ammo) agar sizlar uning (Payg'ambarning) zarariga hamkorlik qilsangizlar, 

u holda, shubhasiz, Allohning O'zi ham, Jabroil ham, ahli solih mo'minlar ham uning himoyachisidirlar. 

Yana, bulardan keyin farishtalar ham (Payg'ambarga) yordamchidir.  

 

5. (Uning) Parvardigori - agar u sizlarni taloq qilsa - unga sizlardan yaxshiroq juftlarni - muslima, 

mo'mina (Alloh va Uning payg'ambariga) itoat etuvchi, tavba-tazarru qiluvchi, obida, (mudom 

Allohning yo'lida) yuruvchi juvon va qizlarni almashtirib berishi mumkin.  

 

6. Ey, imon keltirganlar, o'zlaringizni va oila a'zolaringizni yoqilg'isi odamlar va toshlar bo'lmish 

do'zaxdan saqlangizki, unda daqal va qattiqqo'l, Alloh buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat 

buyurilgan ishni qiladigan farishtalar (tururlar).  

 

7. Ey, kufrda bo'lganlar, bugun uzr aytmay qo'ya qolinglar! Sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan 

amallaringiz bilan jazolanursizlar. 

 

8. Ey, imon keltirganlar, Allohga chin tavba qilinglar, shoyadki, Rabbingiz sizlarning yomonlik 



(gunoh)laringizni o'chirib, ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritsa! U Kunda Alloh 

payg'ambarni va u bilan birga imon keltirganlarni sharmsor qilmas. Ularning nurlari oldilarida va o'ng 

tomonlarida yurar. Ular: "Ey, Rabbimiz, O'zing bizlarga nurimizni komil qilib bergin va bizlarni 

mag'firat etgin. Albatta, Sen har narsaga qodirdirsan", - derlar.  

 

9. Ey, Payg'ambar, kofir va munofiqlarga qarshi kurashing va ularga qattiqqo'l bo'ling! Ularning joylari 

jahannamdir! Naqadar mudhish qismat bu!  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

399


 

Izoh: Kufr va nifoq ahliga nisbatan munosabatning bu qadar salbiylashuviga ularning o'zlari sabab bo'lgani 

haqida Tavba surasi, 73-oyat izohida aytib o'tildi.  

 

10. Alloh kofir bo'lgan kimsalar haqida Nuhning xotini va Lutning xotinini misol keltirdi. U ikkisi 



Bizning bandalarimizdan ikki solih banda (qo'l) ostida edilar. Bas, u (ayol)lar ularga xiyonat qildilar. 

(Nuh va Lut) Alloh(ning azobi)dan biror narsani u ikkisidan daf qila olmadilar. (Ularga): "Kiruvchilar 

bilan birga do'zaxga kiringlar!" - deyildi.  

 

Izoh: Ya'ni, shunday ulug' payg'ambarlar bilan birga turmush qurib, doimo hamsuhbat bo'lishlariga qaramay 



ularning xotinlari yovuzliklaricha qoldilar va Allohning qahriga duchor bo'ldilar.  

 

11. Alloh imon keltirgan zotlar haqida Fir'avnning xotinini misol keltirdi. O'shanda u: "Ey, Rabbim, 



O'zing men uchun huzuringda (jannatda) bir uy bino qilgin, menga Fir'avn va uning qilmishidan najot 

bergin. Meni zolimlar qavmidan xalos etgin!" - dedi.  

 

12. Yana o'z nomusini saqlagan ayol - Maryam bint Imronni (misol keltirdi). Bas, Biz O'z ruhimizdan 

unga pufladik (va u Isoga homilador bo'ldi). U Parvordigorining so'zlarini va kitoblarini tasdiq etdi 

hamda (Allohning amriga) itoat etuvchilardan bo'ldi.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

400


YIGIRMA TO’QQIZINCHI JUZ’ 

************************* 

 

MULK SURASI 

 

Mulk - podshohlik, hukmronlik. O'zbek tilida mulk so'zi bu ma'noda kam ishlatiladi. Ko'proq u boylik, ashyo, 



xususiy yoki davlat mulki kabi mazmunlarda ishlatiladi.  

 

Surada Yeru osmon va boshqa mavjudotlarni yaratishdagi Allohning hikmat va qudratlari, bu dunyodan 



imonsiz o'tganlarning oxiratdagi nadomatlari, rizq-ro'ziy talab qilish, tabiiy ofatlar xavfi, hidoyat va zalolat kabi 

mavzular aks ettirilgan. Hadisi sharifda: "Qur'oni karimda 30 oyatli bir sura borki, u uni o'qiganni shafoat 

qiluvchidir, hatto qiyomat kuni do'zaxdan xalos etib jannatga kirishga sabab bo'lur. U "Taborak" surasidir" deb 

bashorat berilgan (I. Termiziy rivoyati).  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Mutlaq) hukmronlik "qo'li"da bo'lgan zot - Alloh barakotli (buyuk)dir va U har narsaga qodirdir.  



 

2. (U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq (savobliroq) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun o'lim va 

hayotni yaratgan zotdir. U qudratli va mag’firatlidir  

 

3. (U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdirki, siz Rahmonning yaratishida biror tafovut 

(nuqson)ni ko'rmaysiz. Bas, ko'zingizni yana (samoga) qaytaringchi, (unda) biror yoriqni 

ko'rarmikansiz?  

 

4. So'ngra ko'zingizni qayta-qayta (samoga) qarating, ko'zingiz sizga xor va toliqqan holda qaytur.  

 

5. Haqiqatan, Biz quyi osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va ularni shaytonlarga otiladigan 

toshlar qilib qo'ydik. Yana ular (shaytonlar) uchun (oxiratda) do'zax azobini ham tayyorlab 

qo'ygandirmiz.  

 

6. Parvardigorlariga kofir bo'lgan kimsalar uchun jahannam azobi bordir. Naqadar yomon oqibat bu!  

 

7. Qachonki, ular (jahannamga) tashlanganlarida, qaynab turgan (jahannamning) o'kirik (faryodi)ni 

eshiturlar.  

 

8. U g’azabdan parchalanib ketgudek bo'lur. Har gal unga bir to'da (kofir) tashlanganida, uning 

qo'riqchilari ulardan: "Sizlarga (dunyoda biror) ogohlantiruvchi (payg’ambar) kelmaganmidi?" - deb 

so'raydilar.  

 

9. (Ular) derlar: "Ha, haqiqatan, bizlarga ogohlantiruvchi kelgan edi, (lekin bizlar uni) yolg'onchiga 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish